Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Abbosbek Fayzullayev, Takefuso Kubo va Ali Jasim. Osiyo rubogida ishtirok etuvchi yosh yulduzlar

Baho:
+ | -
OSIYO / Osiyo kubogi / Futbolchilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Osiyo kubogi musobaqasi 12 yanvar kuni start oldi.

Musobaqada Son Hyon Min, Mehdi Taremiy, Ali Mabhut va Vataru Endo kabi yulduz futbolchilar ishtirok etadi. Shuningdek, kelajagi porloq deya baholanayotgan o‘yinchilar ham bor. Osiyo Kubogida o‘z nomini tarixga yozish imkoniga ega bo‘lgan 5 nafar yosh futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz.

Abbosbek Fayzullayev (O‘zbekiston)

Abbosbek 2022 yilda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo Kubogi finalchisi, shuningdek, U-20 Osiyo Kubogida terma jamoa bilan chempionga aylangan va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lgandi.

19 yoshida O‘zbekiston terma jamoasida debyut qilgan Fayzullayev CAFA musobaqasi doirasida Tojikistonga qarshi bahsda (5:1) o‘zining birinchi golini urishga muvaffaq bo‘lgandi. 25 dekabr kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (4:1) terma jamoadagi ikkinchi golini urib, Srechko Katanesning ishongan futbolchilaridan biriga aylandi.

Hozirda Abbosbek Rossiyaning “SSKA” klubida ham sermahsul o‘yin namoyish etmoqda. Birinchi davrada 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta assistni amalga oshirdi.

Ali Jasim (Iroq)

Ali Jasim 2023/24 yilgi mavsum Osiyo Chempionlar Ligasida porladi. Yosh futbolchi guruh bosqichida 5 o‘yinda 4 ta golga mualliflik qildi. Ulardan 2 tasi turnirdagi debyutida “Sepaxon”ga qarshi bahsda kiritildi.

Biroq, U-20 Osiyo Kubogi yulduzlaridan biri bo‘lgan Jasimning tez sur’atlarda o‘sishi ko‘pchilikni hayratda qoldirmadi.
 
Oktyabrda terma jamoadagi debyutini o‘tkazgan 19 yoshli futbolchi va uning jamoasidan 2007 yilgi turnirdagi muvaffaqiyatni takrorlash kutilmoqda.

Takefusa Kubo (Yaponiya)

2022 yilgi Jahon Chempionatida 90 daqiqa o‘ynagan 22 yoshli Kubo Yaponiya bilan birga zafar quchish uchun yana Qatarga qaytmoqda. Eslatib o‘tamiz, Yaponiya 2019 yilgi Osiyo Kubogi finalchisi hisoblanadi.

2019 yilda terma jamoada debyut qilgan bo‘lishiga qaramasdan, Takefusaning doimiy asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishi bir oz vaqt talab qildi. 2022 yilda Yaponiya safidagi birinchi golini urgan bo‘lsa, 2023 yil iyunidan buyon ketma-ket 9 o‘yinda g‘alaba qozongan terma jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi.

Kubo Ispaniyada ham yorqin o‘yin namoyish etmoqda. “Real Sosyedad” safida joriy mavsum chempionatda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. O‘tgan mavsumda esa “Sosyedad”ni so‘nggi o‘n yilda ilk bor Chempionlar Ligasiga chiqishiga katta hissa qo‘shgan futbolchilar qatoridan joy olgandi.

Li Kang-In (Janubiy Koreya)

Yozda “PSJ” safiga o‘tgan janubiy koreyalik futbolchi darhol Luis Enrikening sevimli o‘yinchilaridan biriga aylandi va parijliklar bilan birgalikda sovrinlar uchun kurashmoqda.

Kilian Mbappe va Usmon Dembele kabi yulduzlar bilan birga to‘p surayotgan 22 yoshli futbolchi Fransiyadagi debyut mavsumida allaqachon kubok sohibiga aylandi. “PSJ” Fransiya Superkubogida “Tuluza”ni 2:0 hisobida taslim etib, o‘z tarixida 12 marta ushbu sovringa ega chiqdi.

Li, shuningdek, terma jamoa safida so‘nggi 4 ta xalqaro o‘yinda 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Arif Ayman (Malayziya)

Arif Ayman Malayziyaning yetakchi jamoalaridan biri “Johor Darul Ta’zim”da qoyilmaqom mavsumni o‘tkazdi. Ayman Malayziya Superligasida 12 ta golga mualliflik qildi, jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi va OCHL guruh bosqichida ham 3 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Arif xalqaro maydonda ham shu ishni takrorladi — iyun oyida Malayziyaning Papua-YAngi Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (10-0) 4 ta golga mualliflik qildi. Noyabrda esa Qirg‘izistonga qarshi bahsda (4:3) 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:45, 08.01.2024. O'qildi: 5926 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик