Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Angliya chempionatining eng barqaror jamoalari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xorijlik tahlilchilar Yevropaning eng nufuzli turniri - Angliya chempionatidagi eng barqaror jamoalar jadvalini e’lon qilishdi.

Qizig‘i shundaki, mazkur ro‘yxatda «Everton» «Liverpul» va «MYU»ga nisbatan yuqoriroq o‘rinni band etdi. Birinchilik APL nomini olganidan keyin esa, unda muntazam etish sharafi atigi 6ta jamoaga nasib etdi. Quyidagi hikoyamiz ana shu yetakchi oltilik vakillarining uzluksiz ishtroki haqida.

«Chelsi» - 34 yillik muntazam ishtirok

Bundan 8 yil avval «Aston Villa» APLni tark etmaganida, «Chelsi»ning o‘rnini egallagan bo‘lardi. Birmingem klubi elitaga qayt­di, o‘ziga mos murabbiy Unai Emeri rahbarligida sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda, umumiy jadvalda ham «Chelsi»dan yuqorida. «Aristokratlar»da esa pul ko‘p, lekin o‘yin saviyasiga oid muammolar undanda ko‘proq. Yangi prezident Todd Boeli rahbarligidagi mutasaddilar yirik mablag‘larni ko‘kka sovurmoqdalar. Lekin «Chelsi» Granovskayaning donolarcha boshqaruvi va Abramovichning sarmoyalari tufayli yorqin davrni bosib o‘tdi. Ro‘yxatdagi 6 jamoa orasida faqat «Chelsi», «Liverpul» va «MYU» YECHLning g‘oliblari.

«Tottenxem» - 45 yil

Bill Nikolson rahbarligidagi shonli davr intihosi bo‘lgan 1977 yildan keyin tezda elitaga qaytgan «taqachilar» elitadagi faoliyatni davom ettirmoqdalar. Jamoa sovrinlar borasida maqtana olmasada, elitadagi o‘rnini himoya qilishni yaxshi biladi. Klub sohiblari esa daromad olish ilmini puxta o‘zlashtirishgan, «Tottenxem»ni yoki klub aksiyalarining bir qismini sotish bo‘yicha muzokaralar olib borishadi. Shuningdek, yangi bosh murabbiy Angelos Postekogluning jozibali faoliyatiga oid gap-so‘zlardan uzoqroq bo‘lishga intiladilar. Avstraliyalik yunon rahbarligida «taqachilar» Keynning ko‘magisiz quyi pog‘onalarga tushib ketmadilar, aksincha, sovrindor o‘rinlar uchun jiddiy kurash olib borishmoqda.

«MYU» - 48 yil

Hali Buyuk Britaniya qirolichasidan risarlik unvonini olishga ulgurmagan ser Aleks Manchesterga kelgan pallada «qizil iblislar» autsayderlarga qo‘shni edilar. Shotlandiyalik mutaxassis rahbarligida jamoa ayanchli davrga ham, Kantonadan tortib Ronaldugacha bir qator afsonalarning yorqin o‘yinlariga ham guvoh bo‘ldi. Biroq hozir inqirozga yuz tutgan. Reshford tunni Belfastdagi klubda o‘tkazib, tongda «bemor» bo‘lib qoladi. Garchi Markus Jek Grilish singari ichkilikka berilgan bo‘lmasada, ana shu ishratparastligi jamoada intizom yo‘qligidan dalolat. Bahaybat moliyaviy qudratga ega bo‘lgan «MYU» hozirgi sharoitda APLni tark etishini tasavvur qilish qiyin. Gleyzerlar bunga yo‘l qo‘ymaydilar. Lekin o‘rtamiyonalar safida yurish ham buyuk klubga xos bo‘lmagan sharmandalik. «Qizil iblislar» 70-yillar o‘rtalarida Chempionshipga tushib ketishgan, lekin tezda elitaga qaytgan edilar. E’tiborlisi, «MYU» - YECHLda zafar quchgan dastlabki ingliz jamoasi. Bunday klubga botqoqda yurish yarashmaydi.

«Liverpul» - 61 yil

1954 yilda elitani tark etgan «qizillar» jamoasini 8 yildan keyin Bill Shyonkli Chempionship»dan olib chiqqandi. Oxirgi 30 yil ichida jamoa atigi bir marta chempionlikka erishgan bo‘lsada, qismatidan nolishga haqli emas. APLdagi kuchli raqobat barchaga ma’lum. Qolaversa, klub hamon Britaniya futbolining asosiy «dinozavr»lari qatorida. 60 yildan ortiq vaqtni elitada o‘tkazish, turli murabbiylar bilan qo‘lga kiritilgan xalqaro sovrinlarga erishgan atoqli afsonalar. Oliy diviziondagi barqarorlik «Liverpul»ga dunyoning turli burchaklaridan millionlab fanatlarni tuhfa etdi. Bu esa ulkan daromadlar, degani. Boz ustiga, yangi asrda «qizillar» o‘tmishda ulardan yorqinroq to‘p surgan qo‘shnilaridan o‘zib ketishdi.

«Everton» - 69 yil

Yoshi 70ga yetmagan liverpullik muxlislar «Everton»ning quyi diviziondagi o‘yinini hech qachon ko‘rishmagan. Agar klubni rahbariyatning moliyaviy firibgarligi uchun yana ochkolardan mahrum qilish bilan jazolashsa, «Everton» qulashiga guvoh bo‘lgan bobolar va momolarga oson bo‘lmaydi. Yirik shaharlardagi «tez yordam» shifokorlari hal qiluvchi o‘yinlar o‘tkazilgan kunlarda insult va infarkt xastaliklari soni ko‘payib ketishini kuzatishgan. «Everton»ning qulashi Angliya va uning tashqarisidagi minglab muxlislar uchun fojia bo‘ladi. Jamoa qariyb 70 yildan beri elitada to‘p surmoqda, seriyani davom ettirish lozim. Achinarli jihati shundaki, jamoa chakki emas. Faqat ochkolardan mahrum qilish uni Chempionshipga tushirib yuborishi mumkin. Inglizlarning e’tirozlari o‘rinli: «Everton»ning jazolanishi qonuniy, deb faraz qilaylik. Biroq nima uchun ma’murlar APLdagi boshqa moliyaviy hiyla-nayranglarga ko‘z yumadilar?

«Arsenal» - 104 yillik muntazam ishtirok

1929 yilda italiyaliklar ichki chempionatni davra tizimida o‘tkaza boshlagach, Ispaniya ham o‘sha yili o‘zining oliy ligasini tashkil etgandi. Fransiya chempionati 3 yoshga kichikroq, Bundesliga endi 63ga chiqqanini inobatga olsak, «Arsenal» - top-ligalar beshligining chempioni! Birinchi jahon urushi tufayli 1913 yildan 1919 yilgacha to‘xtab qolgan ichki chempionatni tiklashga qaror qilgan liga rahbariyati oliy diviziondagi «Tottenxem» o‘rniga quyi ligadagi «Arsenal»ni qabul qilgandi. Londondagi faoliyatining so‘nggi bosqichida afsonaviy Arsen Venger «to‘pchilar»ni YECHL poyezdining oxirgi vagoniga joylashni xush ko‘rardi. Arteta esa fransiyalik ustozidan farqli ravishda yuksakroq cho‘qqiga intilib, shogirdlarini chempionlik fishkasi bilan ta’minlamoqda va qatorasiga ikkinchi marta APL taxtini egallash niyatida.

 S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:14, 15.02.2024. O'qildi: 2084 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик