Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Federiko Kyeza: «Doim ko‘prog‘ini xohlayman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Italiya terma jamoasi yetakchilaridan biri Federiko Kyeza 29 avgust kuni «Liverpul» bilan birdagina 4 yillik shartnoma tuzdi.

Tabiiyki, 26 yoshli yarim himoyachi «qizillar» safiga qo‘shilganidan keyin klub kanalida mehmon bo‘ldi va muhtasham «Enfild»ga alohida to‘xtaldi. Darvoqe, «Yuventus» Federikodek yuqori darajali futbolchini atigi 12,5 million funtga qo‘yib yuborish asnosida ko‘plab muxlislar va mutaxassislarni biroz hayron qoldirganini ham aytish kerak.

- Federiko, ilk taassurotlar qanday?

- Ajoyib kun! «Liverpul» oilasi a’zzosiga aylanganimdan xursandman. Richard Xyuz va Arne Slot telefon orqali jamoaga chorlashganida, ikkilanmay rozilik berdim. Chunki «Liverpul» tarixidan xabardorman, klub muxlislar uchun nimani anglatishini ham yaxshi bilaman. Xullas, hozir o‘ta baxtiyorman va ishga kirishish onlarini sabrsizlik bilan kutyapman.

- Ha, hammasi juda tez hal etildi. Demak, qaror qabul qilishda qiynalmagansiz...

- Shunday, hammasi oson bo‘ldi. Taklifni qabul qilish uchun sabablar yetarli edi. Qolaversa, o‘zaro suhbatda Xyuz va Slotning menga qattiq ishonishlari sezildi. Ishonch esa aynan men xohlagan narsa! «Enfild»da bo‘lish chindan ham ajoyib. Axir «Liverpul» va dunyodagi eng zo‘r chempionatda o‘ynash orzum amalga oshdi.

- So‘nggi kunlar siz va turmush o‘rtog‘ingiz uchun qanday o‘tdi?

- Hammamiz xursandmiz. Yaxshiki, qaror chiqarishda ikkilanmadik, har bir daqiqadan zavqlandik. To‘g‘ri, hali oilam bilan barchasi haqida bafurja gaplashib olishim kerak. Turmush o‘rtog‘imdan bag‘oyat minnatdorman, chunki «Liverpul» haqida so‘z ochishim bilan u tanlovimni qo‘llab-quvvatladi: «Zo‘r qaror, albatta, sen bilan ketaman. Bu faoliyating va oilamiz uchun ajoyib imkoniyatdir».

- Mashg‘ulotlar bazasi yoqdimi?

- Bu yerda hammasi zo‘r, odamlar ajoyib! Kirkbida ko‘plab testlardan muvaffaqiyatli o‘tdim. Aytgancha, Liverpulga parvoz chog‘i «Enfild» ustidan uchib o‘tdik. Shunda rafiqamga so‘z qotdim: «You`ll Never Walk Alone qo‘shig‘ini qo‘y, hozirdan ushbu stadionda muxlislar shovqini ostida o‘ynashni tasavvur qilmoqchiman».

- «Enfild» maydoniga birinchi marta qadam bosishni qanday tasavvur qilyapsiz?

- Nafaqat o‘zim, balki oilam uchun hissiyotli lahza bo‘lishi aniq. Ishonchim komil, hayajon ming chandon ortib ketadi.

- Arne Slot ilk uchrashuvda nima dedi?

- Shunchaki, jamoada yo‘lga qo‘yilayotgan o‘yin chizmasi haqida ma’lumot berdi va meni maydonda qanday ko‘rishni istashi haqida gapirdi. 

- Jamoaning hujum chizig‘ida kuchli raqobat bor...

- Nafaqat hujum, barcha pozisiyalarda raqobat bor, axir gap dunyodagi eng kuchli klublardan biri haqida ketmoqda. Ha, meni katta raqobat kutayotganini bilaman - Mo Saloh, Luis Dias, Kodi Gakpo, Diogu Jota, Darvin Nunyes... Demak, eng yaxshi sifatlarimni ishga solishim va bor imkoniyatlarimdan foydalanishim talab etiladi.

- 14-raqamni tanladingiz, bu qandaydir ma’noga egami?

- Ha. Terma jamoada shu raqam  ostida o‘ynardim. «Liverpul» menga o‘z o‘yinim lahzalaridan tayyorlangan videolavha bordi. Unda jumladan, «Fiorentina» va «Yuventus»da 14-raqamli formada urgan gollarim aks ettirilgan. Shu tariqa raqamim taqdir tomonidan belgilab qo‘yilganini o‘yladim va «14»ni oldim.

- Otangiz Yevro-96da Chexiya terma jamoasi darvozasiga qarshi o‘yinda gol urgandi aynan «Enfild»da...

- U «Enfild»da o‘ynaganini aytmagan, lekin o‘sha goli haqida bilaman. Gap shundaki, otam Yevropa chempionatini esga olishni yoqtirmaydi, chunki men qit’a kubogini yutdim, u esa yo‘q! Aslida otam o‘z gollari haqida gapirib berishni xush ko‘radi, harqalay, mendan ancha ko‘proq urgan. Lekin «Enfild»da urgani haqida umuman gapirmaydi.

- Otangiz «Liverpul»ga o‘tayotganingiz yuzasidan nimadir dedimi?

- Ha, «Liverpul» haqida eshitgach, darhol oq yo‘l tiladi: «Bor! Bu - faoliyating uchun eng yaxshi tanlov».

- Endi o‘zingizni futbolchi sifatida tavsiflab bering...

- O‘ylaymanki, yetarli darajada raqobatbardoshman, doim yanada ko‘prog‘iga intilaman. «Liverpul»ga o‘tishimdan asosiy maqsad ham shu - faoliyatimni rivojlantirish.

- Xo‘sh, yangi jamoangizga qanday yangilik olib kirishingiz mumkin?

- Intensivlik, texnik fazilatlar, individual o‘yin... Shuningdek, gollar va assist­lar to‘plashdan umidvorman. Axir hujumkor futbolchidan aynan samaradorlik kutishadi.

- Ayni payt jismoniy tomondan tayyormisiz? Ya’ni o‘yinga nechog‘li tez kirishib ketasiz?

- Murabbiy tarkibga qo‘shishi bilan o‘ynayman. Bu masalada muammo yo‘q.

- Asosiy maqsadingiz...

- G‘alaba qozonish, kuboklar yutish. Mashg‘ulotlar bazasiga kirgach, ko‘zlarim klub sovrinlariga tushdi va o‘zimga so‘z berdim: «Yaqin kelajakda shu kuboklardan ba’zilarini yutishim shart».

- Nihoyat, muxlislarga nima deysiz?

- «Enfild»da ko‘rishguncha va You`ll Never Walk Alone («Hech qachon yolg‘iz qolmaysan»)!

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:00, 23.09.2024. O'qildi: 918 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.