Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Voleybol, O‘zbekiston chempionati: Sirdaryoda Namangan jamoasi, Navoiyda mezbonlar g‘olib bo‘ldi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / https://stadion.uz/uz/news/sections/sport/sports/voleyball
Rukn: Yangiliklar
A A A

Guliston shahrida voleybol bo‘yicha U-17 yosh qizlar, Navoiy shahrida o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati musobaqalari haqiqiy iste’dodlarni kashf etish asnosida g‘olib va sovrindor jamoalar nomini aniqlab berganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida sakkiz kun davom etgan shiddatli va murosasiz o‘yinlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otibgina qolmay, hududiy terma jamoa murabbiylari va O‘zbekiston voleybol federasiyasining seleksioner mutaxassislari uchun kelgusi rejalarni belgilab olish, jamoalarning texnik-taktik imkoniyatlarini tahlil etish, mamlakat milliy terma jamoasiga iqtidorli yoshlarni tanlash imkonini berdi.

Har ikki hududda o‘tgan mamlakat birinchiliklarida 14 ta jamoaning 200 dan oshiq sportchilari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Chempionatlarning yakuniy o‘yinlari sarhisobiga ko‘ra, qizlar o‘rtasida Namangan viloyati voleybolchilari mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, sovrinli o‘rinlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyati jamoalariga nasib etdi.

Navoiyda 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarda mezbonlar – Navoiy viloyati jamoasi shohsupaning eng yuqorisidan joy egalladi. 2 va 3-o‘rinlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Sirdaryo jamoalariga tegishli bo‘ldi.

Sirdaryo va Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati O‘zbekiston chempionatlarning uyushqoqlikda tashkil etilishida, hududlardan kelgan jamoalarga yetarli shart-sharoitlar yaratilishida shaxsiy namuna ko‘rsatganligi e’tiborli bo‘ldi.

Chempionatlar yakunida g‘olib va sovrindorlar Sport vazirligi, O‘zbekiston voleybol federasiyasi va Sirdaryo viloyat hokimligi tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kiritildi: 14:56, 08.03.2025. O'qildi: 567 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик