Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:0
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 2:0
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 2:1
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • 0:0
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • 3:1
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • 0:4
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • 3:1
      • Buxoro
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • 0:1
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • 1:1
      • Parma
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • -:-
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 29 38
9 Espanyol 30 38
10 Atletik Bilbao 29 38
11 Osasuna 29 37
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 29 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Malyorka 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ottmar Xitsfeld: «Bavariya»da bo‘shashish mumkin emas»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

12 yanvar kuni Ottmar Xitsfeld 75 yoshini nishonladi.

«Bavariya» bosh rulida uzoq yillar mobaynida misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga erishgan mutaxassis myunxenliklar rasmiy saytiga intervyu berdi. Unda Ottmar 2001 yilgi YECHLdagi g‘alaba, dramatik finaldagi mag‘lubiyat, Shtefan Effenbergning qat’iyatliligi, Tomas Myuller va Garri Keyn haqlarida gapiradi.

- Janob Xitsfeld, 75 yoshingizni qanday ko‘rasiz, bu raqam siz uchun nimani anglatadi?

- Aslida, men har doim tug‘ilgan kunlarimni xuddi shu tarzda - oila davrasida nishonlayman. Umuman ortga qarayveradigan odamlar toifasidan emasman: siz bugungi kun bilan yashashingiz kerak, asosiysi bugungisidir. Hayotdagi maqsaddan mamnun bo‘lish men uchun juda muhimdir. Men yaxshiman, baxtli bo‘lishim mumkin.

- 25 yoshingizda «Bazel»da edingiz, Olimpiya o‘yinlari ham bor edi, u yerda siz ilk marta e’tiborni jalb qildingiz - o‘sha payt­da qanday inson edingiz?

- «Bazel»ga havaskor futbolchi sifatida murojaat qilganimni hamon yaxshi eslayman. Men murabbiyga qo‘ng‘iroq qildim, u esa o‘zini tanishtirdi va «Kela olasizmi?» - deb so‘radi. Ertasi kuni esa ular bilan mashq qilishim kerakligini aytdi, juda to‘g‘ri inson ekan. O‘shanda u darhol shartnoma tuzmoqchi edi, lekin kechiktirdim, chunki advokat akam avval hammasini tekshirishini xohladim. Umuman olganda, bu beparvogina davr edi. O‘qishni tugatganimdan so‘ng, o‘zimni butunlay futbolga baxshida eta oldim.

- 50 yoshingizda «Bavariya»ning murabbiyi edingiz. Bir necha oy o‘tgach, 1999 yilgi YECHL finaliga chiqdingiz, u yerda hayotingizdagi eng shafqatsiz mag‘lubiyatga uchradingiz. Uli Xyoness o‘sha paytda siz darhol oldinga qarashga kuch topa olganingizga hali ham qoyil qoladi...

- Menga ham juda qiyin bo‘ldi. Ammo siz hozir bo‘lishingiz, vaziyatni tushunishingiz va darhol tahlil qilishingiz kerak. Hammasi vayron bo‘ldi, lekin murabbiy sifatida sizning vazifangiz yangi standartlarni o‘rnatishdir. Men jamoaga minnatdorchilik bildirdim, ular yaxshi o‘yin ko‘rsatishgandi, biz maydonda yaxshiroq edik, ammo bu taqdir. Men shunday dedim: «Biz yo‘limizni hozir aniqlab olishimiz kerak, birga bo‘lishimiz kerak. Ayblovlar, ayniqsa ommaviy ayblovlar bizni oldinga siljitmaydi».

- Ikki yildan so‘ng Milanda YECHLda g‘alaba qozonish uchun poydevor o‘sha kuni qo‘yilganmi?

- Men bunga aminman. Bizning darhol maqsadimiz bo‘lishi muhim edi. Agar ichimizdan kimdir o‘z intervyusida noto‘g‘ri gap aytib qo‘yganida xavf ostida qolardik, lekin men bu shafqatsiz mag‘lubiyatni yengib o‘tishimiz mumkinligini va keyin katta yutuqlarga erishish imkoniyatiga ega bo‘lishimizni bilardim. Bu jamoa ajoyib edi.

- Qachonlardir faoliyatingizda tez-tez qo‘rqqaningizni, ya’ni muvaffaqiyatga erishmaslik qo‘rquvi, murabbiylar karuselidan tushib qolish qo‘rquvini tan olgandingiz. Qo‘r­quv ham motivasiya bo‘lishi mumkinmi?

