Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

XX asrning eng yaxshi klubi “Real Madrid” — 122 yoshda!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Real Madrid” bugun o‘zining 122 yilligini nishonlamoqda. 1902 yil 6 mart sanasida Madrid futbol klubining birinchi direktorlar kengashi rasman saylandi. Bu dunyodagi eng buyuk klubga qo‘yilgan birinchi tamal toshi edi. 122 yil o‘tib, 14 ta yevrokuboklarga egalik qilgan “Real Madrid” jahon sportida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Jamoa FIFA tomonidan 20-asrning eng yaxshi klubi deb e’tirof etilgan.

“Real” Madriddagi universitet talabalari jamoasi tomonidan yaratilgan. Ular o‘z klublariga Madrid futbol klubi deb nom bergan va mintaqaning boshqa klublari bilan o‘ynashni boshlagan.

Klub 1926 va 1928 yillarda ikki marta Ispaniya Kubogida g‘alaba qozongan. 1931 yilda Ispaniya respublika boshqaruv shakliga o‘tdi va u “Real Madrid” deb o‘zgartirildi.

Jamoa 1956 yildan 1960 yilgacha ketma-ket beshta yevrokuboklarni qo‘lga kiritib, dunyoning eng muvaffaqiyatli klublaridan biriga aylangan.

Ular “Oq iblis” nomi bilan tanilgan va Alfred o Di Stefano, Ferens Pushkash va Raymond Kopa kabi futbol afsonalari o‘sha davrda porlab chiqqan.

1960 va 1970 yillar davomida “Real Madrid” chempionlikni qo‘lga kiritishda davom etdi, jumladan, ikki marta Ispaniya Kubogi va ikki marta UYEFA Kubogini jamoa aynan shu davrda qo‘lga kiritgan.

Madrid jamoasi 1980 yillarda Migel Munyos bosh murabbiyligida qayta tiklandi va qisqa davrda besh marta Ispaniya Kubogi va ikki marta UYEFA Kubogini qo‘lga kiritdi.

1990 yillarda “Real Madrid” Fabio Kapello qo‘l ostida yana shon-shuhratga qaytdi va besh marta Ispaniya Kubogi va ikki marta yevrokuboklarni qo‘lga kiritdi.

Zinedin Zidan boshqaruvida esa klub 2016 yildan 2018 yilgacha ketma-ket uchta Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritib, yangi rekord o‘rnatgan. Turnir tarixida undan oldin ham, undan keyin ham hech bir klub ketma-ket ikki marta ham chempion bo‘lmagan.

2018 yil “Real Madrid” uchun o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Zinedin Zidan boshqaruvidagi mavsumdan so‘ng Florentino Peres Xulen Lopetegini bosh murabbiy etib tayinladi.

Lopetegi 2018 yilda faoliyat olib borgan. Undan madridliklar mavsumni Solari boshchiligida tugatgan. Ushbu davr mobaynida “Real Madrid” o‘zining kublar o‘rtasidagi jahon chempionligini uchinchi bor qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari 13 marta UYEFA Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.

2019-2020 yilgi mavsumda Zinedin Zidan yana bosh murabbiy etib tayinlandi. “Real” mavsumni “Barselona”dan 5 ochko ortda qolib, La Ligada 2-o‘rinda yakunladi. O‘sha mavsumda “Real” Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi va UYEFA Chempionlar Ligasining chorak finaliga chiqib “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘ldi.

2020-2021 yilgi mavsum “Real Madrid” uchun yanada muvaffaqiyatli bo‘ldi. Jamoa “Barselona” va “Atletiko Madrid”ni mag‘lub etib, 34 marta La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Madridning “Real” klubi UYEFA Chempionlar Ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan va u yerda “Chelsi”ga imkoniyatni boy berib turnirni yakunlagan.

2021-2022 yilgi mavsumda “Real” “Barselona”ni 5 ochkoga ortda qoldirib, yana La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Qolaversa, “Real” UYEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib bordi va u yerda “Liverpul”ni kichik hisobda mag‘lub etgandi.

Madrid klubi so‘nggi mavsumda ham Chempionlar Ligasi bosh sovrini uchun yaqin keldi, ammo yarim finalda “Manchester Siti” jamoasiga ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi.

“Real Madrid” La Ligada “Barselona” klubidan 10 ochko ortda qolib, kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Jamoaning ilk logosi uchta harflar qorishmasidan iborat bo‘lgan. Bu harflar — C, M, F.

Bir oz o‘tib jamoa logotipi o‘zgargan. Madrid shahri klubni shahar logotipi bilan musobaqalarda qatnashishga majbur qilgan.

1908 yilda ketma-ket to‘rtinchi marta Ispaniya Kubogida g‘alaba qozonganidan so‘ng, yangi saylangan klub prezidenti Adolfo Melendez tashabbusi bilan logo o‘zgartirilgan. Klubning bosh harflari shahar gerbiga qo‘yilib unga qalqonga belgisi qo‘shilgan.

1920 yil 29 iyunda yangi prezident Pedro Parahes davrida klub emblemasiga toj qo‘shildi. Ispaniya qiroli Alfonso XIII Madrid klubiga “qirollik” unvonini berdi.

2001 yilda Florentino Peres qo‘l ostida “Real Madrid” timsoli zamonaviy qiyofa kasb etdi. “M” harfi maksimal darajada kattalashtirildi va chiziq butunlay ko‘k rangga aylandi.

Klub muxlislari tomonidan ijro etiladigan qo‘shiq “Hala, Madrid” deb ataladi. U o‘zbek tilida “Olg‘a, Madrid” deb tarjima qilinadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:56, 06.03.2024. O'qildi: 1740 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.