Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Atletik Bilbao - Valensiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Sankt-Pauli” qaytmoqda!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Hozirgi vaziyatdan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, «Sankt-Pauli» klubi Bundesliga yo‘llanmasiga tobora yaqinlashmoqda.

Ikkinchi Bundesliga turnir jadvalining 2-pog‘onasidagi jamoa elitaga yo‘l bermaydigan 4-o‘rindagi «Gamburg»dan 8 ochkoga uzoqlashib olgan. Eslatib o‘tamiz, mavsumni dastlabki ikki o‘rinda yakunlagan sovrindorlar juftligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri elita jamoalari safidan joy oladi. 3-o‘rin bilan kifoyalangan jamoa esa o‘tish to‘qnashuvida Bundesliganing 16-jamoasi bilan kuch sinashadi. Xolisona baho beradigan bo‘lsak, yakuniy 5ta tur bellashuvlarida «Sankt-Pauli» shunchalik yirik ustunlikni boy berib qo‘ymaydi.

Mazkur o‘ziga xos jamoa avvalo o‘zining ashaddiy muxlislari bilan dong taratgan. 1980 yilda Gamburg shahri rahbarlari talaba yoshlarni Sankt-Pauli tumaniga joylashtirishga qaror qilgandi. Shundan keyin stadion tribunalari shunchaki, fidoyi muxlislar emas, balki dono falsafa asosida qo‘llab-quvvatlaydigan fanatlar bilan to‘la boshladi. Tuman ummon sohilidagi doklar yonida joylashgani sababli, u yerdagi muhit ham tamoman o‘zgacha edi. Qolaversa, tungi hayot qaynaydigan mahalliy qizil fonuslar ko‘chasi ham arenaning qo‘shnisi edi. Dunyoga mashhur bo‘lgan «Bitlz» guruhining afsonaviy sozandalari Liverpuldan ke­yin aynan shu yerda istiqomat qilishgan.

Pol Makkartnining e’tirofiga ko‘ra, kechqurun mahalliy klublarda faqat striptizchi raqqosalar va fohishalar qolishardi. Musiqachilar o‘zlari uchun stimulyatorlarni aynan Sankt-Paulida topishganini tan olgandi. Hozir Gamburgda bu guruhni striptiz-bar yonida joylashgan «Bitlz maydoni»dagi yodgorlik eslatib turadi. «Sankt-Pauli» muxlislari o‘rtasida esa, o‘sha 1980-yillardan boshlab tarqalgan so‘l va antifashist kayfiyatidagi fanatlar ham yo‘q emas.

Klubning o‘zi rasizm, seksizim va boshqa illatlarga qarshi kurashadi. «Ultra» kayfiyatidagi muxlislarga stadionga kirish taqiqlangan. Aslini olganda, klubni fanatlar boshqaradilar. Ular klubning reaksion unsurlarga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlagan holda, marketing siyosatidagi illatlarni yo‘qotishga urinadilar. Boz ustiga, bu harakatlar allaqachon bitta futbol klubi doirasidan chiqishga ulgurgan. «Sankt-Pauli» - o‘z tarkibiga ko‘plab boshqa sport turlarini, nafaqat boks, regbi yoki shaxmat kabi ommaviy, balki kiker, kibersport va golbol kabi zamonaviy o‘yinlarni ham birlashtirgan uyushma. Shuningdek, uyushma ijtimoiy xayriya tadbirlarida ham faol ishtirok etmoqda. Misol uchun, bundan 10 yil muqaddam ish boshlagan «Sankt Depri» jamg‘armasi depressiyadan jabr ko‘rayotgan kishilarga moddiy yordam ko‘rsatmoqda. Germaniya sog‘­likni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, aholining 20 foizi shu xastalikdan azob chekmoqda. Yaqinda «Sankt-Pauli» onkologiya markazi uchun mablag‘ jamg‘ardi.

