Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 13.10.2026 00:00
      • Koventri Siti
      • 4:1
      • Nyukasl
  • La-liga
      • 13.10.2026 00:00
      • Levante
      • 3:3
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 13.10.2026 12:45
      • Nyukasl Jets
      • 1:3
      • Gamba Osaka
      • 13.10.2026 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:1
      • Tejon Hana Citizen
      • 13.10.2026 15:00
      • Poxang Stilers
      • 0:2
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 13.10.2026 15:00
      • Kyoto Sanga
      • 1:0
      • Ratchaburi
      • 13.10.2026 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 0:1
      • Kashima Antlers
      • 13.10.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 0:1
      • Beyjing Guoan
      • 13.10.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 0:2
      • Al-Hilol
      • 13.10.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • 1:2
      • Shabab al-Ahli
      • 14.10.2026 15:00
      • Kashiva Reysol
      • -:-
      • Port
      • 14.10.2026 15:00
      • Vissel Kobe
      • -:-
      • Chonbuk Motors
  • OChL-2
      • 13.10.2026 18:45
      • As-Siyb
      • 0:3
      • Al-Hussayn
      • 13.10.2026 21:00
      • Ist Bengal
      • 2:3
      • Ash-Shorta
      • 14.10.2026 12:45
      • Melburn Viktori
      • -:-
      • Seul
      • 14.10.2026 17:15
      • Persib
      • -:-
      • Kong-Vittel
      • 14.10.2026 18:45
      • Nasaf
      • -:-
      • Al-Vahda
      • 14.10.2026 21:00
      • Al-Jaziyra
      • -:-
      • Arkadag'
      • 14.10.2026 21:00
      • Kuvayt SK
      • -:-
      • Xolidiya
      • 14.10.2026 21:00
      • Al-Muharraq
      • -:-
      • Gol Gohar
      • 14.10.2026 21:00
      • At-Ta'vun
      • -:-
      • Ar-Rayyan
      • 14.10.2026 21:00
      • Al-Faysaliy
      • -:-
      • An-Nahda
  • ECHL
      • 13.10.2026 21:45
      • Sabah
      • 2:0
      • Slaviya
      • 13.10.2026 21:45
      • Lans
      • 0:2
      • Sporting
      • 13.10.2026 23:59
      • Galatasaroy
      • 1:4
      • Barselona
      • 13.10.2026 23:59
      • Atletiko
      • 2:0
      • Man. Yunayted
      • 13.10.2026 23:59
      • Arsenal
      • 3:0
      • Lill
      • 13.10.2026 23:59
      • Vilyarreal
      • 3:1
      • Napoli
      • 13.10.2026 23:59
      • Inter
      • 3:4
      • Bryugge
      • 13.10.2026 23:59
      • RB Leypsig
      • 1:0
      • PSV
      • 13.10.2026 23:59
      • Viking
      • 3:3
      • Bavariya
«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Ayn 2 6
2 Istiqlol 2 6
3 Al-Hilol 2 6
4 Shabab al-Ahli 2 6
5 Al-Ahli (SA) 2 4
6 Al-Qodisiya 2 4
7 Neftchi 2 3
8 An-Nasr (SA) 2 3
9 Paxtakor 2 2
10 Ash-Shamol 2 2
11 Al-Ittihod 2 1
12 Traktor 2 1
13 Al-G‘arafa 2 0
14 Al-Vasl 2 0
15 Al-Quva al-Javiya 2 0
16 As-Sadd 2 0

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Kashima Antlers 2 6
2 Gamba Osaka 2 6
3 Beyjing Guoan 2 6
4 Shangxay Port 2 4
5 Johor Dorul Ta'zim 2 4
6 Tejon Hana Citizen 2 4
7 Chonbuk Motors 1 3
8 Vissel Kobe 1 3
9 Kyoto Sanga 2 3
10 Buriram Yunayted 2 1
11 Kashiva Reysol 1 0
12 Port 1 0
13 Ratchaburi 2 0
14 Kongan Hanoi 2 0
15 Poxang Stilers 2 0
16 Nyukasl Jets 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
2-тур Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
2-тур Traktor 0-0 Ash-Shamol
2-тур An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
2-тур Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
2-тур Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
2-тур Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
2-тур Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
2-тур Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
2-тур Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
2-тур Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
2-тур Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
2-тур As-Sadd 0-2 Al-Hilol
2-тур Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli

Navbatdagi o'yinlar.

14/10/26 Kashiva Reysol - Port
14/10/26 Vissel Kobe - Chonbuk Motors

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2433 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2704 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      08:00 Велоспорт. Пролог. Мужчины и женщины.
      10:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      13:35 LIVE Велоспорт. Первый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины.
      17:20 LIVE Велоспорт. Первый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Джиро дель Венето. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:45 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Первый этап. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира. Финал.
      00:30 Яхтинг. Дух парусного спорта.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 24 часа Ле-Мана. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sofyan Rahimiy: «Sir – butun jamoa yaxlitligi va birdamligi»

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular
A A A

«Al-Ayn» OCHL-2023/2024da misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishdi: BAA klubi yakuniy g‘alaba yo‘lida har bir o‘yinda qattiq kurashdi, borini berdi.

OCHL kubogi esa jamoaga kelasi yili AQSHda tashkillashtiriladigan Mundial de Clubes FIFA 25 (Klublar o‘rtasidagi JCH-2025)da OFK nomidan to‘rtinchi ishtirokchi sifatida qatnashish huquqini berdi. 11 may kuni finalning birinchi seriyasida Yaponiyaning «Yokogama-F. Marinos» klubiga 1:2 hisobida yutqazgan «Al-Ayn» javob o‘yinida xuddi oldingi raundlardagidek maydonda shunchaki, «yondi». Hisob ham shunga yarasha - 5:1! BAA klubi vingeri Sofiyan Rahimiy esa 13ta gol bilan OCHLning bosh to‘purari va turnirning eng yaxshi futbolchisiga atalgan mukofotlarni qabul qilib oldi. Marokashlik yigit o‘z gollaridan naq 6tasini ikki gigant - «Al-Hilol» va «Al-Nasr» darvozalariga urganiga e’tibor qaratsak, uning saviyasi ancha baland ekanligi shundoq oydinlashadi. E’tiborli nuqta: 27 yoshli hujumkor futbolchi yakuniy final o‘yinidan oldin FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida ham katta ishonch bilan gapirgan edi. Garchi kechroq bo‘lsa-da, OCHL-2023/2024 bosh qahramonining fikr-mulohazalarini havola etishni lozim topdik.

- Mana, «Al-Ayn»ni Klublar o‘rtasidagi JCH-2025dan atigi 1ta o‘yin ajratib turibdi. Shunday istiqbol ham sizlarga qo‘shimcha motivasiya berayotgandir...

- Albatta, axir hozir chempionlik rutbasidan bir qadam narida turibmiz. Klublar mundiali yo‘llanmasi esa, chindan ham, katta rag‘bat hisoblanadi. OCHLdagi yakuniy g‘alaba jamoamizga kelasi yil jahon arenasiga chiqish imkonini berar ekan, ikki hissa ishtiyoq bilan o‘ynashimiz tayin. Har holda, Klublar o‘rtasidagi jahon chempio­nati - katta doira! Har bir jamoa bunday yirik forum sarguzashtini boshdan kechirishni xohlaydi. Umidimiz faqat Allohdan: O‘zi bizga madad beradi va yakunda katta turnirga borish huquqini qo‘lga kiritamiz.

- Klublar o‘rtasidagi mundialning yangilangan formati haqida qanday fikr­dasiz? Uning muvaffaqiyatli chiqishiga ishonsak bo‘ladimi?

- Ha, har holda, avvalgisidan butkul farqlanadigan format qabul qilindi. Bunga qadar turnirda atigi 7ta klub ishtirok etgan bo‘lsa, endi jahonning 32ta jamoasi bir joyga to‘planadi. Ha, endi finalga chiqish juda qiyin bo‘ladi, lekin oxir-oqibat, futbol mohiyatan mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Qolaversa, muxlislar ham turli o‘zgarishlarni yoqtirishadi.

- «Al-Ayn» bundan 21 yil oldin OCHL g‘olibiga aylangan edi. Hozir esa qit’a klub futbolidagi eng katta mukofotni yana bir marta qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Bu masalada qandaydir bosim yo‘qmi?

- Menimcha, qayta g‘alaba ku­yini chalish istagi qo‘shimcha bosim hisoblanmaydi. Binobarin, bu safar turnir finaligacha bosib o‘tgan yo‘limizning o‘zi klub tarixiga zarhal harflar bilan bitilishi tayin. Chunonchi, hal qiluvchi o‘yinga qadar bir qator favoritlarni chetga surib yubordik. Hozir barcha klubdoshlarimdan minnatdorman, chunki birdamlikni ushlagan holda, katta jamoalar bilan chinakamiga jang qildik va oddiy ifoda etganda, ularni shunchaki, nokautga uchratdik. Umuman, «Al-Ayn» finalda o‘ynashga loyiq edi. Umid qilamanki, kubokni boshimiz uzra baland ko‘tarishga ham munosibmiz.

- «Yokogama»ga qarshi birinchi o‘yinni qanday baholaysiz va javob bahsida  nimalarnidir o‘zgartirishni rejalashtiryapsizlarmi?

- Ikki seriyali finalning o‘ziga xos nyuanslari bo‘ladi. Yaponiyadagi birinchi uchrashuvda «Yokogama» juda katta kuch sarfladi, xususan, doimiy pressing raqibdan katta energiya talab qildi. Chunki yaponlar o‘z maydonlarida ijobiy natijaga muhtoj edilar. Biz ham ilk to‘qnashuv tahlilida ijobiy va salbiy tomonlarini ajratib oldik. Menimcha, «Hazza bin Zayd» stadionida bo‘ladigan javob o‘yini mutlaqo boshqacha kechadi. Ya’ni «Al-Ayn» o‘z muxlislari qarshisida butunlay boshqa jamoaga aylanadi. Zero, bizga nafaqat BAA va Marokash, balki boshqa arab mamlakatlarida millionlab muxlislar qo‘shimcha kuch bag‘ishlashadi.

- «Al-Ayn» final yo‘lida chindan ham, bir nechta haqiqiy og‘ir vazn toifasiga mansub klublar to‘sig‘idan o‘tdi. Jumladan, oldingi raundda Krishtianu Ronaldusi bor «Al-Nasr» mag‘lub etildi. Bunday muvaffaqiyat siri nima?

- Sir - butun jamoaning yaxlitligi va birdamligi. Agar o‘yinda ijobiy natijani ko‘zlasangiz, raqib qanday jamoa ekanligidan qat’iy nazar, unga kuchli ruhiyat, qat’iyat va shijoat bilan qarashingiz kerak. Turnirning ortda qolgan setkasiga qarasak, darhaqiqat, ehtimol, ko‘pchilik ba’zi bosqichlarda «Al-Ayn»ning kurashdan chiqib ketishini kutgandir. Muhimi, biz qat’iyat va iroda tufayli ko‘pchilik imkonsiz hisoblagan natijaga erishdik. Qaytaraman, OCHLning ushbu kampaniyasi «Al-Ayn» uchun tarixiy bo‘ldi. Shaxsiy fikrimcha, biz yakuniy g‘alabaga ko‘proq munosibmiz. Mana, finalgacha bosib o‘tgan yo‘limizga nazar tashlang, muvaffaqiyatimiz tasodif yoki omad emas, balki mashaqqatli mehnat natijasi ekanligini ko‘rasiz. Krishtianu Ronaldu kabi katta shaxs bilan uchrashish va g‘alaba qozonish - qo‘shimcha rag‘bat! Axir gap dunyo futbolidagi eng buyuk ijrochilardan biri haqida ketmoqda. Lekin haqiqat shuki, o‘yin boshlangan pallada har ikki jamoa 11 nafardan futbolchiga tayanadi. Takrorlayman, maydonda Ronaldu bilan duch kelish va uning jamoasini yengish istagi har qanday futbolchiga kuchli turtki beradi. Umuman, muvaffaqiyatimizning asosiy omili - bu yagona guruh sifatida birlashganimiz, baribir.

- Argentinalik murabbiy Ernan Krespo ishini qanday baholaysiz?

- Bilamizki, u vaqtida dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida gavdalangan. Murabbiy - Krespo ishida ham hujumkorlikka moyillikni payqash qiyin emas. U kiyinish xonasida ham, maydonda ham doimo hujumchilarga alohida tavsiyalar beradi. Bu esa bizning yaqqol ajralib turishimizga qo‘shimcha motivasiyadir. Albatta, Ernandan juda ko‘p narsalarni o‘rgandik. Murabbiyimiz ayniqsa, kiyinish xonasida yigitlarga jangovar ruh bag‘ishlashga usta. Ha, u odatda maydon chetida juda xotirjam ko‘rinadi, lekin mashg‘ulotlar jarayoni va kiyinish xonasida katta ishtiyoq va qat’iyatini namoyish etadi.

- Bunga qadar «Raja Kasablanka» bilan qit’a turnirlarida qatnashgansiz. Aytingchi, o‘sha tajriba bugun «Al-Ayn»da nechog‘li qo‘l kelmoqda?

- Ha, «Raja» safida Afrika miqyosidagi 5ta finalda qatnashdim va shukrki, barchasida g‘alaba qozonganman. Tabiiyki, «Al-Ayn» safiga qo‘shilgach, Afrika turnirlarida orttirilgan tajriba o‘z so‘zini ayta boshladi. Deylik, yangi muhitga moslashishda uncha qiynalmadim. O‘zi «Al-Ayn»ga kelganimdayoq OCHLda o‘ynashga umid bog‘lagandim, chunki Osiyo musobaqalari Afrikanikidan farqlanadi, baribir.

- Marokash termasida ham, «Al-Ayn»da ham kelajak uchun ambisiyalaringiz kattaligi tayin. Hoynaxoh, JCH-2026da ishtirok etish eng asosiy orzularingizdan biri bo‘lsa kerak...

- Har qanday futbolchi kabi mahoratimni oshirish va eng nufuzli turnirlarda qatnashishga intilaman. Umid qilamanki, menga Afrika Millatlari kubogi va JCHda ishtirok etish baxti nasib etadi. Shuningdek, «Al-Ayn» bilan bo‘lajak yirik turnirlarda o‘z so‘zimni baralla aytishdan umidvorman.

OCHLning barcha g‘oliblari

2003 - «Al-Ayn» (BAA)
2004 - «Al-Ittihod» (S.Arabistoni)
2005 - «Al-Ittihod» (S.Arabistoni)
2006 - «Chonbuk Motors» (J.Koreya)
2007 - «Urava Reds Daymonds» (Yaponiya)
2008 - «Gamba Osaka» (Yaponiya)
2009 - «Poxang Stilers» (J.Koreya)
2010 - «Seongnam Ilva Chunma» (J.Koreya)
2011 - «As-Sadd» (Qatar)
2012 - «Ulsan Xyunday» (J.Koreya)
2013 - «Guanjou Evergrand» (Xitoy)
2014 - «Vestern Sidney U.» (Avstraliya)
2015 - «Guanjou Evergrand» (Xitoy)
2016 - «Chonbuk Motors» (J.Koreya)
2017 - «Urava Reds Daymonds» (Yaponiya)
2018 - «Kashima Antlers» (Yaponiya)
2019 - «Al-Hilol» (S.Arabistoni)
2020 - «Ulsan Xyunday» (J.Koreya)
2021 - «Al-Hilol» (S.Arabistoni)
2022 - «Urava Reds Daymonds» (Yaponiya)
2023 - «Al-Ayn» (BAA)

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 08.06.2024. O'qildi: 949 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик