Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • -:-
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • -:-
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 31 79
2 Real Madrid 32 73
3 Vilyarreal 31 61
4 Atletiko 31 57
5 Betis 32 49
6 Selta 31 44
7 Real Sosyedad 31 42
8 Xetafe 31 41
9 Atletik Bilbao 32 41
10 Osasuna 32 39
11 Espanyol 31 38
12 Jirona 32 38
13 Valensiya 32 36
14 Malyorka 32 35
15 Rayo Valyekano 31 35
16 Sevilya 31 34
17 Alaves 32 33
18 Elche 31 32
19 Levante 31 29
20 Real Ovyedo 31 27

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Obameyang top-klubga qaytmoqchi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ko‘pchilik ekspertlar fikricha, «Arsenal», «Barselona» va «Chelsi» klublari hujum chizig‘ini kuchaytirishlari lozim.

Qizig‘i shundaki, Pyer-Emerik Obameyang bu jamoalarning barchasida to‘p surgan va ular keyinchalik futbolchi xizmatidan voz kechishgan. Qayerdadir bunga hujumchining o‘zi sababchi bo‘lgan, boshqa holatlarda ko‘p jihatlar unga bog‘liq bo‘lmagan.

34 yoshli gabonlik hujumchi hozir «Marsel» tarkibida maydonga tushgan holda o‘z faoliyatini tiklash barobarida bir necha yildan beri eshitayotgan tanqidlarga barham berishga intilmoqda.

Pyer-Emerik - anchayin murakkab tabiatli yigit. Dortmundning «Borussiya»si turli janjallar tufayli uni bir necha marta tarkibdan chetlatgandi. Oxir-oqibat, futbolchi norozi kayfiyatda jamoani tark etgan, «Borussiya» esa uning evaziga 64 million yevro ishlab olgandi. Ya’ni, shuncha mablag‘ evaziga «Arsenal» safiga o‘tgandi. Obameyang Londondagi dastlabki 2 mavsumni sermahsul o‘tkazib, APL doirasida 44ta gol urdi. Biroq keyinchalik u «to‘pchilar» bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan kelisha olmay, ketishga majbur bo‘ldi.

Shu sababli hujumchi «Barselona» tarkibidan joy oldi. Kataloniya grandi safida atigi yarim mavsum to‘p surgan bo‘lsada, Pyer-Emerik La Liga doirasidagi 17 uchrashuvda raqiblari darvozasini 11 marta ishg‘ol etishga ulgurdi. Lekin tez orada vaziyat qurboniga aylanib, «qisqartirish» ro‘yxatiga tushdi. Chunki kataloniyaliklar yangi futbolchilarni xarid qilish maqsadida undan voz kechishga qaror qilishgandi.

«Barselona»dan Londonga qaytgan futbolchi endi Tomas Tuxelning «Chelsi»siga o‘tdi. Aksiga olib, bir necha kundan keyin germaniyalik mutaxassisni iste’foga chiqarishdi, uning o‘rniga kelgan Grem Potter esa Obameyangga ishonch bildirmadi. Natijada gabonlik futbolchi o‘tgan mavsumda deyarli ishsiz qoldi, APL doirasidagi 15ta o‘yinda bor-yo‘g‘i bitta gol urdi. Boisi, o‘sha uchrashuvlarda murabbiy uni o‘rtacha 36 daqiqadan maydonga tushirgandi. Bundan tashqari, Potter Obameyangni YECHLning pley-off bosqichida ham maydonga tushirmadi. Futbolchi uchun bu o‘ta kuchli zarba bo‘ldi. Chunki, Potterdan keyin kelgan murabbiylar davrida ham vaziyat o‘zgarmadi. Yakunda Pyer-Emerik mavsumning yakuniy 5ta turida hatto ro‘yxatdan ham chetda qoldi. Vaholanki, «ko‘klar» u uchun 12 mln. yevrodan voz kechishgandi.

Obameyangning yoshi, o‘sha paytdagi obro‘-e’tibori va omadsiz mavsumini inobatga olganda, keyingi faoliyati oldindan ma’lum edi. Saudiya klublari unga nisbatan nomdorroq futbolchilarni xarid qilishga ulgurishgandi. Yevropadagi muammolardan qat’iy nazar, gabonlik afsona Osiyoda yulduz maqomida to‘p surishi mumkin edi. Biroq futbolchining o‘zi bu variantni ma’qul ko‘rmadi. U yuksak saviyani namoyish etib, uni barvaqt nafaqaga chiqarmoqchi bo‘lishganini isbotlash niyatida edi. Biroq klub tanlashda mantiqqa zid variant bo‘lgan «Marsel»ni  tanladi. Tez orada top-ligalar beshligidagi beburd jamoalardan biri faoliyatini tiklashga intilayotgan hujumchi uchun mos emasligi ayon bo‘ldi. Ayniqsa, Pyer-Emerik o‘ziga xos tabiat sohibi ekanligini inobatga olganda.

Obameyangning «Marsel»dagi ishtiroki risoladagidek boshlandi. «Panatinaikos»ga qarshi YECHL saralash bosqichidagi bellashuvda u dublga erishdi, Liga1 doirasidagi «Mes»ga qarshi o‘yinda samarali uzatma muallifi bo‘ldi, YEL guruh bosqichining 1-turida «Ayaks» darvozasini 2 marta ishg‘ol etdi. lekin ayni o‘sha kunlarda klubda turli tartibsizliklar yuz bera boshladi. Jumladan, muxlislar jamoa bosh murabbiyi Marselinoni haydab yuborishdi, rahbariyatni esa do‘q-po‘pisalar bilan qo‘rqitishdi. Natijada jamoa murabbiysiz qoldi, yana ozgina bosim bo‘lganida, prezident ham ketgan bo‘lardi. Qisqasi, mavsum startida «Marsel» halokat xavfi ostida qolgandi. Biroq vaqt o‘tishi bilan keskinlik bir oz pasaydi.

Barcha jamoadoshlari qatorida Obameyang ham «Velodrom» muxlislarining mehmondo‘stligiga guvoh bo‘ldi. Muxlislar raqib jamoa vakillarini ham, o‘z futbolchilarini ham kuchli hushtakbozlik bilan kutib olishardi. Ikki marta 4tadan samarasiz uchrashuvlar seriyasidan keyin hujumchi ham ta’na-tazyiqlardan benasib qolmadi. Qo‘shimchasiga, klub afsonalari ham gabonlik hujumchini ayab o‘tirishmadi, noshud va dangasa qariya sifatida tanqid qilishdi. Yakunda murabbiylar shtabi jamoani tark etdi, rahbariyat har qanday yomonlikdan qaytmaydigan muxlislar bilan muzokaraga kirishdi.

Provansallar shunchalik xatarli vaziyatda jamoani faqat aqldan ozgan (yaxshi ma’noda) murabbiy boshqara oladi, degan qarorga kelishdi va Jennaro Gattuzoni taklif etishdi. Chunki futbolchilik davridagi qiziqqonligini yo‘qotmagan Rino inqirozli «Milan»ni tiklagan, «Napoli», «Valensiya»dek klublarning nozikta’b rahbarlari bilan til topisha olgandi. Italiyalik mutaxassis hech qachon oson yo‘lni qidirmaydiganlar toifasidan ekanligini cho‘kib borayotgan «ko‘rshapalaklar»ni qutqara olgani tasdiqlaydi. Demak, «Marsel»ni ham faqat u jilovlashi mumkin.

Klub prezidenti va Gattuzo tomonidan bildirilgan ishonchdan ruhlangan Obameyang o‘zini yanada tetik his eta boshladi va noyabr oxiridagi bellashuvda «Ayaks» darvozasini 3 marta ishg‘ol etdi. Shundan beri u o‘yin sur’atini tobora oshirib bormoqda, maydonni gol yoki assistsiz tark etmayapti. Hozirda uning hisobida 5ta gol va 7ta samarali uzatma bor. «Marsel» esa qatorasiga 4ta uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi. Bundan tashqari, Pyer-Emerik YELda 5ta va YECHLning saralash bosqichida 2ta golni rasmiylashtirdi. Shu tariqa uning barcha musobaqalardagi gollari 12taga yetdi. Sermahsullik bobida u Robert Levandovski (10), Nikolas Jekson (8) va Gabriel Jezus (7)lardan o‘zib ketdi. Bu futbolchilar hozir gabonlik kasbdoshlari o‘ynagan jamoalarda to‘p surishmoqda. Bu bilan Obameyangning sobiq jamoalari uni qo‘yib yuborish bilan jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishdi, degan fikrdan yiroqmiz. Lekin u bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lganlarida, nisbatan ko‘proq manfaatga erishgan bo‘lar edilar.

Jennaro Gattuzo esa qo‘rs, o‘jar tabiatli o‘yinchilar bilan ishlash ilmini puxta egallagani bois, yaxshi natijalarga erishmoqda. Endi Obameyang chindan ham «Velodrom»­da o‘z faoliyatini qaytadan tiklayotgan o‘yinchiga aylandi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 30.01.2024. O'qildi: 4617 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Осасуна Ante Budimir 16
4 Барселона Lamin Yamal 15
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Алавес Lukas Boye 12
8 Реал Мадрид Vinisius Junior 12
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
10 Сельта Borxa Iglesias 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик