Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«MYU»da tiklanish jarayoni

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«MYU» INEOS kompaniyasi prezidenti Jim Retkliffga klub aksiyalarining 25 foizini sotishga kelishib olganligini e’lon qildi.

Endi Gleyzerlar oilasining «qizil iblislar»ga ta’siri bir oz pasayadi. Chunki futbolga taalluqli muhim qarorlarni britaniyalik milliarder qabul qiladi. Buning uchun Retkliff klub hisobiga 300 mln. dollar sarmoya kiritadi. Biroq undan talab etiladigani faqat mablag‘ emas, klub uning zimmasiga 5ta asosiy vazifani yuklamoqchi.

Muxlislar ishonchi va ixlosini qozonish

Gleyzerlar 2022 yil yozida «MYU»ni sotish rejasini e’lon qilganlarida, Retkliff ko‘pchilik fanatlar nazdida eng munosib nomzod maqomida edi. Chunki u Manchesterning shimolida, klub qarorgohidan atigi bir mil uzoqlikda ulg‘aygan, muxlislar mehrini qozonish unga qiyinchilik tug‘dirmasdi. Lekin biznesmen Gleyzerlarni o‘z o‘rinlarida qoldirgan holda aksiyalarning bir qismini xarid qilmoqchi bo‘ldi. Uning raqobatchisi shayx Jassim esa «MYU»ni to‘liq sotib olish niyatida edi.

Britaniyalik avvaliga aksiyalarning 69 foiziga xaridor bo‘ldi, keyin 50 foizga tushdi va yakunda 25 foizga sarmoya kiritdi. Bu esa muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki klubning jilovi ularga yoqmay qolgan amerikaliklar qo‘lida qoladi. Qolaversa, milliarder Gleyzerlarni yaxshi va iltifotli kishilar sifatida maqtash bilan o‘zining muxlislar o‘rtasidagi obro‘siga dog‘ tushirdi.

Fransiyada «Nissa»ni o‘z tasarrufiga olgan Retkliff muxlislar bilan yaxshi muomala qilishi orqali nom qozongan. Agar u uchrashuvlarga muntazam tashrif buyurib, muxlislar maslahat kengashi vakillari bilan muloqotda bo‘lsa va klubga favoritlik maqomini qaytarishga bel bog‘laganiga ishontira olsa, ularni o‘z tomoniga og‘dira oladi.

«Old Trafford»ni takomillashtirish

«MYU» Buyuk Britaniyaning eng katta va Yevropadagi ulkan stadionlardan birida to‘p suradi. Lekin sarmoyalar yo‘qligi sababli uning nufuzi sezilarli darajada pasayib ketdi. Arena sig‘imini 75 000 o‘ringa yetkazishga mo‘ljallangan so‘nggi rekonstruksiya 2006 yilda, Gleyzerlar tashrifidan avval amalga oshirilgandi. Shundan beri yengil ta’mirlash ishlari va Wi-Fi tizimi o‘rnatish boshqa hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Stadion tablosi 2000-yilda o‘rnatilgan, videotakrorlarni namoyish etadigan ekrani yo‘q. Eng xavotirli kamchilik shuki, yog‘ingarchilik kunlarida «Stretford End» tribunasining tomidan chakka o‘tadi. O‘rindiqlar qulay emas, stadiondan chiqish paytida tiqinlar yuzaga keladi. «Arsenal», «Tottenxem», «Vest Xem»ning yangi arenalari va «Manchester Siti» va «Liverpul»ning yangilangan o‘yingohlariga taqqoslaganda, «Old Trafford» ancha eskirib qolgan. Yevro-2028 turniri tashkilotchilari «Orzular teatri»dan voz kechib, «Ittihod»ni tanlashgani bejiz emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Retkliff «Old Trafford» sig‘imini 90 000ga yetkazishni rejalashtirgan. Lekin arenaning xalqaro nufuzini oshirish uchun faqat o‘rindiqlar sonini oshirishning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun katta mablag‘ talab etiladi.

«Santyago Bernabeu»ni takomillashtirishga «Real» 1 mlrd. yevro sarfladi, o‘rindiqlar soni o‘zgarishsiz qoldi. Yangilanayotgan «Kamp-Nou» «Barselona» uchun 1,5 mlrd. yevroga tushmoqda.

Transfer bozoridagi ishlarni tartibga  keltirish

«Fergyusondan keyin klub katta mablag‘ sarflagan bo‘lsada, juda qashshoq ko‘rinmoqda. Klub munosib murabbiy tanlashni bilmaydi, transfer bozorida yomon ishlaydi, manfaatsiz kelishuvlarni amalga oshiradi. Masalan, Fred uchun 50 mln. funt sarfladi. Bizning «Nissa»da tamoman o‘zgacha yondashuv: hisob-kitobli va aqlli tanlov. Keng ko‘lamda ishlashga odatlaning, iqtidorli yoshlarni izlab toping. «Lill» va «Sautgempton» shunday ish yuritadi, «MYU» esa yomon ishlaydi», - degandi milliarder 2019 yilda.

«Qizil iblislar» chindan ham transfer bozorida yomon ishlashadi. So‘nggi yillarda klubda ajablanarli an’ana paydo bo‘ldi - o‘yinchilarni qimmat bahoda xarid qilib, arzimas bahoda sotib yuborish. 50 mln.ga olingan Fred atigi 8 mln.ga ketdi, David De Xea umuman tekinga. Bundan tashqari, Garri Maguayr, Skott Maktominey va Jeydon Sancholar uchun adolatlik takliflar olinmadi. Bu masalada Retkliff va uning yordamchisi Devid Breylsforddan jiddiy bosh qotirish, 60 mln.li Meyson Maunt va 85 mln.li Antoni kabi xaridlarga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.

Kadrlarni o‘rni-o‘rniga qo‘yish

Transfer bozori - Retkliff jamoasi faoliyatidagi yagona tarmoq emas. «MYU»ning bosh direktori Richard Arnold iste’foga chiqarildi, sport direktori Jon Merto esa milliarderning navbatdagi qurboni bo‘lishi mumkin. 2021 yilda kelgan mutaxassisga uning rahbariligidagi 3ta yozgi transferlar darchasida ziyraklik yetishmadi. Sancho, Ronaldu, Maunt, Antoni va Onana kabi kelishuvlarga oid bir qator muammolar yuzaga keldi.

Retkliff klub rahbariyatidagi yuqori lavozimda o‘zgarish kiritishni ko‘rib chiqmoqda. Jumladan, u sport direktori lavozimiga Pol Mitchellni taklif etmoqchi. Bu mutaxassis «Sautgempton» va «Tottenxem»da Maurisio Pochettino bilan hamkorlikda ishlagan va Son Xyun Min, Dele Alli va Kiran Trippyer kabi kashf etgandi. Shuningdek, Pol «RB Leypsig» va «Monako» klublarida ham faoliyat yuritgan. Darvoqe, Retkliff hozir knyazlikda istiqomat qilmoqda.

Akademiyani kuchaytirish

O‘z intervyusida Retkliff yosh iqtidorlarni jalb etish mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tgandi. Rejani amalga oshirishni o‘z akademiyasidan boshlashdan yaxshiroq usul yo‘q. «MYU» iqtidorli yoshlarni tarbiyalash bobida ajoyib an’anaga ega. 1937 yildan beri jamoaning barcha o‘yinlarida akademiya tarbiyalanuvchilari ro‘yxatdan joy oladilar. Lekin so‘nggi yillarda mankunianlar bu borada qo‘shnilaridan ortda qolishmoqda. Hozir «Manchester Siti» tarbiyalanuvchilariga talab kuchayib ketdi. Buning evaziga «shaharliklar» Koul Palmer, Jeyms Trafford va Karlush Borjesh kabi iqtidorlar sotuvidan mo‘may daromadga ega bo‘ldilar.

Alexandro Garnacho va Kobbi Maynu - «MYU» akademiyasining so‘nggi qaldirg‘ochlari. Shubha yo‘qki, asosiy tarkibdan joy olishlari uchun ulardan raqobatchilar qarshiligini yengish talab etiladi. Buning uchun tinimsiz ravishda shug‘ullanish lozim. Buning uchun esa, «MYU»da mashg‘ulot bazasi mavjud emas. «Old Trafford» Ronaldu o‘zining Pirs Morganga bergan intervyusida aytganidek, sarmoyalar yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda. Retkliff mankunianlarni sarmoya kiritishga ko‘ndira olsa, klub yaqin kelajakda o‘zining yuksak nufuzini tiklab olishiga shubha yo‘q.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 25.01.2024. O'qildi: 3163 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик