Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ishsiz iqtidor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi yillarda «Arsenal» transfer bozorida avvalgidan yaxshiroq ishlamoqda.

Ba’zan «to‘pchilar»ga oid bir qator savollar tug‘iladi. Lekin ular har doim, masalan, 80 mln. yevroga tushgan Nikolya Pepening xaridi kabi ahamiyatli bo‘lavermaydi. «To‘pchilar»ning oxirgi bir necha transfer darchalaridagi kelishuvlari orasida eng manfaatlisi 2023 yilning qishida «Brayton»dan 24 mln. yevro evaziga o‘tgan Leandro Trossard transferi bo‘ldi. Buni qarangki, Mixail Mudrikni Londonga olib kela olmagan «to‘pchilar» uchun bu kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Goho zarurat tufayli shoshilinch tarzda amalga oshirilgan xaridlar samarali bo‘ladi. Bunga shunday sharoitda «Liverpul» safini to‘ldirgan va «qizillar»ning muhim o‘yinchisiga aylangan «Shtutgart» vakili Vataru Endo misol bo‘la oladi. Klopp yaponiyalik shogirdining mahoratiga yuksak baho bergan holda, uning yanada manfaatliroq shartnomaga munosib ekanligini alohida ta’kidlagandi.

Trossard xususida ham shunday fikr bildirish mumkin. U «Brayton» tarkibida risoladagidek to‘p surdi, APLda o‘ynash tajribasiga ega bo‘ldi, ko‘plab gol va assistlarni amalga oshirdi.

Leandro «Brayton»ga 2019 yilda, «Genk»dagi yorqin mavsumdan keyin kelgandi. O‘shanda u ichki chempionatda sobiq jamoasi tarkibida 14ta gol va 6ta samarali uzatmani amalga oshirgandi. APL muhitiga osonlikcha moslashib olgan belgiyalik iqtidor debyut mavsumida 5ta gol va 4ta assistni rasmiylashtirdi va yildan-yilga sermahsullikni oshirib bordi. O‘tgan mavsum esa belgiyalik 29 yoshli vinger uchun yuksalish mavsumi bo‘ldi. U ayniqsa, birinchi davrani yaxshi o‘tkazib, «Chelsi» va «Manchester Siti» darvozalarini zabt etdi, «Liverpul»ga qarshi bellashuvda xet-trikka erishdi.

Tabiiyki, shundan keyin futbolchining xaridorlari ko‘payib ketdi va yuqorida zikr etilganidek, Trossard londonliklar tarkibiga qo‘shildi. O‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida vinger atigi bitta gol urgan bo‘lsada, samarali uzatmalari 10taga yetdi. «To‘pchilar» esa u qatnashgan barcha o‘yinlarni o‘z foydalariga hal qildilar.

Joriy mavsumda Trossard asosiy e’tiborini assistlarga emas, to‘purarlikka qaratdi va barcha turnirlar hisobidan 2ta samarali uzatma, 18ta golni o‘z hisobiga rasmiylashtirdi. E’tiborli jihati, uning ko‘pgina gollari jamoaning ijobiy natijalarini ta’minladi. Masalan, «Chelsi»ga qarshi bellashuvda uning zaxiradan maydonga tushganidan keyin urgan goli muvozanatni tikladi jamoa mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Everton» darvozasiga yo‘llagan aniq zarbasi muhim 3 ochkoni hadya etdi. Shuningdek, «Liverpul» bilan kechgan muhim bellashuvdan keyin «Arsenal» chempionlik uchun real imkoniyatga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, «Bavariya»ga qarshi YECHL chorak finali dastlabki uchrashuvida Trossard zaxiradan maydonga tushganidan keyin 10 daqiqa ichida muvozanatni tikladi.

Ortda qolgan 1,5 yil davomida belgiyalik vinger «Arsenal»ni mushkul vaziyatlardan qutqarib qolgan bo‘lsada, Mikel Arteta hamon uning o‘yin amaliyotini cheklab kelmoqda. Vaholanki, uning pozisiyasidagi asosiy raqobatchi - Gabriel Martinelli hozir bir yil avvalgidek yorqin o‘yinni ko‘rsata olmayapti. Qolaversa, Trossard faqat chap qanotda emas, boshqa chiziqlarda ham samarali to‘p surishga qodir. Arteta uni hujumkor yarim himoyachi va hatto markaziy hujumchi ixtisosida ham sinab ko‘rdi. «Brayton»da ham Leandro ko‘pincha oldingi chiziqda to‘p surgan va «chaykalar» uchun talab darajasidagi 7-8ta golni amalga oshirardi.

Trossard rotasiya o‘yinchisi ekanligini inobatga olganda, uning ko‘rsatkichlari chakki emas. U o‘rtacha har 104 daqiqada gol yoki assistni amalga oshiradi. Undan yaxshiroq natijani faqat Diogu Jota (90), Koul Palmer (87), Muhammad Saloh (80), Erling Xoland (79) va Kallum Uilsonlar (77) qayd etishgan. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, ularning ko‘pchiligi o‘z jamoalarida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadilar. Belgiyalik vinger esa o‘rtacha 43 daqiqa to‘p suradi, xolos. Trossard joriy mavsumda faqat 12 marta boshlang‘ich tarkibda, 16 marta zaxiradan maydonga tushdi. Boz ustiga, Arteta unga ba’zan 20 daqiqadan kamroq imkoniyat beradi.

Trossardning asosiy ustun jihatlaridan biri - universalligi. Bu fazilati faqat pozisiyada emas, o‘yin uslubida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Vinger «Arsenal»dagi gollarining 13tasini chap oyog‘ida, 19tasini o‘ng oyog‘ida urgan. Bu borada Leandro Son Xyun Min, Kristian Eriksen va Kevin de Bryuyne kabi «ikki oyoqli» yulduzlar qatorida. Darvoqe, Kevin ham ikki oyoq bilan samarali to‘p surishga alohida ahamiyat beradigan «Genk»dan o‘tgan. Bir paytlar «Liverpul»da Kloppning ishonchli jokeri maqomida o‘ynagan Divok Origi ham shu klubdan chiqqandi.

Vaqti-vaqti bilan futbol muxlislari va ekspertlarni Artetaning ayrim qarorlari o‘ylantirib qo‘yadi. Avvalroq ular Kay Xaversning maydonga ko‘p tushishidan ajablangan bo‘lsalar, endi Trossardning oz o‘ynashini muhokama qilishmoqda. Biroq boshqa tomondan, «Arsenal» juda ko‘p iqtidorli va sifatli ijrochilarga ega, ularning salohiyatidan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishi tabiiy hol, albatta. Belgiyalik iqtidorni rotasiya o‘yinchisi maqomi qanoatlantirayotgan bo‘lsa, e’tirozga o‘rin yo‘q. Muhimi, har bir futbolchi tarkibda o‘z o‘rnini topishi va samarali to‘p surishi lozim. Lekin shunga qaramasdan, agar Trossardga ko‘proq imkoniyat berilsa, u shunga yarasha ko‘proq manfaat keltirish mumkin, degan fikrdan voz kechib bo‘lmaydi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 00:03, 20.06.2024. O'qildi: 2342 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик