"Benfika" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi pley-off javob bahsida "Monako" bilan durang o‘ynadi - 3:3.
Mezbonlar safida gollarga Kerem Aktyurkoglu, Vangelis Pavlidis va Orkun Kekchyu mualliflik qildi. Mehmonlardan Takumi Minamino, Eliss Ben-Segir va Jorj Ilenixena o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Dastlabki o‘yinda portugallar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "burgutlar" 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
"Benfika" Chempionlar Ligasi 1/8 finalida "Barselona" yoki "Liverpul" bilan o‘ynaydi.
Benfika Portugaliya – Monako 3:3 (1:1, 2:2)
19 fevral, 01:00, «Eshtadiu da Lush»
Gollar: 1:0 – 22 Aktyurkoglu, 1:1 – 32 Minamino, 1:2 – 51 Ben-Segir, 2:2 – 76, penalti Pavlidis, 2:3 – 81 Ilenixena, 3:3 – 84 Kekchyu.
Benfika – Trubin, Alvaro Fernandes, Otamendi, Antoniu Silva, Tomash Arauju, Kekchyu (Rego, 88), Barreyro, Eursnes, Skyellerup (Dal, 58), Pavlidis (Belotti, 87), Aktyurkoglu (Amduni, 58).
Monako – Mayeski, Kayo Enrike (Uattara, 80), Diatta, Mavissa Elebi (Ilenixena, 80), Kerer, Singo, Ben-Segir, Kamara, Akliush, Minamino (Mishal, 87), Embolo (Biret, 65).
Ogohlantirishlar: Akliush (62), Barreyro (67), Amduni (71).