Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Angliya chempionatining qaysi klubida o‘ynashni xohlashini aytdi.
21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida Usik va britaniyalik Tayson Fyuri og‘ir vazn toifasida WBA, WBC va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionligi uchun yana jang o‘tkazadi. May oyida ukrainalik bokschi Fyurini mag‘lub etgandi.
— Agar APLdagi jamoada o‘ynash imkoningiz bo‘lsa, qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?
- "Manchester Yunayted". Agar menda tanlov bo‘lsa, "Manchester Yunayted"da o‘ynagan bo‘lardim.
— 15 dekabr kuni "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" o‘zaro o‘ynaydi. Tayson Fyuri "Manchester Yunayted"ning ashaddiy muxlisi, shuning uchun siz ikkalangiz ham "Manchester Yunayted"ni qo‘llab-quvvatlaysizmi?
- Ha, albatta.
- "Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ni mag‘lub etadimi?
- O‘ylaymanki, "Manchester Yunayted" g‘alaba qozonadi. Ammo “Manchester Siti”da yaxshi futbolchilar va yaxshi murabbiy bor”, — dedi Usik Sky Sports nashriga bergan intervyusida.