1990-yillarda rossiyalik futbolchilar - Yuriy Savichev va Nikolay Pisarevlar to‘p surishgandi. Nikolayning aytishicha, klub ofisi shaharning barlar va ishratxonalar bilan to‘lib toshgan ko‘chasida joylashgan, uning qo‘shnisi - bordel. Uchrashuvlar arafasida jamoa stadionga bar orqali o‘tadi. U yerda charm kurtka kiyib olgan 500 nafar sarmast nemislar futbolchilarni o‘yinga tayyorlashadi. Stadiondan qaytishda ham shu yo‘l orqali o‘tiladi. Omadsiz uchrashuvlardan keyin o‘yinchilar tepki bilan «siylanishlari» hech gapmas. Pisarevning aytishicha, uni hech kim tepgan emas, lekin bir marta sarmast ayol yo‘lini to‘sib, bo‘sa olgan ekan.

2003 yilda muxlislar 1,95 mln. yevro pul jamg‘arib, «Sankt-Pauli»ni bankrot bo‘lishdan saqlab qolishgan. Mablag‘ni ular turli usullar bilan - xayriya konsertlaridan, «Xaloskor» yozuvi tushirilgan futbolkalar savdosidan va barlarda sotilgan pivodan tushgan pullar evaziga to‘plagandilar. O‘shanda «Sankt-Pauli»ni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan pivoning bir krujkasi 50 yevrosentdan sotilgandi.

«Sankt-Pauli» muxlislari Germaniyada o‘ta ashaddiy fanatlar maqomida shuhrat qozonishgan. Loaqal birorta uchrashuv stadion tribunalari va uning atrofidagi tartibsizliklarsiz o‘tmagan bo‘lsada, hech kim u yerga borishdan voz kechmaydi. Arenaning doimo 100 foiz muxlislar bilan to‘lishining o‘zi ham kamyob hodisa. Har qaysi uy uchrashuvi 29000dan ko‘proq ishqibozlar guvohligida o‘tadi. Qarama-qarshi to‘qnashuvlar joriy mavsumda ham bo‘lib o‘tdi - «Gamburg»ga qarshi derbi bellashuvida. Unda 32 kishi jarohat oldi. Kamyob proporsiya: 15 nafar muxlis va 17 nafar polisiya xizmatchisi.

Lekin bir polisiyachini «Sankt-Pauli» fanatlar juda hurmat qilishadi, hatto sevishadi. Gap Fabian Boll haqida bormoqda. U o‘zining professional futboldagi faoliyatini aynan shu jamoada o‘tkazgan va sardor maqomida to‘p surgan. Unga bo‘lgan hurmat yuzasidan fanatlar o‘zlarning sevimli abbreviaturalari - «ASAV» («Barcha mentlar - pastkashlar»)ni «ASAVAV» («Barcha mentlar - pastkashlar, Boll­dan tash­qari»)ga o‘zgartirdilar.

1982 yilda «Sankt-Pauli» tribunalarida qaroqchilar bayrog‘i paydo bo‘lgandi. hozir quvnoq Rojer jamoa ramziga aylangan. U muntazam ravishda tribunalar va tabloda ko‘rinish beradi, sardorlik bog‘ichi va yoga mashqlari uchun ajratilgan gilamchadan ham joy olgan. Maydonga olib chiqadigan tonnelda ham qaroqchilar bayrog‘i bor. Devorda esa «Jahannamga xush kelibsiz!» yozuvi bitilgan. Jamoalar esa maydonga «Jahannam qo‘ng‘iroqlari» ohangi jo‘rligida chiqadilar. «Sankt-Pauli»ning har bir golidan keyin maxsus qo‘shiq yangraydi. Uchrashuv tugagach, muxlislar uni qo‘shni barda jonli ijroda eshitishlari mumkin. Mana shu g‘aroyib muhit tez orada elitaga qaytadi. Bundan avval «Sankt-Pauli» 2010 yilda Bundesligaga yo‘l olgandi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 23.04.2024. O'qildi: 1102 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик