“Milan” laboratoriyasi davomi…
Mirsman bazida noodatiy tarzda o‘yinchilarni davolash yo‘llarini ham amalga oshirgan.
Masalan, Zeydorf “Milanga” endi kelib qo‘shilgan davrda 1.5 yil atrofida tepa son jarohatidan (groin, pax) aziyat chekib yurgan va kichik og‘riq sabab mashg‘ulotlarni ham maromida bajara olmagay yurgan paytida Mirsman uning aql tishini oldirishga ko‘rsatma beradi va tishini oldirgach, o‘yinchi og‘riqdan qutiladi va karyerasida yangi bisqichni boshlaydi va 10 yil Milanda muvaffaqiyatli faoliyat olib boradi.
Shu davrlarda boshqa katta klublar ham fizioteratiya, kineziologiya, psixologiya testlarini amalga oshirish va bu testlardagi tibbiy malumotlarni yig‘ish kabilarga urg‘u berishni boshlashdi.
“Milan” va Mirsman esa bunday ishlarni bizga yaxshi tanish bo‘lgan murabbiy - Valeriy Labanovskiydan oladi. Lobanovskiy professor Anatoliy Zelentsov bilan birgalikda 1980 yillarda “Dinamo Kiyevda” kompyuter va statistika orqali o‘yinchilarni baholash, o‘yinchilar fitnes darajasini o‘rganishni yo‘lga qo‘ygan va bundan “Milan” andoza olib, oldingi postda yozganimizdek, 2000-2010 yillarda muvaffaqiyatga erishgan.