Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • AFC U-23
      • 23.01.2026 20:00
      • Vyetnam
      • 2:2
      • Janubiy Koreya
      • 24.01.2026 20:00
      • Xitoy
      • -:-
      • Yaponiya
  • «A» Seriya
      • 24.01.2026 00:45
      • Inter
      • 6:2
      • Piza
      • 24.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Torino
      • 24.01.2026 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Kalyari
      • 25.01.2026 00:45
      • Lechche
      • -:-
      • Lasio
      • 25.01.2026 16:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Cremonese
      • 25.01.2026 19:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Parma
      • 25.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Bolonya
      • 25.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 24.01.2026 01:00
      • Levante
      • 3:2
      • Elche
      • 24.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.01.2026 20:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.01.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 25.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Real Madrid
      • 25.01.2026 18:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Malyorka
      • 25.01.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.01.2026 22:30
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Selta
  • APL
      • 24.01.2026 17:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 24.01.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Tottenhem
      • 24.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Brayton
      • 24.01.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Liverpul
      • 25.01.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.01.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 25.01.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Chelsi
      • 25.01.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Man. Yunayted
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 22 52
2 Milan 21 46
3 Napoli 21 43
4 Roma 21 42
5 Yuventus 21 39
6 Komo 22 38
7 Atalanta 21 32
8 Bolonya 21 30
9 Lasio 21 28
10 Udineze 21 26
11 Torino 22 24
12 Sassuolo 21 23
13 Cremonese 21 23
14 Parma 21 23
15 Kalyari 21 22
16 Jenoa 21 20
17 Fiorentina 21 17
18 Lechche 21 17
19 Verona 21 14
20 Piza 22 14

O'tgan o'yinlar.

22-тур Inter 6-2 Piza

Navbatdagi o'yinlar.

24/01/26 Komo - Torino
24/01/26 Fiorentina - Kalyari
25/01/26 Lechche - Lasio
25/01/26 Sassuolo - Cremonese
25/01/26 Atalanta - Parma
25/01/26 Jenoa - Bolonya
25/01/26 Yuventus - Napoli
26/01/26 Roma - Milan
27/01/26 Verona - Udineze

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futboldagi ulkan xatolik

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Iste’folar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Murabbiy tanlashda klub sohiblari o‘zlariga yaxshi tanish shaxslarga ishonch bildiradilar.

Biroq XX asrdagi 100 nafar eng yaxshi futbolchilardan faqat Yoxann Kroyffga buyuk murabbiy maqomiga erishish nasib etdi. Lekin yuksak martaba ham uni yangi sohada uzoq ushlab qola olmadi. Mazkur yuzlikdan chiqqan no‘noq murabbiylar esa anchagina. U davrda mashhur futbolchilarga kamdan-kam hollarda birdaniga murabbiylik vakolati berilgan. Hozir esa lisenziya qo‘lga tegsa, bo‘ldi - to‘ppa-to‘g‘ri bosh murabbiy kreslosini egallashadi va xuddi Runidek ishonchni oqlay olishmaydi.

«Derbi» va «Di Si Yunayted»dagi omadsizlikdan ke­yin «Birmingem»ga o‘tgan g‘o‘r mutaxassis jamoaning 6-o‘rindan 20-pog‘onaga sho‘ng‘ishida «yordam»ini ayamadi va taxmin qilingan iste’foni rasmiylashtirdi.

Ueynning faoliyati uning davridagi va yoshroq kasbdoshlari nima uchun malakali murabbiy darajasiga ko‘tarilish qiyin bo‘lishini tushuntirishda ko‘mak beradi. Runida katta futboldagi 22 yil ichida normal hordiq chiqarish imkoniyati bo‘lmadi. O‘yinni tahlil qilish uchun murabbiyga vaqt kerak. Xabi Alonso «Bayer»ni boshqarish uchun 4 yil tayyorgarlik ko‘rdi, Zidan «Kastilya»da va Anchelottining yordamchisi sifatida ter to‘kdi. Qaysidir sobiq yulduz muammoli loyihaga qo‘l ursa, xuddi «Barselona»ni qabul qilgan Xavidek tajribasi yo‘qligi ayon bo‘ladi.

Intellektual jihatdan bu kasblar o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Futbolchi faqat o‘zi uchun javobgar, murabbiy zimmasiga esa butun jamoa faoliyati yuklangan. Runining irodasiga qoyil - ichkilikka ruju qo‘ygan yigit unga ishonib topshirilgan klublar bilan ishlashga tayyor emasdi. Murabbiylarni havaskor mutaxassislar tanlaydilar. «MYU»dagi aka-uka Gleyzerlar futbol qoidalarini bilishmaydi. «Birmingem» sohibi Tom Bredi esa havaskorlar tavsiyasiga ishonib, Runini taklif etgandi. Ueyn jamoani barbod qildi.

Sobiq futbolchilar tizimni o‘zgartirishga tayyor emaslar

Pul odamni o‘zgartiradi. Runi 17 yoshidan beri boyvachcha. Neymar avlodlari haqida tushuntirish ham shart emas. Himoyachi Jon Terridagi ko‘chmas mulkning o‘ziyoq 50. mln. funtdan qimmatroq. Undan malakali murabbiy chiqishi qiyin, tez orada Mareskaning yordamchisi bo‘lib yurish joniga tegib, «Lester»ni tark etishi mumkin. Frenk Lempard aqlli yigit, murabbiy sifatida o‘zini ko‘rsata olmayapti. Futbolda doimo mashhur afsonalarga ishonch bildirishadi. Bu klub sohiblarining o‘z zimmalaridagi mas’uliyatni yulduzlarga yuklash usullari va ommaviy bema’nilik. Axir futbol tobora zarar keltiradigan soha maqomiga yaqinlashmoqda.

Bu yoqda esa biron-bir yulduz maydondan chetga o‘tish bilan ser Aleksdek menejer darajasiga chiqa olmaydi. «MYU»da Sulsher transfer jarayoniga umuman e’tibor bermagan, sobiq futbolchilarning birortasi qandaydir strategiyani tavsiya etmagan. Hatto Gvardioladek «as» murabbiylar ham islohot xususida bosh qotirmaydilar.

Futbolchi xudbin inson. Murabbiy esa muallim. Kerak bo‘lsa, ota-ona, injiq go‘dak emas. Biz esa Mostovoyga o‘xshagan sobiq o‘yinchilarga ishonch bildirilmayotgani haqidagi ming‘ir-ming‘irlarni tobora ko‘proq eshityapmiz. To‘g‘ri, 5 karra RPL chempioni bo‘lgan Rossiya terma jamoasi sardori Sergey Semak ham bor, faqat u bundan mustasno, sohiblar baribir murabbiylikda o‘zini ko‘rsata olmagan Sunnes, Gullit, Stoichkov, van Bastenlar kabi yorqin afsonalar ro‘yxatini kengaytirish bilan bandlar.

Shuningdek, murabbiylar sulolasini yaratishning ham iloji bo‘lmayapti. Deylik, «Spartak»da yoki «Milan»da. Romansev ham, Anchelotti ham murabbiylikni puxta egallagan shogirdlari bilan maqtana olmaydilar. Alenichev, Pirlo, Gattuzo va Cherchesovga o‘xshaganlarni uzog‘i bilan o‘rtamiyona mutaxassislar deyish mumkin. Oldingi o‘rinlarni ko‘pincha afsonalardan tahsil olmaganlar egallashadi. Sluskiydagi chempionlik unvonlari terma jamoaning eng yorqin o‘yinchilarinikidan ko‘proq. Faqat Semak undan oldinda. Zyubadan zo‘r murabbiy chiqadimi?

Murabbiylar tayyorlash tizimini qayta tuzish lozim

Ayni pallada jiddiy murabbiylik lisenziyalari juda qimmat. Iqtidorli kishilar, hatto sobiq futbolchilarda tahsil olish uchun mablag‘ yo‘q. Boz ustiga, murabbiylikka o‘qitish sifati doimo sifatli bo‘lavermaydi. Rossiya va Germaniyadagi murabbiylarni tayyorlash darajasi bir oz farq qiladi. Nemislarda hammasi a’lo darajada ekanda, deb o‘ylamang. Ular shunchaki, faqat eng yorqin sobiq futbolchilar bilan cheklanib qolmay, o‘rtamiyona saviyadagi o‘yinchilarga ham imkoniyat beradilar. Bu juda to‘g‘ri qaror.

Biroq murabbiylik sohasi Germaniya yoki Ispaniya bilan cheklanib qolmaydi. Boz ustiga, pul o‘z-o‘zidan kelavermaydi. Axir APL tarixida shu paytgacha biron-bir angliyalik murabbiy chempionlikka erisha olmagan. Lekin klubni boshqa mamlakatlardan boshqaradigan milliarderlarga pul kerak, murabbiylik akademiyalari ularni qiziqtirmaydi. Lekin o‘zgacha tizim barqarorlik va ko‘proq daromad keltirishi mumkin. Lekin ikki qadam oldinroqni hech kim o‘ylamasligi sababli, murabbiylar tanlovidagi tartibsizliklarni ko‘ramiz.

Ular orasida Gvardiola, Arteta va Alonso kabi futbolchilikda yorqin iz qoldirgan noyob iqtidorlar ham bor. Simeone va Inzagilar ham to‘p tepish saviyalaridan nolimaydilar. Biroq Xabidan yoshroq yigitlar muammolarga duch kelishlari mumkin. Messi va Ronalduning shaxsiy samolyotlari bor, ulardan murabbiy chiqishiga ishonish qiyin. Azar va Neymarni gapirmay qo‘ya qolaylik. Futbolda yulduzlar faollik bilan sarflaydigan pullar ko‘payib ketdi.

Yangi avlod futbolchilariga  fidoyilik yetishmaydi

Murabbiy butun vujudi bilan ishga sho‘ng‘ishi lozim. Xuddi o‘z xonasida soatlab futbol tomosha qiladigan Pep kabi. Klopp kuchugi bilan sayr qilib yurganida ham futbol haqida o‘ylaydi. Ehe, yana boshqa avlod vakillarini muhokama qilyapmiz, ikkovi ham 50dan o‘tgan, Mou esa 60da. Badanida naqshsiz joyi qolmagan yigitlarning turmush tarzi o‘zgacha. Ular hashamatli hayotni arzimas murabbiylikka alishtirmaydilar - futbolchilarni to‘xtovsiz tanqid qiladilar, osonlikcha haydab yuboradilar. Bu esa odamlarning tez-tez ko‘chib yurishlariga, oilalarning buzilishiga olib keladi.

Mou Rimda yolg‘iz yashamoqda, Manchesterda ham shunday yashagan. Rasman ajrashgan emas, lekin amalda beva. Murabbiy futbolchi kabi dangasa bo‘lmasligi shart. Klubning faoliyati murabbiyga bog‘liq ekanligiga «MYU»dagi ten Xag misol bo‘la oladi. Uning yangi Gvardiola yoki Klopp bo‘la olmasligi aniq.

Muammolar Braziliya va Niderlandiya kabi buyuk murabbiylik maktablarida ham bor. Argentinani shohsupaga Batistuta emas, Skaloni olib chiqqan.

Klublar bilan ishlash yanada qiyinroq. Afsuski, milliardli biznes sohiblari futbolchilar uchun sarmoyalar kiritishdi, avvalo murabbiylar tayyorlash tizimini qaytadan shakllantirish kerakligini fahmlashmadi. Lempard, Zeedorf, Nevill, Davids, Anelka, Adams, Ins, Matteus, Gullit, Anri, Shirer va Runi kabi afsonalarga faqat yorqin o‘tmishlari tufayli ishonch bildirmaslik kerak edi. Umid qilamizki, cheksiz boylik Neymar avlodidagi yigitlarni murabbiylik sohasidan uzoqlashtiradi. Murabbiylik kasbini aynan shu kasbga qiziqqan fidoyi yoshlar egallagani yaxshi.

Shuningdek, futbolni sevadigan, lekin futbolchi sifatida salohiyatini yuzaga chiqara olmaganlar yo‘liga to‘siq bo‘lmaslik kerak. Xabi Alonsodek maydonda ham, uning chetida ham muvaffaqiyatli ishlayotgan chempionlarga hech kim qarshi emas. Lekin murabbiylik maktabi hamma uchun bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish lozim. UYEFA uchun bu arzimas yumush, tug‘ma iqtidorlarni izlash kerak. Ko‘pchilik mamlakatlar murabbiylarga muhtoj. Malakali murabbiyni topa olmayotgan klublar yetarli.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:50, 19.01.2024. O'qildi: 1895 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 12
2 Комо Niko Pas 8
3 Милан Kristian Pulishich 8
4 Ювентус Kenan Yildiz 7
5 Верона Gift Orban 7
6 Милан Rafael Leau 7
7 Болонья Rikkardo Orsolini 7
8 Интер Xakan Chalxanoglu 7
9 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
10 Болонья Santyago Kastro 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.