- Har doim salbiy narsalarni iloji boricha e’tiborsiz qoldirishingiz kerak. Ammo ma’lum darajadagi qo‘rquvda yaxshi narsa ham bor: bu sizni takabbur bo‘lishingizga to‘sqinlik qiladi. Ammo qo‘rqmaslik kerak, bu muhim, chunki uzoq muddatda siz shubhalar uchun maydon qoldirasiz. Siz o‘zingizni charchatolmaysiz.

- Siz hech qachon vazifangizni osonlashtirmadingiz - jamoa oldidagi nutq so‘zlari uchun uch soatlab tayyorlanardingiz... Hal qiluvchi omil ehtiyotkorlik bilan tayyorgarlik ko‘rish bo‘lganmi?

- Bu mening hayotim edi. Hech qachon mag‘lubiyatlarim uchun o‘zimni ayblashim kerak bo‘lgan vaziyatga tushib qolishni xohlamaganman. Agar tayyor bo‘lsam, hech narsa ajablantirmasdi: shuning uchun sizda reja bo‘lishi kerak, aks holda stressli vaziyatlarda hissiyotga tushib qolish xavfi mavjud. Murabbiy sifatida doimo xotirjam bo‘lishim kerak. Men bemalol nutq so‘zladim, chunki o‘yinchilarning ko‘ziga qarashni xohlardim. Reaksiyani ko‘rishni xohlardim, hammaga yetib bora olamanmi, yuqori konsentrasiya bo‘ladimi... Bular o‘yin oldidan tunnelda bo‘lgan mutaxassislar, ammo murabbiy sifatida siz ularga yetib borishingiz kerak.

- Shtefan Effenberg, Lotar Matteus, Oliver Kanning ko‘zlari o‘zgacha bo‘lganmi? Ularda nimani ko‘rardingiz?

- Siz ularni o‘zingiz bilan olib ketishingiz kerak edi, ularga o‘rnak bo‘lishlarini va ishlar yaxshi ketmasa ham javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlari kerakligini bildirishingiz kerak edi. Bu qadar ko‘p «alfa-hayvonlar» bilan ishlash juda ko‘p energiya talab qiladi: ertalab gazetada nimalar chop etilishini hech qachon bilmaysiz. Ammo sizga bunday bolalar kerak. «Bavariya»da maydonda o‘zingizni e’lon qilish yoqimsiz ish, va bunday yigitlarsiz siz ham katta o‘yinlarda g‘alaba qozona olmaysiz. Bir gal «Old Trafford»da «Manchester Yunayted» tarkibidagi Devid Bekxem Shtefan Effenberg bilan qo‘l berib ko‘rishmoqchi edi. Ammo Shtefan rad etdi: «Nima xohlaysan? Biz maydonda do‘st emasmiz!» Bu shunchaki futbol, agar biror narsa qilishni istasangiz, qo‘l berib ko‘rishingiz mumkin.

- Bugungi «Bavariya»ni qanday ko‘rasiz?

- Menimcha, 2024 yilgi vazifa - «Bavariya»ning o‘zini-o‘zi qadrlashini qaytarishdir. Jamoa juda sifatli va agar hamma shijoatli va moslashuvchan bo‘lsa, hammasi joyida bo‘ladi. Saarbryukkendagi Kubok bilan xayrlashish o‘yinidan keyin yoki Frankfurtdagi dahshatli mag‘lubiyat (1:5)dan keyin «Bavariya»da reaksiya bo‘lishi kerak edi. Ushbu klubda hech qachon bo‘shashish mumkin emas.

- Bugungi kunda qaysi o‘yinchi sizni ko‘proq hayratda qoldirmoqda?

- Ularning barchasini sanab o‘tishim kerak. Xarri Keynni brayker sifatida jalb qilish muhim edi. U yuqori mentalitetga ega. Men uchun Joshua Kimmix yetakchi. Tomas Myuller - fantastik qahramon, allaqachon afsona.

- Muxlislar 2008 yilning bahorida siz xayrlashayotganlaridagi ko‘z yoshlarini hech qachon unutmaydilar. «Bavariya» bugungi kungacha siz uchun nimani anglatadi?

- Men uchun bu davrning oxiri edi. «Bavariya» menga aql bovar qilmaydigan miqdorni berdi, bu yerda ikki marta murabbiy sifatida ishlaganimdan juda faxrlanaman. Inson sifatida tan olinish men uchun har doim muhim edi - har doim ajoyib yigit bo‘lish mumkin emas. Men futbolchilar, klub, muxlislar bilan bir tanu bir jon bo‘lishni xohladim.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 19.01.2024. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик