Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • Elit OCHL
      • 17.02.2026 15:00
      • Seul
      • 2:2
      • Sanfrechche Xirosima
      • 17.02.2026 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.02.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shanghai Shenhua
      • 17.02.2026 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 1:0
      • Vissel Kobe
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 1:4
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • 0:2
      • Traktor
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • 5:2
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 14 8 9 31
2 Italiya 9 4 11 24
3 AQSh 6 10 5 21
4 Niderlandiya 6 6 1 13
5 Germaniya 5 8 7 20
6 Avstriya 5 8 4 17
7 Fransiya 5 7 4 16
8 Shvesiya 5 5 2 12
9 Shveysariya 5 2 3 10
10 Yaponiya 4 5 10 19
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ruben Amorim: «Ishonchim komil, muvaffaqiyatga erishamiz, albatta»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Yaqinda «MYU» rahbariyati «Old Trafford»da klubning kelajak rejalarini muhokama qilish uchun alohida tadbir tashkil etdi.

Unda yangi bosh murabbiy Ruben Amorim ham hozir bo‘ldi va muxlislarni qiziqtirgan turli savollarga atroflicha javob berdi.

- Ruben, «Old Trafford»­ga xush kelibsiz! Ehtimol, odatiy savoldir, lekin aytingchi, «Yunayted» chorlovini qabul qilishingizda nima hal etuvchi omil bo‘ldi?

- Hayotda hamisha o‘zimga ma’qul odamlar bilan ishlashni xohlayman. Qolaversa, «MYU» - tarixiy jamoa. Yangi chaqiruvlar va muvaffaqiyatga chanqoq har qanday mutaxassis bu yerda ishlash imkoniyatidan voz kecholmasa kerak. Mana, endi menda buyuk birlashmaning ajralmas qismi bo‘lish imkoni bor. Yana bir sabab - muxlislar. Ular «Old Trafford»da eng qiyin damlarda ham murabbiy va futbolchilarni chinakamiga qo‘llab-quvvatlashlarini ko‘rib, bu yerda barchasi o‘zgacha ekanligini tushunib yetganman.

- Klubdagi odamlar haqida gapirganda, Omar Berrada, Den Eshvort va Jeyson Uilkoksni nazarda tutdingizmi? 

- Albatta, shuningdek, ser Jim Retkliff va ser Deyv Breysfordni ham alohida e’tirof etishim kerak. Barchamiz klub tarixida yorqin iz qoldirish niyatidamiz. Shunday ekan, taqdir in’om etgan qimmatli vaqtdan oqilona  foydalanib qolishimiz kerak.

- Hamyurtingiz Krishtianu Ronaldu sizni «Shoir», deya maqtaganini o‘qigandim, chindan ham, shundaymi?

 - Yo‘q, Krishtianu hazil ohangida gapirgan. Shunchaki, nimadir deyishni istasam, yurakdan, qalb to‘ridan gapiraman. Nazarimda, atrofimdagilar buni his qilishadi. Aytilgan so‘z men uchun oddiy narsa emasligini ko‘pchilik yaxshi biladi...

- Futbolchilik faoliyatingiz davomida «Old Trafford»­-da ikki marta maydonga tushgansiz. Bu borada qanday xotiralarga egasiz? 

- Qayerda bo‘lmasin, faqat g‘alabani ko‘zlaganim uchun «Old Trafford»ga bog‘liq xotiralarim uncha ijobiy emas. Men uchun futbol va o‘z ishimdan zavqlanish juda muhim, lekin asosiysi - g‘alaba. O‘sha uchrashuvlarni yaxshi eslayman. Deylik, «Braga» bilan bu yerda avvaliga 2:0 hisobida oldinga chiqib olganmiz, ammo «Yunayted» keyinchalik nazoratni to‘liq o‘z tomoniga og‘dirgan va yakunda mag‘lub holda qaytgandik.

- Endi «Yunayted» bosh murabbiyisiz. Aytingchi, tribunalarda jamoani qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislar kuchidan qanday foydalanishni o‘ylayapsiz?

- Murabbiy o‘z jamoasining eng kuchli jihatlaridan foydalanmasligi g‘alati... To‘g‘ri, maydonda futbolchilar o‘ynashadi, lekin stadion atmosferasi ham juda muhim. Odatda yigitlar tribunalardan ilhom olishsa, yanada yaxshiroq to‘p surishadi. Shunday ekan, g‘alaba qozonishimiz uchun muxlislar armiyasi daldasiga ehtiyojimiz bor, albatta. 

- Bu ajoyib maydonga qadam qo‘yar ekansiz, qandaydir sehr borligini tushunasiz... Hozir barchaning diqqat markazida turganingizdan hayajonlanmayapsizmi? 

- Omar Berrada va «MYU»ning boshqa rahbarlari bilan gaplashganimda, ular o‘z rejalarini batafsil bayon etishdi. Yangi missiyani birinchi bo‘lib amalga oshirishga urinish ham haqiqiy sharaf. Zimmamda katta mas’uliyat bor, shuning barobarida g‘urur va hayajon ham yo‘q emas. Tushunarliki, jamoa yaxshi o‘ynasa va natija bersa, umumiy manzara yanada jozibali bo‘ladi. Zero, shunda odamlar yangi g‘oyalar, jumladan, yangi stadion loyihasiga ham ishona boshlashadi. Xullas, bu yerda futbolning haqiqiy yuragiga aylanishimiz mumkinligini ang­lab turibman, «MYU» esa APL dvigateli, nazarimda. 

- Klub, uning xodimlari va mashg‘ulotlar bazasi haqida ilk taassurotlar qanday?

- Eng muhimi, ulkan jamoaga daxldorlik hissi bor, shuningdek, barchasi haqida muayyan qarashlarga ham egaman. 

- Klub akademiyasi va asosiy jamoa o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatilishi siz uchun nechog‘li muhim? 

- Menimcha, bu eng kerakli nuqta. Hozir ko‘pchilik 3-4-3, 4-3-3 va shunga o‘xshash taktik variantlarni muhokama qilmoqda. Lekin aslida hammasi futbolchilarning xarakterlari, taktik chizmani qanday qabul qilishlariga bog‘liq. Avvalo, ayni shu jihatga e’tibor qaratishimiz kerak. Shundan keyin o‘yin uslubi, pressing va bosh­qa elementlarga vaqt ajratamiz. Hozir men uchun eng muhimi - o‘tmish tamoyillari, klub o‘zligi va xarakterini qayta tiklash. 

- Xo‘sh, futbol falsafangizni nimaning evaziga namoyon etmoqchisiz? 

- Bir so‘z bilan aytganda, sifatli o‘yin bilan. Agar jamoaviy ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, har bir futbolchining iqtidori yangicha ko‘rinishda porlaydi. Batafsil gapirsam, o‘ziga xos xarakter, kurashish usuli, o‘yin chizmasi, qo‘yingki, shaxsiyatimizga ega bo‘lishimiz shart. Futbolchilar klub ramzi tushirilgan libosni kiyishganida «MYU»ni ifodalashlarini teran tushunishlari kerak. Yaqin kelajakda ayni shu narsalarga e’tibor qarataman. 

— Qarashlaringiz shaxsiyatingizda o‘z aksini topgandek. Odamlar bilan qanday salomlashganingiz, muloqot qilganingizni ko‘rdik. Jamoatchilik fikri siz uchun alohida ma’noga egami? 

- Bo‘lmasam-chi! Birinchidan, keng muloqot shunchaki, yoqimli. Ikkinchidan, mazkur klubning kichik bir qismiman... Albatta, menejer yoki bosh murabbiy muhim shaxs, chunki klub bosh­qaruvi ularning qo‘lida. Lekin mohiyatan jamoada ma’lum funksiyani bajaraman, xolos. Ahil guruhda esa hamma birlashishi zarur. Bunda hattoki, eng oxirgi xodim chetda qolmasligi kerak. Demoqchimanki, yakdillik buyuk maqsadlarga erishishning ancha oson va qiziqarli yo‘lidir. 

- Klubda qanday mehnat madaniyatini shakllantirishga harakat qilyapsiz? Bir xillik tarafdorimisiz yoki klub rivojlanib borgan sari vaziyat o‘zgaradi? 

- Futbolchi sifatidagi o‘tmishimning tafsilotlarini bilmaysiz, shekilli. Mutlaqo istalgan pozisiyada o‘ynay olardim - o‘ng va chap qanot himoyachisi, markaziy mudofaa nuqtasida harakatlanganman. Shuningdek, yarim himoya, tayanch zonasi hamda hujum ortida to‘p surganman. Umuman, faqat darvozada turmaganman, yana sof hujumchi bo‘lmaganman...

- Ha, hali ham kech emas... 

- Harakat qilaman (kuladi). Jiddiy gapirsak, faqat 2ta pozisiyada o‘ynamaganman va har doim jamoaviy ijrochi sanalganman. Buning oqibatida vaqti-vaqti bilan zaxirada qolishimga to‘g‘ri kelgan. Murabbiylikda ham shundayman - futbolchilar his qiladigan deyarli har bir holatni tushunaman. Jamoa haqida o‘ylaganimda esa, bir vaqtning o‘zida har bir shogirdim yoki muxlis hissiyotini e’tiborga olaman - hammasi miyamda. 

- Hozir mavsum o‘rtasi. Asosiy ustuvor yo‘nalishlaringiz nimalardan iborat? 

- Bizga vaqt kerakligi o‘z-o‘zidan tushunarli. G‘alaba qozonish zarur o‘yinlarda ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Qaytaraman, men uchun eng muhimi - shaxsiyat. Albatta, o‘yin­larga tayyorgarlik ko‘ramiz, lekin asosiy vaqtni o‘yin modelini yaratishga bag‘ishlaymiz. Qanday harakatlanish, bosim darajasi - har bir kichik detalni aniqlab olishim zarur. Ha, barchasini birdaniga o‘zgartirib yuborolmaymiz, bu futbolchilarni chal­g‘itib qo‘yadi. Birinchi vazifa - kim nimalarga qodirligini chamalab olish.

- Ruben Amorim boshqaruvidagi «MYU»dan qanday o‘yin kutishim kerak? 

 - Aytishim qiyin... Qandaydir sehrli va ilhomlantiruvchi ishonch bag‘ishlolmayman hozir. Vijdonan halolman va aldashga odatlanmaganman. O‘ylaymanki, o‘yinimizda ma’lum o‘zgarishlarni sezasiz. Bu yoqadimi-yo‘q - bilmayman, lekin yangilik bo‘ladi, baribir. Lekin unutmang, endi ishga kirishdim, qolaversa, dunyoning eng kuchli ligasida o‘ynaymiz. Demak, o‘yin davomida savolingizga biror yangilik bilan javob bersam, shu tanlagan g‘oyamiz hisoblanadi. Kafolat beraman, hali g‘oyamizni yaqqol ko‘rish vaqti ham keladi. 

- Bunday fikr bilan sabr va ishonch bag‘ishladingiz. Jamoada uzoq muddatli lo­yiha mavjudligini ham, tarkibda Kobbi, Amad, Garna, Rasmus, Leni kabi yosh iste’dodlar borligini ham bilamiz... Shuning­dek, ko‘plab yigitlar jarohatdan forig‘ bo‘lishmoqda asta-sekin. Qisqasi, kelajakka umid bilan qarashimizni taqozo etuvchi asos yo‘q emas... 

 - Ha, albatta! Yana shuni aytmoqchimanki, yosh jamoani to‘g‘ri yo‘lga burish uchun biroz vaqt kerak. To‘g‘ri, futbolchilar yosh bo‘lishsada, «MYU» darajasiga, yuqori talablarni bajarishga tayyor turishlari lozim. Ular anchadan buyon shu yerdalar, demak, endi yosh hisoblanmaydilar. Barchasini birinchi kundan boshlashimiz kerak - qo‘rquvni yig‘ishtiring, jamoa hali bunday o‘ynashga o‘rganmaganini o‘ylab, hadikka bormang. 

- Endi stadion haqida: kecha yangi arena loyihasi ko‘rsatildi. Sizga yoqdi-mi? 

- Bu yerda hammasi boshqacha. Karringtonga kelganingizda, ma’lum his-tuyg‘ularni boshdan kechirasiz. «Old Trafford»da ham barchasi butunlay o‘zgacha. Masalan, ichkarida kuboklarni ko‘rasiz, tarixni, klub boshidan kechirgan fojia­larni bilib olasiz... Xabaringiz bor, falokatdan 10 yil o‘tib, jamoa Yevropada tengsiz bo‘lgan. Hozir xuddi shunday kuch-xarakterni singdirish muhim. Shuningdek, tarkibga qo‘shilgan har bir futbolchi stadion bo‘ylab sayohatga chiqishi shart - bu «MYU» shunchaki, oddiy klub emas, katta birlashma ekanligini his qilishga yordam beradi. Agar ko‘p yillar davomida chempionlik nimaligini bilmasangiz, tarixdagi barcha xotiralar xiralashishni boshlaydi.  Shuning uchun futbolchilarga asosiy tuyg‘uni to‘liq yetkazishimiz kerak, ularni avvalgi shon-shuhratni tiklash yo‘lida birlashtirishimiz lozim. 

- Demak, klub tarixi ruhlantirish vazifasini o‘tashi kerak, shundaymi? 

- Ha! «MYU»ning chempionlikka erishganiga ancha bo‘ldi, lekin ko‘chada kimdan so‘rasangiz, jamoani Angliyadagi eng kattasi sifatida tilga oladi hamon. Masalaning yana bir tomoni borki, har doim o‘tmish bilan yashashning iloji yo‘q. Shunday ekan, yangi tarix bitish haqida o‘ylash kerak.

- Yakunda klub muxlislariga nimalar degan bo‘lardingiz? 

- Shu yerda ekanligimdan xursandman va bu katta mas’u­liyat. «MYU» yagona tanlovim edi, binobarin, klub naqadar buyukligini teran anglayapman. Jamoa manfaati yo‘lida bor bilimimni sarflashga va’da beraman va butun dunyo bizga qarshi chiqsa ham, qo‘l ostimdagi futbolchilarni himoya qilaman. Yana shuni aytmoqchimanki, klubni munosib joyga qaytarish uchun keng miqyosda izlanaman - asosiy maqsad shu. Ishonchim komil, hali muvaffaqiyat yo‘liga tushib olamiz!

XURSHIDBEK tayyorladi

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:15, 16.12.2024. O'qildi: 924 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.