Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 4:0
      • Verona
      • 01.02.2026 16:30
      • Torino
      • 1:0
      • Lechche
      • 01.02.2026 19:00
      • Komo
      • 0:0
      • Atalanta
      • 01.02.2026 22:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Inter
      • 02.02.2026 00:45
      • Parma
      • 1:4
      • Yuventus
      • 03.02.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Roma
  • La-liga
      • 01.02.2026 01:00
      • Elche
      • 1:3
      • Barselona
      • 01.02.2026 18:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Rayo Valyekano
      • 01.02.2026 20:15
      • Betis
      • 2:1
      • Valensiya
      • 01.02.2026 22:30
      • Xetafe
      • 0:0
      • Selta
      • 02.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 03.02.2026 01:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Sevilya
  • APL
      • 01.02.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:1
      • Nyukasl
      • 01.02.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Fulhem
      • 01.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Kristal Pelas
      • 01.02.2026 19:00
      • Aston Villa
      • 0:1
      • Brentford
      • 01.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • 2:2
      • Manchester Siti
      • 03.02.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Byornli
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 01.02.2026 13:00
      • Yaponiya
      • 2:1
      • O‘zbekiston
      • 01.02.2026 13:00
      • Tojikiston
      • 0:1
      • Avstraliya
      • 01.02.2026 17:00
      • Eron
      • 5:2
      • Afg‘oniston
      • 01.02.2026 17:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 6:1
      • Malayziya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Sevilya 21 24
15 Xetafe 22 23
16 Valensiya 22 23
17 Rayo Valyekano 22 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tyerri Anri: “Men uchun g‘alaba qozonishning aniq formulasi yo‘q...”

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘z avlodining eng buyuk futbolchilaridan biri sanalgan Tyerri Anri har doim katta ishtiyoq, sarguzashtlarga boy va g‘alabaga chanqoqlik bilan o‘ynagan.

Afsonaviy hujumchi endi Parij-2024 Olimpiadasida Fransiya terma jamoasini boshqaradi va FIFA rasmiy saytiga o‘zining maqsadi, bosim hamda futbol falsafasi haqida gapirib berdi.

- Parij-2024 Olimpiadasiga 4 oydan kamroq vaqt qolganini hisobga olsak, mamlakatda bosim kuchayib borayotganini his qilyapsizmi?

- To‘g‘risi, ishtiyoq juda katta. Bosimga kelsak, ha, Fransiyaning so‘nggi yillarda qilgan ishlari tufayli bor. Shunday ekan, siz futbolka kiygan paytdan boshlab bosim mavjud. Siz o‘z mamlakatingiz sharafini munosib himoya qilishga mas’ulsiz. Hozirgi vaziyatni tushunish uchun vaqt kerak edi. Jahon chempionatiga chiqqanimizdan xursand bo‘lganimiz 1978 yil, finalda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lganimizdan hafsalamiz pir bo‘lgan 2022 yil ortda qoldi. Demak, biz uzoq yo‘lni bosib o‘tdik va endi g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak.

- Bir necha hafta oldin «Parij-2024»da maqsadingiz oltin medal ekanligini aytdingiz...

- Ha to‘g‘ri, lekin bu g‘alaba qozonamiz degani emas. Siz tasavvur qilgan narsangiz va oxir-oqibat nima qilishingiz o‘rtasida katta bir yo‘l bor. Ana shu yo‘lingizni to‘sib qo‘yadigan jamoalar borligini bilib olasiz, bu esa sizga kerakli joyga borishingizga to‘sqinlik qilishi mumkin. Lekin menimcha, bir nuqtada nimanidir tasavvur qilishingiz kerak. Agar yo‘q bo‘lsa, nimaga erishmoqchisiz? Qayerga bormoqchisiz? Va o‘yinchilaringiz qanday fikrda bo‘lishini xohlaysiz? Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida terma jamoamiz ishtirok etadi. Bu yaxshi. Xo‘sh, keyinchi? Siz g‘alaba qozonmoqchimisiz? Bunga umid qilaman, lekin kafolat yo‘q. «Oltin» yutishimiz haqidagi tasavvurim ba’zilarni bezovta qilishi mumkin, ammo bu takabburlik yoki ortiqcha ishonch emas. Biz faqat bir nuqtada g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. Bu toqqa chiqqandan ke­yin cho‘qqiga intilishdek gap. Biroq, bunga erishish uchun ba’zi qadamlarni qo‘yish kerak bo‘ladi, albatta. Buni bos­qichma-bosqich bajarishingiz, nafas rostlashingiz, tanangizni moslashtirishingiz va hokazo. Axir toqqa faqat birinchi balandlikka yetish uchungina chiqmaysiz-ku!

- 1998 yilda erishgan muvaffaqiyatlaringizni hamma biladi. 26 yildan keyin Fransiyadagi yana bir yirik turnirda terma jamoani boshqarib borishingiz qanday hissiyot bermoqda?

- Mening avlodim ham Olimpiya o‘yinlarida o‘ynash imkoniyatiga ega edi. Ammo saralashdan o‘ta olmagandik, chunki Italiya jamoasida ham ajoyib o‘yinchilar avlodi bor edi. Va bu menga armon bo‘lib qoldi. To‘g‘ri, shundan keyin ajoyib onlarni boshdan kechirdim, lekin bu har doim men bilan qoldi. Bir kun kelib o‘z maydonida ajoyib chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lgan jamoa boshqaruvida bo‘lishimni bilmagandim. Olimpiya o‘yinlari hayotimda boshdan kechira olmagan kam sonli voqealardan biridir. 26 yildan so‘ng shunday vaziyatga tushganimdan aqldan ozayotgandekman.

- Uyda o‘ynash sizga ustunlik beradi deb o‘ylaysizmi?

- So‘nggi paytlarda men barcha mumkin bo‘lgan ssenariylarni ko‘rdim. Olimpiada futboliga nazar tashlasangiz, o‘z uyida «oltin» yutgan jamoalar ko‘p emas. Agar oxirgi Afrika Kubogini olsangiz, ha, xuddi Qatar oxirgi Osiyo Kubogida bo‘lgani kabi, Kot-d`Ivuar o‘z maydonida chempion bo‘ldi. Vaholanki, o‘z uyimizdagi Yevro-2016ni yutqazdik, lekin JCH-1998, Yevro-1984da g‘olib ham chiqqanmiz. Braziliya nemislarning 2006 yildagi kabi 2014 yilgi mundialni boy berganini ko‘rdik. Xo‘sh, bu yordam beradimi? Ha, yordam beradi, yolg‘on gapirmaylik. Esimda, 1998 yilda aeroportda xavotirli tartibsizlik bo‘lgan va bu mutlaqo normal holat edi. Albatta, bu yordam beradi, lekin his-tuyg‘ular haddan ortiq bo‘lsa, u ham to‘sqinlik qilishi mumkin. Ba’zida jamoa muvaffaqiyatga shunchalik intiladiki, birdaniga ularga qarshi ishlay boshlaydi. Shuning uchun biz buni ham nazorat qilishimiz kerak.

- Fransiyadan tashqari, Parijda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa jamoa ham bormi?

- Har doim kutilmagan hodisalar bo‘ladi, lekin men ilk navbatda Janubiy Amerika tomonlarni e’tirof etgan bo‘lardim. Barchamiz ularni ta’qib qilmoqdamiz. Ularning so‘nggi unvonlariga qarang - ular ancha oldinda. Qolgan raqiblarga kelsak, ularni qanday qilib to‘xtatishimiz mumkinligini ozmi-ko‘pmi bilamiz.

- Mavzuni o‘zgartiramiz, JCH-2026 finali Nyu-York shahrida o‘tkazilishi e’lon qilindi. Bu shahardagi faoliyatingiz haqida qanday xotiralaringiz bor?

- Bu haqiqatdan ham ajo­yib davr edi. Ko‘pgina o‘yinchilardan farqli o‘laroq, men deyarli har doim 1994, 1995, 1996 yillarda ta’tilga aynan Nyu-Yorkka borardim. Hozirgi futbolchilar asosan Los-Anjeles yoki Mayamiga borishadi, lekin mening tanlovim har doim Nyu-York bo‘lgan. Shunchaki bu shaharga oshufta bo‘lganman. Albatta, «Red Bullz» safida o‘ynash va Manxettendagi Soxoda yashash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bolaligimdanoq faoliyatimni MLSda tugashimni bilardim. Nyu-York haqida soatlab gaplashishim mumkin. U yerda yashash, futbol o‘ynash va liga, klub rifojiga ozgina hissa qo‘shish imkoniga ega bo‘lganimdan juda mamnunman.

- Va nihoyat, o‘zingizni murabbiy sifatida qanday tavsiflagan bo‘lardingiz? Tyerri Anrining o‘yin uslubi qanday?

- To‘pga egalik qilish, hujumkor futbol o‘ynash va pressingni saqlab qolish uchun harakat qilishdir. Albatta, bunday holatda, orqa chiziqda juda katta bo‘sh hudud bo‘ladi, shuning uchun o‘yinni yaxshi boshqarishingiz kerak, ayniqsa to‘pni yo‘qotganingizda. Shubhasiz, zamonaviy futbolda to‘pga egalik qilishni yo‘qotib qo‘ysangiz, tezda jazolanishingiz mumkin. Men uchun g‘alaba qozonishning aniq formulasi yo‘q va siz egalik qilishda ustunlik qilmasdan turnirda g‘alaba qozonishingiz mumkin. Menga jamoalarim hujumkor o‘ynashi va to‘pni egallashga harakat qilishini yaxshi ko‘raman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:42, 22.04.2024. O'qildi: 749 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.