Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eng "umrboqiy" murabbiylar

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yashin tezligida o‘zgarib turadigan hozirgi zamonda vaqtinchalikdan doimiyroq narsa yo‘q iborasi aktual bo‘lib qoldi.

Xususan, futbol murabbiylarining faoliyati avvalgidan yanada qisqaroq. Har qanday jamoada 5 yildan ko‘proq ishlagan murabbiy bugungi kadrlar qo‘nimsizligi davrida o‘ta nodir namuna bo‘lib qolmoqda. Biroq mavjud umumiy moyillik orasida istisnolar ham topiladi. Yevropada o‘z klublarida katta stajga ega bo‘lgan amaldagi «dinozavrlar» ro‘yxatini tobora oshib borish tartibida joylashtirdik.

Sergey SEMAK - 6,5 yildan beri  «Zenit»da

Shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan

«Ufa»dan «Zenit»ga o‘tgan mutaxassis jamoani muntazam ravishda RPL shohsupasiga olib chiqish asnosida o‘zi klub tarixidagi eng sovrindor murabbiy maqomini qo‘lga kiritdi. Bir qarashda Semakning Sankt-Peterburg­dagi pozisiyasi mustahkamdek ko‘rinsada, jamoa o‘zi ishtirok etadigan barcha musobaqalarda faqat yuksak cho‘qqilarni ko‘zlashini unutmaslik lozim. 100 yillik yubileyi arafasida chempionlik unvonini vaziyatni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Jan Pyero Gasperini - 8,5 yildan beri «Atalanta»da

Shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan

Nafaqat Bergamo, balki butun Italiya futbolining afsonasi. Jan Pyero rahbarligida «Atalanta» «A» Seriyadagi o‘rtamiyona jamoa sirasidan kalchoning bayroqdori darajasiga ko‘tarildi. YECHLda ishtirok etish uning odatiy yumushi bo‘lib qoldi. Bergamoliklarning muvaffaqiyatlaridan tashqari, Gasperini juda ko‘p shogirdlarini ularning terma jamoalari uchun kashf etdi, uning boshqaruvida eng no‘noq o‘yinchi ham yuksak saviya sohibiga aylandi. Shuningdek, italiyalik mutaxassisdan tajriba o‘rganish ilinjida navbatga turgan kasbdoshlarining safi kengayib ketdi. Uning o‘ziga xos pressing uslubi esa, hatto futbol taktikasini farqlay olmaydigan sodda muxlislar uchun vizit kartochkasi bo‘lib qoldi.

Xosep Gvardiola - 8,5 yildan beri «Manchester Siti»da

Shartnoma 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan

Ayni pallada o‘ta murakkab davrni boshdan kechirayotgan buyuk murabbiylardan biri. Pepning boshchiligida «shaharliklar» muntazam ravishda APL cho‘qqisini zabt etishdan tash­qari, milliy va yevrokubok musobaqalarida ham g‘olib chiqishdi. Shuningdek, yangi rekord­lar o‘rnatishni ham unutishmadi. Biroq hozir Gvardiola so‘nggi 2 oy ichidagi tushunib bo‘lmaydigan salbiy natijalar tufayli mushkul holatga tushib qoldi. Ro‘yxatimizdagi kasbdoshlari orasida uning murabbiylik faoliyati qil ustida turibdi. Hayot - eng yaxshi dramaturg.

Diyego Simeone - 13 yildan beri  «Atletiko»da

Shartnoma 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan

«El Cholo» davrida «matraschilar» vaqti-vaqti bilan goh «Real» va goh «Barselona»ni taxtdan ag‘darib, ispan futboli cho‘qqisini zabt etdilar. Bundan tashqari, madridliklar 4ta yevrokubokni qo‘lga kiritib, 2 marta YECHLning finalida maydonga tushdilar. Ana shu samarali xizmatlarining mahsuli sifatida Simeone futbol olamidagi eng ko‘p ish haqi oladigan murabbiy maqomiga erishdi.

Frank Shmidt - 17 yil, 3 oydan beri «Xaydenxaym»da

Shartnoma 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan

«Ko‘hna qit’a»ning amaldagi «eng umrboqiy» murabbiyi mehnat shartnomasiga asosan Bundesligada faoliyat yuritmoqda. Aslida, Frank Shmidt «Xaydenxaym»ni «Xaydenxaym»­ni shakllangan paytidan beri boshqarmoqda. Bu shaharga futbol 1911 yilda kirib kelgan, 2007 yilda esa klub Regional ligada to‘p surish uchun lisenziya olish maqsadida Heidenheimer SB kompaniyasidan ajralib chiqqandi. 2023 yilda «Xaydenxaym» Ikkinchi Bundesligada g‘olib chiqdi, oliy diviziondagi debyut mavsumini 8-o‘rinda yakunlab, yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hozir jamoa ishonchli tarzda YEKLning bahorgi bos­qichiga yo‘llanma oldi. Qo‘lga kiritilgan mazkur muvaffaqiyatlarga jamoa Frank Shmidt­ning bevosita rahbarligida erishdi.

 MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:48, 20.01.2025. O'qildi: 3460 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.