Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umarali Rahmonaliyev: «Mashg‘ulotlarda o‘zimni yaxshi his qilyapman, biroq…»

Baho:
+-1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Braziliyasi nomi bilan dovrug‘ qozongan Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidan Said Tursunov, Anvar Soliyev, Xayrulla Karimov, A’zam Aliyev, Toxir Shamsitdinov, Vladimir Kozak, Dilshod Ahmadaliyev, Islom Isoqjonov kabi o‘zbek futbol jamoatchiligiga yaxshi tanish bo‘lgan va turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizda o‘ynagan futbolchilar yetishib chiqqan.

Endilikda ular qatoriga shu hududda tavallud topgan yosh va umidli iqtidor egasi Umarali Rahmonaliyev ham qo‘shildi.

«Bunyodkor» akademiyasida kamol topib, O‘zbekiston U-20 hamda U-23 terma jamoalaridagi mazmunli o‘yinlari orqali rossiyalik skautlar nazariga tushgan hamyurtimiz 2023 yil «Rubin» klubiga transfer qilingandi. Ammo, yuqori salohiyatli futbolchimizning u yerdagi ishlarimaqtagulik darajada emas. Bunga nima sabab bo‘lmoqda? Ehtimol, u noto‘g‘ri manzilga tushib qolgandir? Kelgusi rejalar qanday? Shu kabi boshqa ko‘plab savollarimizga javob olish maqsadida You Tube ijtimoiy tarmog‘idagi kanalimiz uchun Umarali bilan suhbat uyushtirdik. quyida, mazkur intervyuning yozma shaklini e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.

- Ortda qolgan yil faoliyatingizda o‘chmas iz qoldiradigan yorqin g‘alabalarni tuxfa etdi. Keling suhbatimizni shu haqdagi taassurotlaringiz bilan boshlasak?

- Darhaqiqat, yakuniga yetgan yil nafaqat biz futbolchilar, balki butun o‘zbek jamoatchiligi uchun juda ham omadli hamda azaliy maqsadlarimizga yetishgan yil bo‘ldi. Oldimizga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni qisman bo‘lsada bajargan holda tarixda ilk bor Olimpiadada ishtirok etdik. Garchi, 4 yillikning nufuzli turnirida yaxshi natijalar qayd eta olmagan bo‘lsakda lekin maqsadlarimiz ancha yuqori edi.

- Bu haqda quyida yana batafsil gaplashamiz. Hozir, Osiyo kubogidagi Olimpiadaga yo‘lanma bergan Indoneziyaga qarshi urashuvni yana bir bor yodga olsak...

- To‘g‘risi, Osiyo kubogiga faqat Olimpiada yo‘llanmasi emas balki, chempionlikni qo‘lga kiritish maqsadida borgandik. Shu bois, musaboqadagi dastlabki o‘yinda, oxirgisigacha, bosh murabbiyimiz Temur aka Kapadzening ko‘rsatmalariga og‘ishmay amal qildik. Hamda butun turnir davomida diqqat e’tiborni bir joyga jamlab, faqat bosh sovrin haqida o‘yladik. Jumladan, Indoniyeziyaga qarshi uchrashuv oldidan ham yigitlarda hech qanday bosim yoki hayajon kuzatilmadi. Biz o‘z kuchimizga ishongan holda vazifamizni ado etishga kirishgan askarlar kabi maydonga tushdik va Yaratganning  madadi bilan kerakli natijani qayd etdik. O‘yindan keyingi hissiyotlarni esa so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Sababi, xalqimizning azaliy orzularidan birini amalga oshirib Olimpiadaga yo‘llanma olish orqali o‘z ismimizni tarix zarvaraqlariga yozdirib qo‘ydik. Endi bunday hissiyotlarni yana qachon boshdan kechiramiz bilmayman... Ehtimol, milliy terma jamoamiz bilan Jahon chempionatiga yo‘llanma olsak yana shunay tuyg‘ular og‘ushida qolarmiz...

- Turnir yakunlangach Rossiyaga qaytib bordingiz. Aytingchi, Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchi sifatida sizni «Rubin»da qanday kutib olishdi?

- Bilasizmi? «Rubin»da yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan bo‘lsamda jamoadagi murabbiylar va futbolchilar bilan munosabatimiz havas qilarli darajada mustaxkam. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma olganligini ular ham bilishardi, shu bois jamoa ixtiyoriga qaytib borgach meni o‘zgacha kayfiyatda kutib olishdi. Tabriklashdi, hazillashishdi va albatta finalda penaltini aniq amalga oshira olmaganimni sportchilarga hos yumor bilan eslatishdi.

- Olimpiadada ishtirok etuvchilar saralanayotganda Tarkibdan tushib qolish havotiri bo‘lmadimi? Yoki qandaydir ishonch bormidi?

- To‘g‘risini aytsam, bu borada ortiqcha o‘y – hayollarga berilganim yo‘q. Sababi, musobaqaga 21 nafar futbolchini olib ketish hamda tarkib borasida eng to‘g‘ri tanlov qabul qilish murabbiylar zimmasidagi masala edi. Men ham Olimpiadaga borishim kerak degan fikrda yurish noprofessionalikka kirardi. Oddiy aytganda nufuzli turnirga borish kimga nasib qilgan bo‘lsa o‘shalar borardi. O‘ylaymanki, tarkibdan tushib qolganlar ham hech qanday tushkunlikka tushishmadi.

- Yakuniy tarkibdan o‘rin olganingizni bilgach nimalarni his qildingiz?

- Hursand bo‘ldim albatta. qaysi ma’nodaki, Olimpiadaga yo‘l olgan 21 futbolchi orasida yana yurt sha’ni va obro‘si uchun maydonga tushish imkoniyati tug‘ilganidan, xalqaro maydonda vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, xalqimizga quvonch ulashishni niyat qilgan yigitlar qatorida ekanligimdan quvondim. Ammo, yuqorida ta’kidlaganimdek, bordiyu, yakuniy ro‘yxatdan tushib qolsam ham bundan ortiqcha fojea yasamasdim.

- Parij Olimpiadasidagi taassurotlar qay darajada. Turnirdagi ishtirokdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Nima desam ekan...? Bilasiz, biz bu kabi yirik turnirda ilk bor ishtirok etdik hamda biroz tajriba yetishmasligi pand berdi. Ha extimol, Olimpiadadagi raqiblarga qarshi tengma-teng o‘ynashga intilgandirmiz, lekin o‘yinni nazorat qilish, yaniki kerak paytda tempni tushurish, qaysidir vaziyatda pauza ushlash, yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish va shunga o‘xshash kichik detallarda raqiblarga imkoniyatni boy berdik. Guruhda bizga to‘qnash kelgan raqiblar deyarli har bir yig‘inda o‘z saviyalariga mos jamoalar bilan o‘roqlik uchrashuvi o‘tkazishadi. Bizda esa bunday raqiblarga qarshi o‘ynash ko‘nikmasi u qadar katta emasdi. Nazarimda muvaffaqiyatsiz ishtirokimizga ushbu omil ham qaysidir ma’noda o‘z tasirini o‘tkazdi.

- Endi Rossiyadagi faoliyatingizga to‘xtalsak. Hozircha «Rubin»dagi ishlaringiz unchalik yurishmayapti. Buning sabablari nimada deb o‘ylaysiz?

- To‘g‘ri, «Rubin»da menga o‘yin amaliyoti yetishmayapti lekin bu ishlarim yurishmayapti degani emas. Aslida, mashg‘ulotlarda va menga imkoniyat berilayotgan uchrashuvlarda o‘zimni yaxshi his qilyapman biroq, nima uchun maydonda kam vaqt o‘tkazayotganimni o‘zim ham bilmayman. Balki, kuch yetishmayotgandir extimol boshqa narsadir bu haqda murabbiylar va harakatlarimni baholab borayotgan tahlilchi mutaxassislardan so‘rab ko‘rish kerak.

- Aslida Abbos Fayzullayev misolida oladigan bo‘lsak, Rossiya klublarida o‘ynab keta olish bizning futbolchilarimiz uchun muammo emasdek. Asosiysi, noto‘g‘ri manzilga tushib qolinmasa bo‘lgani...

- Albatta, Abbos intiluvchan va mahoratli futbolchi. Uning SSKAda o‘zini ko‘rsata olayotgani ajoyib qobilyati, kirishuvchanligi va murabbiylar ishoni bilan bog‘liq. Lekin RPL siz o‘ylayotgan darajada oson chempionat emas. Rossiya birinchiligiga ko‘plab futbolchilarimiz kelib ketgani, lekin sanoqlilarigina o‘zini ko‘rsata olgani fikrimga yaqqol misol bo‘la oladi. Noto‘g‘ri manzilga tushib qolmaslik borasida esa haqsiz.  Menimcha futbolchi o‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatishi uchun birinchi navbatda o‘z uslubiga mos keladigan jamoa tanlashi hamda asosiysi murabbiylar ishonchini his qilishi kerak. 

- Ayni damda  sizga O‘zbekiston, Avstraliya hamda Turkiya klublaridan qiziqish bo‘layotganini eshitdik. Kelgusi rejalar qanday? Asosiy e’tibor horij jamoalariga qaratilyaptimi yoki... 

- Hozirda «Rubin» zahirasida o‘tirish yoki kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishdan ko‘ra niyatni yaxshi qilgan holda faoliyatimda bir pog‘ona bo‘lsada o‘sishga imkon yaratadigan takliflar ustida ish olib boryapmiz. Yashirmayman, O‘zbekiston jamoalaridan ham qiziqishlar bor lekin nokamtarlikka yo‘ymangu, hozircha Superligaga qaytish niyatim yo‘q. Yuqorida takidlab o‘tganimdek faqatgina o‘sishimga va malakamni oshirishga hizmat qiladigan variantlarni o‘rganib chiqyapmiz. Umuman olganda oldindan bir nima deyish qiyin. Avvalo ijara asosida bo‘lsa ham qo‘yib yuborishi uchun «Rubin» bilan kelishib olishimiz kerak. qolgani shunga qarab hal etiladi.

- Yosh bo‘lishingizga qaramay, havas qilarli sovrinlarga va katta yutuqlarga erishdingiz. Oldinda bundanda yuqori marralarni ko‘zlayotganingiz tabiiy. Biroq bugungacha bo‘lgan muvafaqqiyatlaringizdan rozimisiz yoki yanada ko‘prog‘ini kutganmidingiz?

- Xudoga shukur mana shu futbol orqasidan xalqqa tanildik, yaxshi natijalarga erishdik, xalqimizga ozmi ko‘pmi quvonch olasha oldik. Lekin, shu bilan to‘xtab qolish yo‘q. Ochig‘ini aytganda ko‘zlangan maqsadlarning endigina birinchi pog‘onasini bosib o‘tdik holos. Bu xali boshlanishi, oldinda yuqori marralar kutip turipti.

Xurshid Yusupov suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:37, 19.01.2025. O'qildi: 2468 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик