Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Freestyle Chess. Chorak final, dastlabki o‘yin. Abdusattorov Magnusga yutqazdi, Sindarov esa Nakamura bilan o‘ta qiyin o‘yinda durangga erishdi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / shaxmat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida "2025 Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasida aylanma tizimi yakuniga yetib, bugundan pley-off bosqichi start oldi.

Pley-off bosqichi klassik shaxmatdan iborat bo‘ladi. Shaxmatchilar o‘zaro ikkitadan o‘yin o‘tkazishadi. Ikki o‘yindan keyin durang qayd etilsa, g‘olib taybrekda aniqlanadi.

Nodirbek Abdusattorov bugun qora donalarda Magnus Karlsenga qarshi o‘ynadi. Negadir, bahs boshidanoq hamyurtimizning o‘yini u qadar qovushmadi. Norvegiyalik grossmeyster esa Nodirbekning xatolaridan ustalik bilan foydalandi. 23-yurishga kelib Abdusattorov mag‘lubiyatini tan olishga qaror qildi. Vatandoshimiz ertaga oq donalarda o‘ynaydi.

Javohir Sindarov oq donalarda AQSHlik Xikaru Nakamuraga qarshi o‘ynadi. O‘yinning o‘rtalarigacha vaziyat teng bo‘lib turdi. Ammo hamyurtimizning 2-3 ta kichik xatolari tufayli AQSHlik grossmeyster yutuqli vaziyatni qo‘lga kiritdi. Ya’ni, Xikaru Farzinga chiqishi mumkin bo‘lgan bitta ortiqcha piyodaga bo‘lgandi. Ammo u qancha o‘ylasa ham yutuqqa olib boruvchi yo‘lni topa olmadi. Boz ustiga, shu paytgacha bexato o‘ynab kelayotgan Nakamura 49-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Javohir esa durangga olib boruvchi yagona bo‘lgan ketma-ket 2 ta yurishni topa oldi. Natijada Sindarov juda muhim durangga erishdi. Javohir ertaga Xikaruga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

Bugungi natijalar:

Alireza Firuzja - Vinsent Keymar - 0:1
Javohir Sindarov - Xikaru Nakamura - 0,5 : 0,5
Fabiano Karuana - Gukesh Dommaradju - 1:0
Magnus Karlsen - Nodirbek Abdusattorov - 1:0

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning mukofot jamg‘armasi — 750.000 dollarga teng. G‘olib shaxmatchiga 200.000 dollar beriladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:20, 09.02.2025. O'qildi: 1633 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик