Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu «Oltin to‘p» va The Best haqqoniyligiga ortiq ishonmaydi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / FIFA tadbirlari / Frans futbol - Oltin to‘p
Rukn: Intervyular
A A A

«An-Nasr» yulduzi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards 2023 marosimida naq 3ta sovringa ega chiqdi.

Aniqroq aytsak, portugaliyalik 2023 yilning eng yaxshi to‘purari sifatida Maradona nomidagi kubokni o‘ziniki qildi, yana Yaqin Sharqdagi eng yaxshi futbolchiga atalgan sovrin va «Muxlislar yoqimtoyi» nominasiyasi mukofoti ham unga nasib etdi. Krish Dubay shahrida tashkillashtirilgan taqdirlash marosimidan keyin Saudiya Arabistoni Pro-Ligasi, «Manchester Siti» va nafaqaga chiqishi haqida alohida to‘xtalgandi. «Al-Nasr» yetakchi shundan so‘ng Portugaliyaning Record nashriga ham katta intervyu berdi va unda «Oltin to‘p» hamda The Best tanlovlariga ortiq ishonolmasligini baralla ta’kidladi.

- Krish, mana, Globe Soccer Awards taqdimotida bir-yo‘la 3ta sovringa ega chiqdingiz. Bu borada nima deya olasiz?

- Shaxsiy muzeyimga mutlaqo yangi sovrinlar qo‘shilganidan bag‘oyat xursandman, albatta. Ayniqsa, meni hamisha hayratga solgan buyuk Diyego Maradona sharafiga atalgan mukofot shunchaki, shedevr. Bunga qadar Yevropada juda ko‘p o‘ynadim va bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Shu ma’noda aytsam, Yaqin Sharqda ham dastlabki mukofotlarni rasmiylashtirganim nimadandir dalolat. Xullas, hozir juda baxt­liman, mavsum men uchun chindan ham, o‘ta samarali keldi. Bunday vaqtda nufuzli sovrinlarni qo‘lga olish yoqimli.

- Shu yoshda yil davomida 54ta gol urish...

- Yaqin o‘tmishga nazar tashlab, «MYU» klubi va Portugaliya milliy jamoasida kuzatilgan voqeliklarni eslasangiz, ayni statistikam juda hayratlanarli. Axir o‘sha vaqt ayrimlar «Ronaldu faoliyatini tugatdi, tamom» qabilida xulosa chiqarishgandi. Amalda esa bor diqqatimni jamladim va «Al-Nasr»da Luish Kashtru boshqaruvidagi murabbiylar shtabi qo‘l ostida ajoyib mavsum o‘tkazdim. Aynan murabbiylar va chin muxlislarim mavsum davomida qoyilmaqom o‘ynashimga o‘zgacha turtki berishdi. Umuman, o‘zim hali futbolga ko‘p narsa bera olishim va shunday qilishim kerakligini bilaman. Ya’ni «Al-Nasr»da ham, milliy jamoada ham hali yana ko‘p gol urish qo‘limdan kelishiga shubham yo‘q. Tushunarliki, 2023 yil men uchun fantastik darajada o‘tdi. Ha, ba’zilar Saudiya Arabistonida o‘ynaganim uchun ko‘p gol urganimni ta’kidlashadi. Ularning iddaolariga qarasak, bu yerda gol urish oson emish. Lekin chin mutaxassislar va tahlilchilar Saudiya ligasida raqib darvozasini nishonga olish Italiya, Ispaniya yoki Portugaliya chempionatlarida gol urish kabi qiyinligini yaxshi bilishadi. Gol - bu yer yuzining har bir nuqtasida gol, baribir. Shunday ekan, 2023 yilgi to‘p­urarlar poygasida Erling Xoland, Kilian Mbappe va Garri Keyn kabi yigitlarni ortda qoldirganimdan boricha g‘ururlanishga haqliman, menimcha.

- «Oltin to‘p» va The Best mukofotlarining bu yilgi so‘rovi bo‘yicha umumiy fikringiz qanday?

- Ochig‘ini aytaman, bu safar na «Oltin to‘p» va na The Best taqdimot marosimini kuzatdim. Shaxsiy fikrimcha, har ikki sovrin avvalgi nufuzini tobora yo‘qotib bormoqda. Yo‘q, Lionel Messi, Erling Xoland yoki hattoki, Kilian Mbappe sovringa munosib emasligini aytish fikridan mutlaqo yiroqman, lekin har ikki tanlov, ularning haqqoniyligiga ortiq ishonmayman. Faktlar va raqamlar bor, ular aslo aldamaydi. Hech kim bizdan raqamlarni tortib ololmaydi, chunki hammasi ayni haqiqat. Bilganim shuki, o‘tgan yilgi shaxsiy statistikam ko‘p narsani ko‘rsatib turibdi. 

- Xo‘sh, qachondir Portugaliya chempionatiga qaytasizmi?

- Ayni payt Saudiya Arabis­tonida o‘zimni erkin va baxtiyor his qilyapman. Binobarin, menga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishmoqda, tanqidlar kuchaygan va ko‘pchilik salohiyatimga shubha bilan qaray boshlagan vaqt arablar chorlov tashlashdi. Muhimi, mahalliy liga ulkan rivojlanish strategiyasiga ega va barqaror o‘sishda davom etmoqda. Ha, futbol jamoatchiligi fikricha, bularning barchasi Xitoyda kuzatilgan voqeliklarning takrori emish. Yo‘q, ishontirib aytaman, bu yerda hammasi butkul boshqacha. Mana, Saudiya Arabistoni JCH-2034ga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi, bu milliy chempionat keyingi 10 yil davomida taraqqiyotdan to‘xtamasligini anglatadi. Umuman, o‘ylaymanki, Saudiya chempionati yana 2-3 yildan so‘ng dunyoning eng yaxshi ligalari qatoriga kiradi. Portugaliyaga qaytishga kelsak, hozircha bundan ma’no yo‘q. Bir necha kundan keyin 39 yoshni qarshi olaman, shartnoma bo‘­yicha esa «Al-Nasr»da yana 1 yil o‘ynashim kerak. Xullas, yoshim 40ga yetgach, umumiy holatga baho beramiz. Agar barchasi joyida bo‘lsa, o‘z kuchimga ishonsam, ehtimol, 41 yoki 42 yoshgacha ham to‘p surarman, buni aniq bilmayman. Lekin takrorlayman, Portugaliya, xususan, «Sporting»ga qaytish haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.

- Jonajon klubingiz - «Sporting» joriy mavsum chempionlik sari dalil odimlamoqda...

- Hozirgi jamoa o‘yinni qanday qurish va boshqarishni biladigan kuchli murabbiyga ega, uyushqoqlik ham joyida. Xullas, kuchli tarkib shakllanganini ko‘ryapman. Eng quvontiradigan tomoni, «Sporting» muxlislarga yoqadigan jozibali futbolga moyil. Qadrdon klubimga oxirigacha shu ruhda davom etish va yakunda chempionlikni tantana qilishini tilayman, albatta.

- Ronaldu qachon nafaqaga chiqadi? Bu borada biror aniq rejangiz bormi?

- Do‘stlarimga tez-tez takrorlab turaman - bugungi hayo­timiz dinamikasi juda yuqori. Ya’ni ertaga nima bo‘lishi noma’lum. Mavsum oxirida butsalarimni mixga ilishim yoki yana 2-3 yil o‘ynashim mumkin. Boshim va tanamda muammo sezmasam, futboldan zavq olsam, nega to‘xtashim kerak? Ayni payt klubda ham, terma jamoada ham o‘zimni yaxshi, baxtli his qilyapman. Eng asosiysi, hamon o‘zimga eng yoqadigan ish bilan bandman - munosib o‘ynab, gollar uryapman.

- Yevro-2024 starti ham tobora yaqinlashmoqda. Portugaliya terma jamoasi bo‘lajak turnir favoritlaridan birimi?

- Shaxsan men uchun da’vogar va favorit maqomi bir xil. Shuni teran tushunishimiz kerakki, jamoamizda turnir g‘olibiga aylanish imkoniyati yetarli xuddi 2016 yildagidek. O‘shanda ham yaqqol favorit sanalmaganmiz. Hozir esa Portugaliya termasiga boshqacha qarashadi. Albatta, Yevropa chempionatiga g‘alabani ko‘zlagan holda borishimiz va Germaniyada shu maqsad ro‘yobi yo‘lida borimizni berishimiz shart. To‘g‘ri, katta turnirlarda hammasi ko‘plab omillarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ishonchim komil, yozda favorit maqomida kurashga kirishamiz, bor e’tiborni chempion bo‘lishga qaratamiz.

- Roberto Martinesning gapidan iqtiboc: «Menimcha, Ronaldu 1000ta gol marrasiga yetishdan ko‘ra, Yevro-2024da g‘alaba qozonishni afzal ko‘radi». Bunga munosabatingiz...

- Futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarman. 1000ta golni o‘ylashdan oldin avvalo, 900talik dovonga chiqishim kerak. Odamlar 1000ta gol haqida ko‘p gapirishadi, go‘yoki bu marrani allaqachon zabt etgandekman. Albatta, Globe Soccer marosimida aytganimdek, bugungi kun bilan yashashni afzal ko‘raman. Professional va shaxsiy hayotimda kuzatilgan voqealar meni shunday o‘ylashga o‘rgatdi. Hozir futboldan zavqlanish uchun - yaxshi vaqt. O‘tgan yili 54ta gol urganim ortida katta fidoyilik va mehnat, «Al-Nasr»dagi jamoadoshlarimning yordami turibdi. Qaytaraman, hozirgi zamon bilan yashayman. Yevro-2024da g‘alaba qozonish miyamda tinmay aylanayotgan maqsad, albatta. Buni amalga oshirish uchun bizda hammasi mujassam. Bordiyu, tanlash imkoni berilsa, murabbiyimiz aytganidek, Yevropa taxtiga chiqishni ma’qul ko‘rardim. Shubhasiz, 1000 foiz ishonch bilan!

 M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 02.02.2024. O'qildi: 4684 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик