"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola joriy mavsumni saqlab qolish umidida qishki transfer oynasida ikkita transferni amalga oshirishga tayyor.
"Mansester Siti" barcha musobaqalardagi so‘nggi 10 o‘yinning 7 tasida mag‘lub bo‘ldi va statistik ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyi boshidan beri Yevropaning top-5 ligasida eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoa bo‘ldi (9 o‘yinda 21 ta gol).
Gvardiola tanazzulni jarohatlar soniga tushirishda davom etmoqda va bu shunchaki Rodrining yo‘qligi emas - yakshanba kuni "Manchester Yunayted" bilan derbi oldidan Xosepning ixtiyorida bor-yo‘g‘i uchta himoyachi bor.
Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" yanvar oyida transfer bozoriga kirib, birinchi navbatda "Real Sosyedad"dan Martin Subimendi yoki "Atalanta"dan Ederson kabi futbolchilarni sotib olmoqchi.
Gvardiola, shuningdek, formasiz Erling Xolandning yukini bo‘lishish va Xulian Alvaresning ketishi bilan qolgan bo‘shliqni to‘ldiradigan hujumchini olib kelmoqchi.
"Manchester Siti" uchun pul muammo emas - ular yozgi oynani kamtarona o‘tkazishdi va moliyaviy feyr-pley qoidalari bo‘yicha qulay vaziyatda.