Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tyon Kopmeyners: "Zidan tufayli bolaligimdan "Yuventus" muxlisiman"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Joriy mavsum arafasida 55 million yevro evaziga «Atalanta»dan xarid qilingan Tyon Kopmeyners 6 oktyabr kuni o‘tkazilgan «Yuve»ning «A» Seriya 7-tur doirasidagi «Kalyari»ga qarshi uy uchrashuvi (1:1)da jarohat olgandi.

Shundan so‘ng «keksa sinyora» shifokorlarining sa’y-harakatlari evaziga niderlandiyalik yarim himoyachi 30 oktyabrda maydonga qaytishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasining muhim o‘yinchilaridan biriga aylandi. Turin klubi rasmiy sayti 26 yoshli futbolchidan intervyu oldi.

- Xayrli tong, Tyon. So‘nggi bir necha hafta ichidagi holatingizni hisobga olsak, eng oddiy, ammo eng muhim savoldan boshlaylik. O‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Men yaxshiman, rahmat.

- Qovurg‘angiz singan o‘tgan oy siz uchun qanchalik qiyin va og‘riqli o‘tdi?

- Rostini aytsam, biroz qiynaldim, chunki bu jarohatni har bir harakatingizda his qilasiz, hatto nafas olish ham qiyin edi. Men esa shu zaylda taxminan 2-3 hafta yashashim kerak edi. Har bir nafasda og‘riqni boshdan kechirish oson emas. Hatto uxlash ham qiyin edi: stulda yotishga to‘g‘ri keldi, chunki agar gorizontal holatda bo‘lsam, bosim kuchayib, og‘riq kuchayardi. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman.

- Hozir Kup kamida 70 foiz formasiga qaytgan deya olamizmi?

- Holatimni raqamlarda baholash qiyin. Ruhiy jihatdan o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Jismoniy nuqtai nazardan esa, hali optimal sharoitda emasman, chunki taxminan 3 hafta yugurolmadim.

- O‘tgan mavsum tugaganidan so‘ng, «Yuve» mish-mishlaridan tashqari, APLdan ham chorlovlar bor edi. Angliyada o‘ynash tajribasi sizga qanchalik qiziq edi? Yoki siz faqat «Yuve» haqida o‘yladingizmi? Va nima uchun?

- Ha, menga ingliz klublari qiziqqanini bilardim, lekin «Yuventus» haqida eshitganimdan so‘ng, menda hech qanday shubha qolmadi. Bu klub menga Italiyaga kelgan birinchi daqiqadan beri yoqardi. Bu Italiyadagi va dunyodagi eng mashhur klublardan. Bolaligimdan «Yuventus»ga muxlislik qilaman, uni kuzatib kelganaman. «Yuve» safida buyuk chempionlar o‘ynashgan. Ulardan qaysi biri menga ko‘proq yoqadi? Xo‘sh, albatta Zidan! Bu yerda o‘ynash - bu orzuning amalga oshishi, ya’ni mening bolalik orzuim. Angliyada ham yaxshi jamoalar bor, lekin bu yerda hammasi yaxshi: ligani bilaman, ajoyib mamlakat, qiziqarli jamoalar va iqlimi...

- Siz chekkadagi «Atalanta»dan joriy mavsum o‘yin falsafasini o‘zgartirgan Italiyaning top-klubi «Yuventus» safiga o‘tdingiz. Bu yerga kelgan zahoti qanday farqni his qildingiz?

- Aytishim kerakki, futbolda katta tajribaga egaman. Aytaylik, bu yerga kelganimdan so‘ng, de Ligt menga aytgan hamma narsa haqiqat ekanligini angladim: muhit, qulayliklar va odamlarning mehribonligi. Bu aql bovar qilmaydigan narsa. «Yuve»da hamma narsa ajoyib: birinchi kuni tushimda yashayotgandek his qildim o‘zimni. Takror aytaman, men bolaligimdan shu yerda bo‘lishga harakat qildim. Italiyada yashab, «Yuventus»ga bo‘lgan hayratim yanada oshdi.

- Keling, Motta o‘yini haqida gaplashaylik. Gasperini o‘yinidan nimasi bilan farq qiladi?

- Masalan, Gasperini hujumda ham, himoyada ham maydonning har bir qismida intensivlik va yakkama-yakka o‘ynashga urg‘u beradi. Buning uchun jamoada maxsus mashg‘ulotlar ham mavjud. Motta ham intensiv mashg‘ulotlarga ega, ammo jamoa ixchamroq o‘ynaydi, raqib bilan birgalikda kurashadi. «Yuve»da qilayotgan ishimiz Niderlandiyani eslatadi: to‘pga egalik qilish, intensiv va doimiy ravishda to‘pni nazorat qilib o‘ynash, ko‘plab vaziyatlar yaratish.

- Jamoa bilan munosabat haqida nima deyish mumkin: ular o‘xshashmi yoki farq qiladimi?

- Men ularni biroz boshqacharoq deyman. Ammo bu normal holat: ikki xil mutaxassis, yoshlarida ham katta farq bor. Motta va uning hamkasblari bilan biz talablarini qanday qabul qilishimiz va qo‘llashimiz haqida ko‘p gaplashamiz. Motta bizning fikrimizni tushunishga juda qiziqadi, garchi tizimga qat’iy rioya qilsa ham. Menimcha, bizning his-tuyg‘ularimiz u uchun muhim.

- Gasperini bilan muloqot kamroq bo‘lganmi?

- Ha, u shunchaki: «men buni shunday qilishingizni xohlayman», derdi tamom. Va biz buni qilishga harakat qilishimiz kerak edi.

- Gasperini va Mottani bir so‘z bilan tasvirlab bering.

- Bu oson emas. Gasperini uchun intensivlik, Motta uchun esa taktika muhim.

- «Yuve»da Sizning maydondagi rolingiz «Atalanta»ga nisbatan qanchalik o‘zgargan?

- Endi men ko‘proq yarim himoyachiman, Bergamoda bitta hujumchi bilan o‘ynardik va men ko‘proq hujumchi edim, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yerda esa men orqaroqdan harakat qilish orqali to‘pga egalik qilishda ko‘proq yordam berishim kerak. Lekin shu bilan birga pressing qilish, pas berish va gol urishda davom etmoqchiman.

- Mottaning futbol taraqqiyoti jarayoni qaysi bosqichda? «Yuve»dagi ilk kunlaringizga nisbatan o‘yiningiz qanchalik o‘zgardi?

- Menimcha, avtomatizm hissi yaxshilandi. Bunga bir kunda erishib bo‘lmaydi albatta, vaqt va amaliyot talab etiladi. Jamoada ko‘plab yangi o‘yinchilar bor, shuning uchun taraqqiyot jarayoniga o‘yindan o‘yinga erishish mumkin emas. Siz qancha ko‘p o‘yin o‘tkazsangiz, qaror qabul qilishni boshlaysiz. Agar hamma narsa tezlikda sodir bo‘lsa, biz samaraliroq bo‘lamiz va bu, ayniqsa, Chempionlar Ligasi o‘yinlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

- Faoliyatingizni himoyachi sifatida boshlagansiz. Shoshilinch vaziyatlarda ushbu pozisiyada o‘ynay olasizmi?

- Ha, men tayyorman! Bu ajoyib bo‘lardi. Uch kun oldin shaxsiy murabbiyimga aytdim: «Balki Mottaga bir necha yil chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynaganimni aytishim kerakmikin?» Agar «Yuve» qiyinchiliklarga duch kelsa, men bunga albatta tayyorman. Aslida yarim himoyada o‘ynashni xohlayman, lekin agar kerak bo‘lsa...

- Bo‘sh vaqtingizni nimaga sarflashni yaxshi ko‘rasiz?

- Men shahar bo‘ylab sayohat qilaman, qallig‘im bilan Turin bilan tanishaman. Oxirgi bo‘sh kunimizda biz qirollik saroyiga, so‘ngra go‘zal parkka tashrif buyurdik, u yerda tushlik qildik.

- Sayohat qilishni yoqtirasizmi?

- Ha, juda. Biz Roza (qallig‘i) bilan ko‘p sayohat qildik, ammo keyingi yozda qayerga borishni hali tanlamadik: klublar o‘rtasidagi jahon chempionati tufayli bu masala qiyin. Biz hozirgacha AQSHga, Yevropaning ko‘plab mamlakatlariga va Kubaga tashrif buyurishga muvaffaq bo‘ldik.

- Chempionlik uchun kurashda kim favorit?

- Bunga javob berish qiyin. «Inter» kuchli va deyarli o‘zgarmagan. «Atalanta» ham kurashga kirishi mumkin, ular ham g‘alaba qozonishga da’vo qilishadi. Maydonga kechroq chiqqan va «Real»ni mag‘lub etgan «Milan» ham bor! «Yuventus»ga kelsak, tarix shuni ko‘rsatadiki, klub har doim g‘alaba qozonishga harakat qiladi, ko‘ramiz. Asosan yoshlardan tashkil topgan yangi jamoamiz va menimcha, eng yaxshi tanlov faqat keyingi o‘yin haqida o‘ylashdir.

- Yangi jamoadoshlar orasida qaysi futbolchilar sizda katta taassurot qoldirdi?

- Bu yerda juda ko‘p sifatli o‘yinchilar jamlanishgan. Aytishim kerakki, Dushan Vlaxovich mutlaq hujumchi: u chap va o‘ng tomondan kuchli zarba berishi mumkin, juda kuchli yigit. U 100 foiz professional, bu uning mashq qilish uslubidan ko‘rinadi. Kenan shunchaki ajoyib. U juda iste’dodli va shu bilan birga hali yosh. Men uchun g‘ayrioddiy narsa shundaki, u to‘pni va oyoqlarini qanday his qiladi, driblingga qanday kiradi. Danilo shunchaki aql bovar qilmaydigan xarizmaga ega va agarda u mashg‘ulotlarda biror narsa haqida gapira boshlasa, yetakchi ekanligi darhol ayon bo‘ladi.

M.PO‘LATOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 22.11.2024. O'qildi: 853 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик