Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nikolo Savona: "O‘zligimni saqlab qolishim muhim"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

Joriy mavsum arafasida yoshargan va taktik chizmasi o‘zgargan «Yuventus» o‘yinida yangi bosh murabbiy Tyago Mottaning «imzo»si yaqqol sezilmoqda.

Deylik, yaqin o‘tmishning mohir yarim himoyachilaridan biri katta sahnani hech ikkilanmay yoshlarga topshirdi. Oddiy misol, endigina 21 yoshini qarshi olgan himoyachi Nikolo Savona hozirda «keksa sinyora»ning o‘ng qanotini to‘liq o‘ziniki qildi, hisob. Yosh yigitcha bo‘ yo‘lda kimsan Daniloni zaxiraga o‘tqizib qo‘ydi. Iqtidorli himoyachining dadil harakatlari Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalettini ham e’tiborsiz qoldirmadi. Xullas, Savona yaqinda ilk marta «skuadra adzurra» yig‘iniga chaqirildi. Jurnalistlar esa «moviy gvardiya»ning mashg‘ulotiga shoshilishdi - umidli yosh debyutant bilan suhbatlashish ilinjida, albatta...

- Nikola, terma jamoa bazasiga kelishingizdan oldin faxriy Jorjo Kyellini sizga qandaydir maslahatlar berdimi?

- Ha, u ba’zi jihatlarni tushuntirdi, o‘zimni qanday tutishim kerakligi yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar ham ko‘rsatdi. Xususan, milliy jamoada maqsadga erishish yo‘lida kamtarlikni saqlagan holda, o‘z ustimda ko‘p ishlashim kerakligini uqtirdi. Shuning barobarida har bir mashg‘ulotdan maksimal darajada foydalanishim, murabbiy ko‘rsatmalariga og‘ishmay amal qilishim zarurligini alohida ta’kidladi.

- Qiziq, Italiya termasidan taklif olishni kutganmidingiz? Umuman, hozirgi darajaga shu qadar tez erishishni o‘ylaganmidingiz?

- Haqiqiy chempionlar yonida shug‘ullana boshlaganingizdan keyin tabiiy ravishda katta vazifa va marralar haqida bosh qotirasiz. Men esa bolaligimdan «Yuventus» tizimidaman. Shunday ekan, mamlakat bosh jamoasida o‘ynashni orzu qilmasligim mumkinmidi? Terma jamoaga kirish amalga oshmaydigan orzu emas. Lekin buning uchun har doim kuchli ijrochilar davrasida tinimsiz shug‘ullanish talab etiladi.

- Shimoliy hudud - Valle-d~Aostda tug‘ilgansiz. Aytingchi, loaqal bir marta bo‘lsada, futbolchi emas, chang‘ichi sifatida tanilishni xohlaganmisiz?

- Uyimizning shundoq yaqinida chang‘i maydoni bor edi va bolaligimda slalom bo‘yicha bir nechta poygada qatnashganman ham. Chamasi 10 yoshga to‘lganimda esa futbol va chang‘i sportidan birini tanlashimga to‘g‘ri keldi. Axir har ikkisining mashg‘ulotlarini teng olib borolmasdim. Xullas, qalbimga quloq tutib, futbolni ma’qul ko‘rdim. Ochig‘i, chang‘i sporti uncha yoqmagandi ham.

- Hozir qanotda ham, markazda ham birdek o‘ynashingiz mumkin...

- Zamonaviy futbolda turli xil pozisiyalarda o‘ynay bilish juda muhim. O‘ylaymanki, raqiblarga pressing uyushtirish va himoyalanishda chakki emasman. Qolaversa, o‘tgan mavsum asosan uchinchi markaziy himoyachi sifatida o‘ynadim. Ha, har ikki pozisiyada o‘zimni erkin his qilaman, ehtimol, bu o‘ziga xos ustunligimdir... 

- «Yuventus»da o‘z oldingizga qanday vazifalarni qo‘ygansiz?

- Jamoaviy maqsadga to‘xtalsak, barchasi o‘z-o‘zidan tushunarli - turnir jadvalida imkon qadar yuqori o‘rinni egallash va sovrinlar yutish. Joriy mavsum shu maqsad sari ishlayapmiz. O‘zim uchun shaxsiy vazifalarni ham belgilab olganman, albatta. Mana, hozir terma jamoadaman. Demak, bir hafta davomida faqat bosh jamoamiz man­faati uchun ishlayman.

- Murabbiyingiz bergan eng yaxshi maslahat... 

- Motta butun jamoa bilan juda ko‘p muloqotga kirishadi. U yana har bir futbolchiga individual tomondan e’tibor qaratadi. Murabbiyning xohishi - barcha yigitlarni mashg‘ulotlarda quvnoq holatda ko‘rish. Yana kiyinish xonasida tinch-do‘stona  muhit hukm surishi ham muhim. Motta mohiyatan barchaga erkinlik bermoqda. Uning o‘zini futbolchilarga yaqin tutishi bizga qo‘shimcha quvvat bag‘ishlamoqda.

- Siz kabi yosh futbolchi qanday xavflardan qo‘r­qishi kerak?

- Qiyinchiliklar hali oldinda ekanligini yaxshi tushunaman. Shuning uchun kamtarlikni saqlash kerak. Fido­yilik va qat’iyatlilik - katta yo‘lda yordam beradigan fazilatlar. Qisqasi, bularni hech qachon yo‘qotmasligim, yana o‘zligimni saqlab qolishim shart.

- Terma jamoa bazasiga qanday his-tuyg‘ular bilan kirdingiz? Spalletti sizga aynan nima dedi?

- Bu men uchun o‘ziga xos birinchi sinov sanaladi. Bizda ajoyib jamoa bor, shunga yarasha his-tuyg‘ular ijobiy. Spalletti meni iliq qarshi oldi, buning uchun murabbiydan bag‘oyat minnatdorman.

- Debyutingiz qaysi jamoaga qarshi o‘yinga to‘g‘ri kelishini xohlaysiz? Umuman, bo‘lajak uchrashuvlarda maydonga tushishni kut­yapsizmi?

- Bilmayman, o‘zimga qolsa, «San Siro»da kechadigan Italiya - Fransiya o‘yinini tanlardim, lekin ayni holatda terma jamoa bilan birga bo‘lishimning o‘zi katta voqelik. Imkon berilsa, belgiyalik Dokuni personal ravishda ta’qib etishni xohlardim...

-----------------------------------------

Izoh: Nikolo Savona Italiya milliy jamoasining safarda Belgiya (1:0 va o‘z maydonida Fransiya (3:1) termalariga qarshi kechgan o‘yin­larida ishtirok etmadi. 

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:23, 27.11.2024. O'qildi: 563 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик