Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Skandinaviyadan yana bir mohir mergan

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Skandinaviyalik futbolchilar faqat murakkab familiyalari emas, balki alohida gol urish ins­tinktiga ega ekanliklari bilan ham ajralib turishadi.

Mana, joriy mavsum Viktor Eynar Dyokeresh ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Portugaliyada «Sporting» sharafini himoya qilayotgan shvesiyalik chindan ham, raqiblar darvozabonlari uchun qo‘rquv uyg‘otmoqda. Lekin muxlislar Skandinaviya futbolida Erling Xoland va Rasmus Xoylunddan tashqari, yana bir goleador-viking borligini yaxshi bilishmaydi. Vaholanki, u Portugaliya chempionatini zabt etishga ulgurdi allaqachon.

Aynan Viktor Eynar hozirgi «Sporting»ning asosiy yulduzi hisoblanadi. Shvesiyalik hujumchi Lissabon jamoasini milliy ligada chempionlik sari tortish barobarida YELda ham o‘z so‘zini ayt­moqda. Dyokeresh uchun hammasi zo‘r boshlandi. Deylik, 17 yoshida «Brommapoykarn»- (ha, Skandinaviyada nafaqat familiyalar, balki klublar nomi ham murakkab bo‘lishi mumkin)da debyut qilgan yigitcha atigi 12 kun o‘tib, kubok o‘yinida «dubl» qayd etdi. Biroq uning klubi yakunda «Superettan» ligasida oxirgi o‘rinni band etib, daraja bo‘yicha uchinchi raqamli divizionga tushib ketdi. Muhimi, bu omadsizlik yosh iqtidorga uncha salbiy ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Aksincha, Viktor «Brommapoykarn»da qolishni lozim topdi va keyingi mavsum 19ta o‘yinda 7ta gol urdi. Yosh futbolchi shu tariqa kamtarin klubning «Superettan» ligasiga qaytishida muhim rol bajardi.

Viktor Dyokeresh to‘laqonli ikkinchi mavsumda hammani yanada kuchli hayratlantirdi: 29ta o‘yinda 13ta gol. U bu statistika bilan divizion to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘ringa joylashdi. «Brommapoykarn» ham shu muvaffaqiyat bilan to‘xtab qolmadi va keyingi mavsum Shvesiya futboli elitasiga qo‘shildi. Alohida ta’kidlash kerak, Dyokeresh asosiy jamoada o‘ynash barobarida parallel ravishda U-19 va U-21 birinchiliklarida ham samarali to‘p surdi, «pachka»lab gol yig‘di. Tushunarliki, bunday mahsuldorlik bilan Yevropa klublari e’tiboriga ham tushdi. Xullas, mavsum-2017/2018 arafasida iqtidorli to‘purar «Brayton» safiga qo‘shildi. Bunda Angliya klubi Shvesiyaning kamtarin jamoasiga transfer uchun 1 million yevro to‘ladi. Ehtimol, 1 «limon» megaiqtidor uchun «sariq chaqa»dek tuyular, ammo Shvesiya klublari uchun katta summa, ayniqsa, liga autsayderlari uchun.

Aytgancha, Dyokeresh shvesiyalik professional ayol futbolchi Amanda Linden bilan yaqin aloqalarga ega. Amanda ham «Brommapoy-karn»­da o‘ynagan. E’tiborli tomoni, juftlik «Brayton»ga birga ko‘chib o‘tdi. Ya’ni Viktorning mahbubasi «chaykalar» tizimidagi ayollar jamoasi bilan shartnoma tuzdi. Dyokereshning «Brayton»­dagi faoliyatiga kelsak, u asosan U-23 jamoasida o‘ynadi va vaqti-vaqti bilan asosiy tarkibga jalb etildi ko‘pincha kubok bahslarida. Viktor uchun keyinchalik ijara safarlari boshlandi: «Sankt-Pauli», «Suonsi», «Koventri». Biroq skandinaviyalik Angliya va Germaniya­da butunlay yo‘qolib qoldi, go‘yo. Hattoki, quyi divizionlarda ham o‘z vatanidagi kabi ta’sirchan samaradorlik ko‘rsata olmadi. Shunga qaramay, Chempionship ishtirokchisi «Koven­tri» tavakkal ish tutib, Viktor transferini 1,2 million yevroga sotib oldi. Qarangki, ijara muddatida aytarli hech qanday karomat ko‘rsatolmagan shsesiyalik to‘laqonli shartnoma ostiga imzo chekishi bilan Chempionshipdagi eng yaxshi hujumchilardan biriga aylandi, «Koventri»ning qutqaruvchisiga ham. Oddiy aytganda, Angliya futbol piramidasida ikkinchi o‘rinda turuvchi divizionda o‘tgan ikki to‘liq mavsum Viktor uchun shunchaki, qoyilmaqom bo‘ldi: jami 97ta o‘yinda 40ta gol va 17ta assist. Dyokeresh bunday statistikasi bilan Ruben Amorim boshqaruvidagi «Spor-ting» e’tiborini tortdi. Yakunda Lissabon klubi shvesiyalik transferiga 21 million yevro ajratishdan o‘zini tiya olmadi. Darvoqe, Portugaliya grandi o‘z tarixida biror futbolchiga bu qadar ko‘p sarflagan emasdi.

Ha, «Benfika» nishonni juda to‘g‘ri olgan ekan. Zero, Viktor Portugaliyadagi debyut mavsumidayoq xarajatni to‘liq oqladi: barcha musobaqalar hisobidan 33ta o‘yinda maydonga tushib, 30ta gol va 11ta assist rasmiylashtirdi. Shvesiyalik venger hozirda Portugaliya Primerosi to‘purarlar poygasida g‘olib chiqishga da’vogar. Asosiysi, Dyokereshning transfer qiymati qisqa vaqt ichida deyarli 47 million yevro (transfermarkt talqini)ga ko‘tarildi! Ehtimol, Portugaliyadagi 1ta muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng Angliyaga qaytish yoki boshqa top-ligaga yuzlanish hujumchi uchun eng to‘g‘ri qaror hisoblanmas, ammo «Chelsi» qishda uning uchun 75 million yevro (!) taklif etishga ulgurdi. Ammo «Benfika» darhol rad javobi berdi. Chunonchi, Viktor hozir 25 yoshda va hali yanada kuchayish uchun potensiali yetarli. Tushunarliki, u Ang­liya va Portugaliyada katta tajriba orttirdi va o‘ziga ishonchi ham mustahkamlandi. Shunday ekan, Viktorni yozda yoki yana 1 yildan keyin top-liganing qaysidir katta klubi libosida ko‘rishimiz hech gap emas.

Shvesiyalik goleadorda hammasi mujassam: dribling, zarba, bosh bilan o‘ynash. U shuningdek, «ko‘rpani o‘ziga tortmaydi», ya’ni aniq uzatma bilan sherigini hal qiluvchi zarba yo‘liga chiqarishga moyil. Ko‘pchilik shu joyda Aleksandar Isakni eslasa kerak. Xo‘sh, Shvesiya futbolining asosiy hujumchisi kim? Aleksning muvaffaqiyatini tan olish joiz, lekin Dyokeresh serqirraligi bilan mamlakatda bosh hujumchi bo‘lishga munosibroqdek ko‘rinmoqda. Har holda, Viktor oddiy taran hujumchi ham, faqat oldinda turuvchi «simyog‘och» ham emas. U faoliyati davomida hujum qanotlarida ham o‘ynadi. Hatto «10-raqam» rolini sinab ko‘rdi. Shu jihati, ya’ni ko‘pqirrali ekanligi bilan har qanday murabbiy yoki taktik chizmaga mos keladi. To‘g‘ri, Viktorni Zlatan Ibragimovich vorisi sifatida ta’riflash noo‘rin, lekin unda yaqin yillar Shvesiya milliy jamoasining asosiy hujumchisi bo‘lish imkoniyati yetarli.

 A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:22, 16.03.2024. O'qildi: 1215 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик