Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oldindagi 5 ta o‘yin natijasi chempionlikka olib boradi yoxud "Manchester Siti"ning taqvimi haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Manchester Siti” mavsum yakuniga ko‘ra, yana bir Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritishga intilmoqda – ammo qolgan o‘yinlarda ham konsentrasiyani yo‘qotmasligi kerak.

Pep Gvardiola shogirdlari o‘tgan mavsum o‘zlarining tarixiy trebl g‘alabalari cho‘qqisiga chiqa olishdi, ammo bu mavsumda ko‘proq kumush medallarga loyiq ko‘rsatayotgandek va «Liverpul» ham, «Arsenal» ham yaxshigina raqobat taklif etmoqda.

When is Man City's next game after the World Cup| All Football

Biz «shaharliklar»ning APLda oldinda kutib turgan 5 ta o‘yini haqida to‘xtaldik, «Siti» ketma-ket to‘rtinchi marta Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritadimi yoki yo‘qligi tobora aniqlashib bormoqda.

3 mart uyida "Manchester Yunayted"

«Siti» yaqin haftalarda eng qiyin o‘yinni o‘tkazishi mumkin - bu "Manchester Yunayted"ni «Etihad» stadionida kutib olishdan boshlanadi.

Gvardiola shogirdlari "Old Trafford"da yirik hisobda g‘alaba qozonishgan bo‘lsada, «Yunayted» ham formaga ancha tushib olgan edi. Ammo kechagi bahsda Gvardiola shogirdlari harakter ko‘rsatgan holda g‘alabani ilib ketdi. Dastlab, birinchi taymni Reshfordning fantastik zarbasi evaziga "Manchester Yunayted" hal qildi. Pep tanaffusda shogirdlariga yetarlicha ko‘rsatmalar bera oldi va Fodenning dubli hamda xolandning bir goli evaziga 3:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Aytgancha, Erling ilk taymda ochiq qolgan darvozani ishg‘ol qilolmadi va Foden Reshfordning goliga dahshatli javob qaytara oldi.

Manchester City vs Manchester United Highlights, Premier League 2023-24: Manchester  City Win 3-1 At Etihad Stadium In 192nd Derby

Shu tariqa, "Manchester Siti" mazkur g‘alabadan so‘ng, ochkolar sonini 62 taga yetkazib olib, yetakchi «Liverpul» ilan oradagi farqni 1 tagacha yetkazdi. Kurash, interiga saqlanib qoldi...

10 mart mehmonda «Liverpul»

Yana bir katta nom. Bu safar chempionlik uchun asosiy raqibi bilan mehmonda, «Enfild»da. «Siti» «Enfild»da dahshatli rekordga ega - 2003 yil may oyidan beri bitta g‘alaba - va «Liverpul» o‘yinning muhimligini va Yurgen Kloppning klub bilan mavsum yakunida oltin medallarni qo‘lga kiritish istagini hisobga olsak, aql bovar qilmaydigan darajada qarama-qarshilikni kutishimiz mumkin.

Manchester City Vs Liverpool Premier League Rivalry Is Best

«Liverpul» so‘nggi haftalarda jarohatdan boshi chiqmay qoldi , ammo Klopp halokatli ta’sir ko‘rsatib, akademiya iqtidorlarini sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Aynan 10 mart kungi o‘yinda g‘alaba qozongan jamoa chempionlikka juda ham yaqinlashadi, sababi oradagi farqni yo‘qqa chiqarish qiyinlashib boraveradi. Dahshatli interigalarga boysan APL!

31 mart uyida «Arsenal»

O‘tgan yilgi musobaqada «Siti»ning «Arsenal»ni chetlab o‘tgani haqidagi xotiralarni unutaversangiz ham bo‘ladi - Mikel Artetaning shogirdlari 12 oydan keyin «Siti» hukmronligi uchun asosiy raqobatchiga aylana oldi.

«Arsenal» Rojdestvodagi «chayqalish»dan o‘zini tikladi va Premyer-ligadagi ayni damda formaga tushib olgan jamoaga aylandi.

Man City vs Arsenal: All you need to know about the title clash | Football  News | Al Jazeera

Deklan Rays bilan shartnoma imzolanishi «kanonirlar» yarim himoyasida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi, Bukayo Saka esa Rio Ferdinandga va uni jahon darajasidagi emas deb da’vo qiladigan har qanday kishiga o‘zining nimalarga qodir ekanligini isbotlashda davom etmoqda.

6 aprel mehmonda "Kristal Pelas"

"Kristal Pelas" - «Siti»ning noqulay raqiblaridan biri. Sababi, dekabr oyida Roy Xojson shogirdlari «Etihad»da Olizening penaltidan kiritgan goli evaziga g‘alaba qozongan edi.

Man City vs Crystal Palace highlights and reaction as Blues surrender  two-goal lead in draw - Manchester Evening News

Xojson ketdi, ammo Oliver Glasner 2022 yilda Frankfurtning «Ayntraxt»i bilan Yevropa ligasida g‘olib chiqqan mahoratli murabbiy. «Lochinlar»da, shuningdek, aslida «shaharliklar»ga tegishli Eberechi Eze ham bor.

"Manchester Siti" uchun "Selxorst Park" noqulay stadionlardan briga aylanib bormoqda, ko‘ramiz Gvardiola shogirdlari mehmonda revansh olishga muvaffaq bo‘lishadimi?

20 aprel mehmonda «Tottenxem»

Yanvar oyida Angliya Kubogida Natan Akening goli «Siti»ning «Tottenxem» stadionida urgan birinchi goli bo‘ldi - bu ularning ingliz futbolidagi ustunligini hisobga olgan holda ajoyib rekord.

Man City player ratings vs Tottenham: Nathan Ake ends the curse at last!  Defender prods in late winner to send FA Cup holders through after scrappy  affair | Goal.com

Ange Postekoglu qo‘l ostida «shporlar» jumboqli bo‘lib, eng qiyin raqiblarni mag‘lub etish va eng muhim ochkolarni yo‘qotishga qodir, ammo Jeyms Meddison va Son Xyon Min kabilar Gvardiola shogirdlarini sergaklantira oladigan o‘yinchilarga ega.

Dekabr oyida ularning «Etihad»dagi 3:3 hisobidagi jangovar durangi Premyer-liga mavsumidagi eng yaxshi o‘yinlardan biri bo‘ldi. Bu safargi o‘yinda «shaharliklar» mehmonda g‘alaba qozonishga intilib ko‘radi.

Shunaqa gaplar.. Mana shunday qiyin o‘yinlarni Gvardiola shogirdlari muvaffaqiyatli o‘tkazishsa, chempionlikka juda yaqinlashadi.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:30, 04.03.2024. O'qildi: 4047 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик