Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevro-2024. Turnirning eng boy yulduzlari kimlar? (Top-5)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevro-2024da dunyoning eng zo‘r atletlari maydonda o‘zini ko‘rsatishadi. Ular ichida esa mashhur nomlar va shunga yarasha boy talantlar mavjud. Masalan, Krishtianu Ronaldu va Kilian Mbappelar hoziroq futbolni yig‘ishtirib, qolgan umrini hech qayerda ishlamay o‘tkazsa ham bo‘laveradi. Negaki, ular hozirga qadar katta boylik jamg‘arishdi. Hattoki, endigina 20 yosh bo‘lishiga qaramay, Jud Bellingem ham yiliga katta daromad ko‘rmoqda.
Quyida Yevropa chempionatining eng boy yulduzlarini bilib olasiz.

Krishtianu Ronaldu – 471 milllion funt

Portugaliya terma jamoasi sardori seshanba kuni Chexiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu chempionat Ronaldu faoliyatidagi oltinchi Yevroga aylanmoqda va ko‘p ehtimol, shunisi so‘nggisi bo‘ladi. 2020 yilda Ronaldu yer sayyorasida ilk bor 1 milliard dollar maosh olgan aktiv sportchiga aylangandi. Oradan ikki yil o‘tib, u "An-Nasr" bilan ikki yarim yillik shartnoma tuzdi. Forbes jurnaliga ko‘ra, Ronalduga bu davr mobaynida 164 million funt, aynan arab klubi tomonidan to‘lab berilgan. Shuningdek, 39 yoshli hujumchi har yili Nike, Unilever va Herbalife kompaniyalari bilan tijoriy hamkorlikdan 47 million funt foyda ko‘radi.

Kilian Mbappe – 141 million funt

2017 yildan beri Mbappe dunyo taniydigan sportchiga aylandi. 141 million funt bilan u Yevro-2024dagi ikkinchi eng boy futbolchidir. Endigina 25 yosh bo‘lishiga qaramay, Mbappe allaqachon jahon chempioniga aylangan. Uning hozirgi maoshi haftasiga 404 ming funtni tashkil etadi. Bu esa yiliga 21 million funt deganidir. "PSJ" o‘tgan mavsumda Mbappe uchun haftasiga 5.1 million funt maosh to‘ladi. Shunday bo‘lsada, bu miqdor Ronaldu oladigan pulning sakkizdan bir qismini tashkil etadi xolos. Mbappe Hublot, Louis Vuitton, Oakley, Hennessey kabi dunyo brendlari bilan tijoriy hamkorlikdan yiliga 15.7 million funt ishlab topadi. Hujumchi "Real"ga ko‘chib o‘tgach, Madrid shahridan 15 million funtlik koshona xarid qilgan. Nima ham derdik, boyga yarashaveradi!

Xarri Keyn – 72 million funt

Keyn bir yil ichida o‘z boyligini bir yil ichida 24 million funtdan 72 million funtga ko‘tarib oldi. Bu raqamlar o‘sishda davom etmoqda. 2023 yilda ingliz hujumchisi "Bavariya" bilan yillik 21.5 million funtga teng bitim tuzgandi. Myunxenliklar safiga o‘tish, 30 yoshli futbolchiga 30 million funt bonus ham olib kelgan. Keyn Amazon va Sketchers bilan tijoriy hamkorlikdan har yili 2 million funt ishlab topadi. Hozirda Keyn o‘z oilasi bilan Myunxenda, yiliga 1 million funt to‘lab, ijarada yashamoqda.

Antuan Grizmann – 71 million funt

Grizmann 33 yoshda. Uning boyligi esa 71 million funtga teng. Yiliga 21 million maosh oladigan qahramonimiz, bu borada dunyoning top-10 futbolchilar ro‘yxatiga kiradi. Futboldan tashqari, fransuz yulduzi Puma, Gilette va Head and Shoulders bilan tijoriy hamkorligidan yiliga 4.7 million funt foyda oladi. "Atletiko" futbolchisi Madrid shahrida 5 million funtlik uyda istiqomat qiladi.

Robert Levandovski – 67 million funt

Polsha terma jamoasi hujumchisi 2020 yilda FIFA va UYEFA tomonidan beriladigan yilning eng yaxshi o‘yinchisi maqomiga ega bo‘lgandi. O‘sha yili Levandovskining yillik moashi 23.5 million funtga teng bo‘lgan. Hozir u "Barselona" vakili. 2016 yilda Robert o‘z vatani bo‘lmish Polshaning Varshava shahridan 7 million funtlik koshona xarid qilgandi. Ayni damda uning boyligi 67 million funtga teng.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:11, 15.06.2024. O'qildi: 9928 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик