Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Stoymirovich: ««Metallurg» bilan ruhiy o‘yin bo‘lishini ham tushunib turgandik va bugungi o‘yinga ruhan tayyor emasdik»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

Superliganing 1-turi doirasida «Metallurg»ga qarshi o‘yindan keyin «Lokomotiv» katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida qatnashdi.

"Barchaga salom. O‘yin haqida nima deyish mumkin… Avvalo dam olib, keyinchalik ko‘rib, tahlil qilish kerak. Hozir yonib turgan miya bilan biror nima deyish ham qiyin.

Shuni aytishim mumkinki, «Lokomotiv» yangi loyiha boshlagan, bu jamoaning mashg‘ulot jarayonlariga ham, yoshlarning yetishib chiqishiga ham taalluqli. Bugun ham yoshlarni maydonga tushirdik. Uchrashuvning dastlabki o‘n besh daqiqaligida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida shakllantirilgan o‘yin uslubini ko‘rsata oldik, yig‘inning so‘ngiga qadar biz yuqori darajaga chiqib kelayotgandik.

«Turan» va «Kuban»ga qarshi yuqori darajada o‘yinlar o‘tkazdik. So‘nggi o‘yinda 3ta gol ham urdik, bular asosan pozision hujumlardan keyin kiritildi.

«Metallurg» bugun yaxshi harakat qilishini bilgandik. Turkiyada ularning «Jetisu» hamda «Orenburg»ga qarshi o‘yinlariga bordik. Futbolchilar shakllangan o‘yin uslubiga ega va qanday sxemada harakat qilishlarini yaxshi bilishadi. Shuningdek, ular bu o‘yinga bir oy davomida tayyorlanishdi.

Tushunarsiz tomoni shundaki, birinchi goldan keyin biz himoyalanishni boshladik. Rejamiz unday emasdi. Oldinga chiqishimiz va hujum qilishimiz kerak edi. Chunki himoyada yotish uchun bahonamiz bo‘lmagandi. «Metallurg» uzun paslari va havodagi to‘p uchun kurashlarda bizga katta muammolar keltirishini bilgandik. Chunki biz kichik paslar orqali o‘ynaymiz. Raqiblar bugun maydon markazida bizdan kuchli ko‘rinishdi. Bularning barchasini bilgandik. Shunda ham ortda qolish uchun sababimiz yo‘q edi. Shunday bo‘lib qoldi. Bunday paytda yigitlarning o‘zi o‘yin davomida barchasini tahlil qilishi va o‘yinni to‘g‘ri tashkil qilayotganini tushunib turishi kerak. Lekin biz o‘zimiz istagan o‘yin uslubimizgacha yetib bora olmadik, biz o‘yin davomida ko‘p pas o‘ynay olmadik, pozision hujumlar uyushtira olmadik. Shu orqali ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurashlar ko‘paydi. «Metallurg» bilan ruhiy o‘yin bo‘lishini ham tushunib turgandik va bugungi o‘yinga ruhan tayyor emasdik. O‘tkazib yuborgan gollarimizda ham qo‘pol xatolar qildik.

«Metallurg»ni, hamkasbim Veskoni 1 ochko bilan tabriklayman. Uning jamoasi yaxshi, jamoasini o‘yinga yaxshi tayyorlabdi. O‘yinni taxlil qilamiz, barchasini ko‘rib chiqamiz va faqatgina oldinga harakat qilamiz. «Olimpik»ka qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz", — dedi Aleksandr Stoymirovich.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:00, 03.03.2024. O'qildi: 980 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик