Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 16.10.2025 19:30
      • Nasaf
      • 3:0
      • Qo‘qon-1912
      • 17.10.2025 17:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Xorazm
      • 17.10.2025 18:30
      • Andijon
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 17.10.2025 19:15
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 18.10.2025 16:30
      • Navbahor
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 18.10.2025 19:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Buxoro
  • La-liga
      • 18.10.2025 00:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Espanyol
      • 18.10.2025 17:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Malyorka
      • 18.10.2025 19:15
      • Barselona
      • -:-
      • Jirona
      • 18.10.2025 21:30
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Betis
      • 19.10.2025 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 18.10.2025 16:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Chelsi
      • 18.10.2025 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nyukasl
      • 18.10.2025 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Lids
      • 18.10.2025 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Bornmut
      • 18.10.2025 19:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Everton
      • 18.10.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 18.10.2025 21:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Arsenal
  • «A» Seriya
      • 18.10.2025 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Sassuolo
      • 18.10.2025 18:00
      • Piza
      • -:-
      • Verona
      • 18.10.2025 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Napoli
      • 18.10.2025 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 25 56
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 25 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

25-тур Nasaf 3-0 Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/25 Mash’al - Xorazm
17/10/25 Andijon - Sho‘rtan
17/10/25 So‘g‘diyona - Surxon
18/10/25 Navbahor - Bunyodkor
18/10/25 Dinamo - Buxoro
19/10/25 Paxtakor - Qizilqum
19/10/25 Neftchi - OKMK

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6583 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2645 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2025

      05:00 "Непобедимый".
      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Дмитрий Гунько.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Крузейро".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Ред Булл Брагантино".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде".
      20:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Крузейро".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Фламенго".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2025

      05:05 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка.
      06:00 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 4 с.
      06:40 Московские экстремальные игры 2025.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Самбо. Кубок мира. Финальный этап в Душанбе, Таджикистан. День 2.
      09:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 1.
      10:55 Академическая гребля. Чемпионат мира в Китае.
      13:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      13:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". Туринг-лайт. Гонка 2.
      14:30 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP Formula 4. Гонка 3.
      15:30 "Команда мечты".
      16:00 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 1.
      16:25 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 2.
      16:50 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка.
      17:45 Д/ф "Роковая партия".
      19:15 "Страна спортивная".
      19:30 "Непобедимый".
      20:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 2.
      21:40 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 7 в Краснодаре, Россия.
      23:40 Д/ф "Светлана Журова. Бег к победе".
      00:20 Самбо. Кубок мира. Финальный этап в Душанбе, Таджикистан. День 2.
      01:25 "Команда мечты".
      01:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". Туринг-лайт. Гонка 2.
      02:55 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP Formula 4. Гонка 3.
      03:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США. Прямая трансляция.
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 1.
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Небесная грация".
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC 70 в Холливуде, США. Луис Паломино против Ховарда Дэвиса.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 "Лица страны". Дарья Шмелёва.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1920 - 1925 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Friday Fights 129" в Бангкоке, Таиланд. Прямая трансляция.
      20:45 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Смешанные единоборства. Ural FC х Ozon в Каспийске, Россия. Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Эволюция спорта".
      04:00 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2025

      06:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      07:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      08:30 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 2. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      09:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      11:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      12:30 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 2. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      13:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      15:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Даунхилл.
      16:00 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 2. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      16:50 LIVE Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 3. Прямая трансляция.
      19:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      19:45 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      20:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Женщины.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Мужчины.
      23:00 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 3.
      00:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      02:00 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 3.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 3.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga-2024: 3-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Hakamlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha, 17 mart kuni O‘zbekiston Superligasi 2024 yilgi mavsumi 3-turi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlangach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 3-tur doirasida o‘tkazilgan 7 o‘yinda jami 9 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi: quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat: «Lokomotiv» – «Paxtakor» uchrashuvi, penalti.

Turning dastlabki bahsi 36-daqiqasida «Lokomotiv»ning 2-raqamli futbolchisi A. Abdurashidov raqib jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgan vaqtida «Paxtakor»ning 22-raqamli a’zosi U. Adhamzoda bilan kontakt sodir bo‘lgan va hujumchi jarima maydonchasi ichida yiqilgan. Bosh hakam Rustam Lutfullin 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan, VAR hakami ham uning qarorini tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyalanayotgan jamoa futbolchisi raqibini chalib yuborgan. Penalti to‘g‘ri qo‘yilgan, hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi.

