"Napoli" "Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnachoga qiziqishda davom etmoqda.
Yaqinda neapolliklar "qizil iblislar" ta’kidlayotgan qimmat narx tufayli argentinalik futbolchining transferini amalga oshirishga urinishlarini to‘xtatishga tayyorligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Biroq, insayder Janluka di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, "Napoli" vakillari juma kuni Garnachoning transferini muhokama qilish uchun yana "Manchester Yunayted" bilan bog‘lanishgan.
"Napoli" 20 yoshli futbolchi uchun kurashda "Chelsi"ni mag‘lub etish uchun hamma narsani qiladi. Futbolchining o‘zi Italiyaga ko‘chib o‘tishga intilmoqda.
"Manchester Yunayted" Alexandro Garnachoni sotishdan 65 million yevro ishlab olishni kutmoqda, partenopeyliklar esa 50-55 million taklif qilmoqda.