Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Braziliya «A» seriyasi javohirlari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Milliy chempionatlar / Braziliya chempionati
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi o‘n yilliklar ichida Neymar, Ronaldinyo va Rivaldo singari afsonalar Yevropada yuksak saviyaga erishishlaridan avval Braziliyaning oliy divizionida nom qozongan edilar.

Xorijlik kasbdoshlarimiz «Transfermarkt» ma’lumotlari orasidan hozirda «pentekampeonlar»ning ichki chempionatida to‘p suradigan 10 nafar eng sara iqtidor sohiblarini tanlab olishdi. Ularni e’tiboringizga havola etishni lozim topdik.

10. Jerson - 13 mln. yevro

Bu futbolchi «Roma» va «Marsel»dagi faoliyatidan keyin o‘tgan yilning dekabrida Yevropadan vataniga qaytib, «Flamengo» tarkibidan joy oldi. 26 yoshli yarim himoyachi asosan maydon markazida to‘p surishiga qaramasdan, 17ta gol urdi.

7-9. Rafael Veyga - 13,7 mln. yevro

«Palmeyras»nining chempionlikni o‘ziniki qilishida Veyga hal qiluvchi rol o‘ynadi. Hujumkor yarim himoyachi ichki chempionat doirasida 5ta gol va 8ta samarali uzatmani rasmiylashtirdi. Umuman, 2017 yilda «Palmeyras» safidan o‘rin olgan Rafael ayni pallada 113ta golning muallifi sifatida Abel Ferreyra jamoasining muhim ijrochilaridan biriga aylangan. Tabiiyki, ligada ham Rafael eng sara futbolchilar qatorida.

7-9. Yuriy Alberto - 13,7 mln. yevro

Ma’lumotlarga binoan, yozda «Vest Xem» Albertoning xaridi borasida «Korintians» bilan muzokara olib borgan, biroq yakunda tomonlar bir to‘xtamga kela olishmagan. Vaholanki, uning Braziliyadagi sermahsul o‘yinlari kuchli taassurot qoldirgan va «bol­g‘achilar» qiziqishlari bejiz emasdi. 22 yoshli hujumchi joriy mavsumda ham o‘z jamoasiga 15ta gol tuhfa etdi, uzoq muddatli kelajagi esa hanuzgacha mavhum bo‘lib qolmoqda.

7-9. Jorjian de Arrasketa - 13,7 mln. yevro

Urugvaylik hujumkor yarim himoyachi esa «Flamengo»dagi sermahsul faoliyatini davom ettirmoqda. U 2019 yildan beri 230ta o‘yinda maydonga tushib, 139ta gol urdi. Markaz o‘yinchisi uchun risoladagidek ko‘rsatkich.

6. Gabriel Barboza - 14,6 mln. yevro

Barboza Braziliya «A» seriyasi tarixidagi eng sermahsul o‘yinchilardan biri hisoblanadi. «Santos» va «Flamengo» jamoalari tarkibidagi 319ta uchrashuvda Gabriel 188ta gol urgandi. Uning Yevropaga avvalgi tashrifida Milanning «Inter»idagi omadsizlik bilan yakunlangan bo‘lsada, 27 yoshli snayperdan umidvor bo‘lgan top-klublar yo‘q emas. Jumladan, amaldagi shartnomasi 2024 yilda nihoyasiga yetadigan hujumchi «MYU»ning nishonida.

5. Pedro - 18,9 mln. yevro

Joriy mavsumda 35ta gol urib, faoliyatidagi rekord natijani qayd etgan Pedro shu kunlarda amaldagi shartnoma muddatini 2027 yilgacha uzaytirgani «Flamengo» muxlislari uchun qo‘shaloq yangi yil sovg‘asi bo‘ldi. Muxlislar yana kamida 3 yil 26 yoshli hujumchining sermahsul va sermazmun o‘yinlaridan zavq olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

4. Markos Leonardo - 21,5 mln. yevro

Bu futbolchining «Santos» tarkibidagi shiddatli taraqqiyotiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Endi 20 yoshga chiqqan hujumchi hozirga qadar 50ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi va albatta Yevropaning nomdor jamoalari e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Lekin u o‘ziga biroz kamtarroq jamoa - «Benfika»ni tanladi. Vaholanki, unga «Arsenal», «MYU», «Vest Xem» va «Nyukasl» kabi APL grandlari ham qiziqish bildirishgandi.

3. Andre - 21,7 mln. yevro

Braziliyalik iqtidorli yarim himoyachi anchadan beri Yevropa grandlarining nishonida turibdi. «Fluminense» safida 164 marta maydonga tushgan 22 yoshli futbolchi milliy terma jamoaning doimiy a’zolaridan biri. Uni shu paytgacha «Liverpul» xarid qilish niyatida. Endi «MYU», «Arsenal» va «Tottenxem» ham «Flu» yulduziga qiziqib qolishdi. Andrening transfer bahosi nisbatan qimmat emas. Lekin Braziliyadan olib kelish birmuncha ko‘proq mablag‘ni talab etishi mumkin. Chunki uning shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

2. Vitor Roke - 34,4 mln. yevro

«Atletiko Paranaense»ning o‘smir sensasiyasi barcha musobaqalarda 28ta gol urib, hammani lol qoldirdi. Aftidan, bu faqat boshlanishi, xolos. «Barselona» yozda imzolagan kelishuvga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi yaqinda Kataloniya grandi tarkibidan joy oldi. Endi El-Klasikoni tomosha qilish yanada qiziqarli ko‘rinish oladi - Rokening «Barsa»si Endrikning «Real»iga qarshi!

1. Endrik - 38,7 mln. yevro

17 yoshli noyob iqtidor sohibi shu yil «Real» tarkibidan joy oladi. 2022 yilda «Palmeyras»da debyutini nishonlagan hujumchining yuksak salohiyati o‘ta qisqa vaqt ichida uni butun futbol olamiga tanitdi. Endi navbat - «Santyago Bernabeu» muxlislari ko‘nglini rom etishga!

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 02.02.2024. O'qildi: 2239 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.