2-vaziyat: «So‘g‘diyona» – «Olimpik» bahsi, ehtimoliy fol.

Jizzaxdagi bahsning 44-daqiqasida mezbonlar hujumi avvalida ikki jamoa vakillari to‘qnash kelgan va to‘p «So‘g‘diyona» futbolchisining qo‘liga tekkan. Shundan so‘ng, mezbonlar hujumni gol bilan yakunlagan. Dastlab, 2-yordamchi hakam bu vaziyatda o‘yindan tashqari holat qayd etgan, biroq keyinchalik VAR hakamlari ofsayd chizig‘ini chizish orqali gol toza urilganini qayd etishgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Dastlabki vaziyatda «So‘g‘diyona» futbolchisining qo‘li tabiiy holatda. Aksincha, «Olimpik» futbolchisi qoida buzmoqda. Shunday bo‘lsa ham, to‘p mezbonlarda qolgani sababli bosh hakam o‘yinni to‘xtatmagan. Gol urilgan vaziyatda ofsayd yo‘q. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

3-vaziyat: «So‘g‘diyona» – «Olimpik» o‘yini, penalti.

Ushbu uchrashuvning 52-daqiqasida «So‘g‘diyona»ning 22-raqamli futbolchisi «Olimpik» a’zosining oyog‘ini bosib olgan. Shundan so‘ng, bosh hakam Firdavs Norsafarov 11 metrli jarima zarbasi belgilagan. VAR hakamlari ham uning qarorini tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda himoyachi raqibining oyog‘ini oyoq kiyimning tag qismi bilan bosgan va bu penaltiga sabab bo‘lgan. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

4-vaziyat: «So‘g‘diyona» – «Olimpik», bekor qilingan penalti.

Uchrashuvning 84-daqiqasida «Olimpik» futbolchisi raqib jarima maydonchasi chizig‘i ustida raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketib, yiqilgan. Dastlab bosh hakam penalti belgilagan, biroq keyinchalik VAR hakamlari yordami bilan bunga o‘zgartirish kiritilib, fol jarima maydonchasi ichida emas, tashqarisida bo‘lgani qayd etilgan hamda jarima zarbasi belgilangan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Fol jarima maydonchasi tashqarisida sodir etilgan. VAR vaziyatga aralashib to‘g‘ri qilgan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

5-vaziyat: «So‘g‘diyona» – «Olimpik» uchrashuvi, ehtimoliy penalti.

Jizzaxdagi bahsning 90-daqiqasida mezbonlar a’zosi Zoteevning zarbasi jarima maydonchasi ichida «Olimpik» a’zosining qo‘liga tekkan. Bosh hakam uchrashuvni davom ettirishga ruxsat bergan. Biroq keyinchalik e’tirozlarga chek qo‘yish maqsadida VAR monitori yoniga borgan. Takrorlarni ko‘rib chiqqan Norsafarov qarorini o‘zgartirmagan va o‘yin davom ettirilgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Himoyachining qo‘li tanaga yopishib, tabiiy holatda turibdi. Bu vaziyatda bosh hakam o‘yinni davom ettirib, to‘g‘ri qilgan. VAR takrorlarida ham bu qaror to‘g‘riligi o‘z tasdig‘ini topgan. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

6-vaziyat: «Surxon» – «Andijon» bahsi, penalti.

O‘yinning 34-daqiqasida andijonliklar jarima zarbasini ijro etgach, «Surxon»ning 10-raqamli futbolchisi D. Pletnev mehmonlarning 17-raqamli a’zosi F. Sohibjonovni o‘z jarima maydonchasi ichida yiqitgan. Vaziyatni yaqindan kuzatib turgan bosh hakam Asker Najafaliyev darhol 11 metrli nuqtaga ishora qilgan. VAR hakamlari ham penaltini tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Surxon» futbolchisi hujumchiga nisbatan fol ishlatgan, penalti to‘g‘ri belgilangan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

7-vaziyat: «Neftchi» – «Metallurg» uchrashuvi, mezbonlarning goli.

Farg‘onadagi bahsning 89-daqiqasida mezbonlar a’zosi K. Karp raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Futbolchi zarba berayotgan paytda uning 3 ta jamoadoshi o‘yindan tashqari holatda bo‘lgan. Biroq VAR hakamlari takrorlarni ko‘rib chiqqach, golni inobatga olishni tavsiya qilgan. Shundan so‘ng, gol hisoblangan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: O‘zFHM tashabbusi bilan ishga tushirilgan 2 darvoza ortidagi kameralar bu safar ham yana bir bor o‘z foydasini ko‘rsatdi. Darvoza ortidagi kamera tushirgan tasvirda ofsayddagi futbolchilar to‘p va darvozabon yo‘lini to‘smagani aniq ko‘ringan. Gol qoidalarga muvofiq urilgan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

8-vaziyat: «Bunyodkor» – «Navbahor» o‘yini, ehtimoliy penalti.

Uchrashuvning 25-daqiqasida «Navbahor» futbolchilari jarima zarbasini ijro etgach, «Bunyodkor» darvozaboni to‘pni mushti bilan uzoqlashtirgan. Shu jarayonda to‘p «Bunyodkor»ning 11-raqamli a’zosi T. Abduxoliqovning qo‘liga tekkan. Bosh hakam dastlab o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan. So‘ngra, VAR hakamlari bilan qisqa suhbatdan keyin o‘yinni davom ettirish qarorida qolgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda o‘yin davom ettirilishi to‘g‘ri qaror bo‘lgan. To‘p o‘z jamoadoshidan uzatilgan vaziyatda qo‘lga tegsa, penalti belgilanmaydi. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

9-vaziyat: «Bunyodkor» – «Navbahor» uchrashuvi, penalti.

Toshkentdagi bahsning 69-daqiqasida «Navbahor»ning hujumi chog‘ida to‘p mezbonlarning 66-raqamli a’zosi A. To‘lqinbekovning qo‘liga tekkan. Dastlab, bosh hakam o‘yinni davom ettirgan. So‘ngra, VAR hakamlari Olim To‘ychiboyevni monitor yoniga chaqirgach, hakam 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: To‘p himoyachining notabiiy holatdagi qo‘liga tekkan. Bu vaziyatda VAR hakamlari bosh hakamga yordam berib, to‘g‘ri qilgan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

10-vaziyat: OKMK – «Dinamo» bahsi, ehtimoliy penalti.

Olmaliqdagi uchrashuvda yuzaga kelgan ushbu bahsli vaziyat samarqandliklarning hujumi jarayonida yuzaga kelgan. «Dinamo»ning 21-raqamli hujumchisi A. Xolmirzayev raqib jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurash chog‘ida himoyachi va darvozabon bilan to‘qnashib, yiqilgan. Bosh hakam o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan, VAR hakamlari ham uning qarorini qo‘llab-quvvatlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda to‘pga birinchi bo‘lib himoyachi tekkan. Shundan so‘ng, himoyachi va hujumchi o‘rtasida kontakt sodir bo‘lib, «Dinamo» a’zosi yiqilgan. To‘pga birinchi bo‘lib o‘ynagani uchun OKMK a’zosi qoidani buzmaganini qayd etishimiz mumkin. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

11-vaziyat: OKMK – «Dinamo» uchrashuvi, ehtimoliy penalti.

Ushbu bahsda yana bir bor shunga o‘xshash holat qayd etildi. «Dinamo» jamoasining hujumi chog‘ida jamoa vakili X. Halilov raqib jarima maydoni ichida to‘p uchun kurash chog‘ida himoyalanayotgan jamoa vakilidan oyog‘iga yengil zarba qabul qilib olgan. Vaziyatni juda yaqindan kuzatib turgan bosh hakam Ibrohim Ismoilov o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan. VAR hakamlar vaziyatni tekshirib chiqqach, penaltiga asos yo‘qligini qayd etgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to‘p uchun kurash chog‘ida kontakt qayd etgan. Biroq bu penalti belgilash uchun yetarli asos emas. Qolaversa, vaziyatni bosh hakam juda yaqindan kuzatib turgan, u bu holat uchun 11 metrli jarima zarbasi belgilanishi noto‘g‘ri bo‘lishini tushungan. O‘yinni davom ettirish — to‘g‘ri qaror edi. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 10:03, 19.03.2024. O'qildi: 1993 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.