Bugun 30 may, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yurgen Klopp: «Serxio Ramos chindan ham oddiy yigitmi?»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Yaqindagina «Redd Bull» tizimidagi klublarda ishlash bo‘yicha shartnoma tuzgan «Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Einfach mal Lupen podkastida Germaniya milliy jamoasi afsonalaridan biri Toni Kroos bilan chaqchaqlashdi.

Suhbat davomida gap asosan 2018 yilgi CHL finaliga qadaldi. Ya’ni Klopp «Real»ning sobiq vakiliga Serxio Ramos o‘sha bahsda Muhammad Salohni atayin «sindirgan»ini bot-bot eslatdi.

- Yurgen, Serxio Ramosning Salohga nisbatan ishlatgan qo‘polligini hali ham unutmagan ko‘rinasiz...

- Agar «Real» muxlisi bo‘lmasang, Ramos o‘ta shafqatsiz qo‘pollik ishlatganini ayta olarding. O‘sha vaziyat ham futbolda g‘alaba uchun har qanday g‘irromliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligidan dalolat. To‘g‘ri, aslida Salohning bunday to‘qnashuvlarda jarohatlanishi ehtimoli past, ammo o‘sha vaziyatda unga omad kulib boqmadi. Umuman olganda, futboldagi rejalashtirilgan bunday qo‘polliklar uchun boshqacha baho berish kerak. Endilikda barcha o‘yinlarda VAR tizimi ishlamoqda va shunga o‘xshash qoidabuzarliklarni qayta ko‘rib chiqib, to‘g‘ri baholash imkoniyati ancha oshdi. O‘zi Ramos o‘sha finalda juda qo‘pol o‘ynagandi. Deylik, dastavval darvozabonimizga tirsagi bilan zarba bergan bo‘lsa, keyin yarim himoyachimizni futbolga mos kelmaydigan usulda maydonga yiqitdi. Nazarimda, biror jamoa bunday qo‘polliklar orqali finalni o‘z foydasiga hal qilishini boshqa ko‘rmasak kerak. Bunga ishonchim komil. 

- Umuman, Ramosga qanday tavsif berasiz?

- Xo‘sh, janob Serxio Ramos chindan ham, oddiy va yaxshi yigitmi? Albatta, u men alohida qadrlaydigan sevimli futbolchilar qatorida emas. O‘shanda Saloh yelkasidagi kuchli og‘riqqa qaramay, qo‘pollikni oddiy holatdek qabul qildi. O‘yindan keyin esa ancha asabiylashgan, Ramosning xatti-harakatidan ruhan ezilganini aytgandi. Ochiq gapiraman, inson sifatida Serxioning o‘yin­ga bunday munosabatini aslo yoqlamayman. Deylik, u bizga qarshi finaldan 1 yilcha oldin «Yuventus» bilan o‘yinda himoyachi Kuadradoning qizil kartochka olishini ta’minlagandi. Vaholanki, Xuan raqibiga yengil tegingan, ammo Ramos katta «shou» namoyish etgandi. Biroq keyinchalik bu haqda hech kim bir og‘iz ham gapirmadi. 

Qiziq, Ramosni o‘z jamoangizda ko‘rishni xohlarmidingiz?

- Ochig‘i, bunday mentalitetni hech qachon tushunolmasam kerak. Umuman, men ishlagan jamoalarda bunday futbolchi o‘ynamagan. Mabodo uchraganida ham, undan tezroq qutulish choralarini izlardim. Umuman, hamisha jamoamning markaziy himoyachilariga g‘irrom uslublar qo‘llamaslik bo‘yicha ko‘rsatma berib kelganman.

- CHL-2021/2022 finalini qanday eslaysiz? O‘shanda ham «Madrid»ga yutqazgandinglar?

- «Real» - natija mashinasi, ayniqsa, CHLda. Ha, o‘sha finalda g‘alabaga haqli edik, ammo bunga «Madrid» darvozaboni Tibo Kurtua imkon bermadi. Mag‘lubiyatni qabul qilishda rosa qiynalganimiz rost. Hech qachon «Real» kabi kuchli bosimga chidamli jamoani uchratmaganman. Hammasi oddiy: birinchi navbatda himoyani mustahkam ushlash, keyin muhim pallada hujumga o‘tish...

 XURSHIDBEK tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:38, 20.11.2024. O'qildi: 1890 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик