Andrey Shevchenko UEFA Ijroiya qo‘mitasiga saylovlardagi mag‘lubiyatini siyosat bilan bog‘ladi.
«Avvalo, UEFA Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga meni nomzod qilib ko‘rsatgan viloyat futbol associasiyalari va UAF Ijroqo‘miga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.
Men ushbu ikki oylik kampaniya uchun jamoamizga va deyarli barcha bilan shaxsan uchrashish yoki muloqot qilish imkoniyati uchun milliy assosiasiyalarga minnatdorchilik bildiraman.
Hayotim va faoliyatim davomida men asosiy tamoyil – sportga amal qildim. Men adolatli, ochiq va oshkora ishlashga odatlanganman.
Ammo, afsuski, so‘nggi kunlarda biz siyosiy jihatlar tufayli Ukrainani va shaxsan meni UEFA boshqaruv organida ko‘rishni istamasliklari haqida ma’lum signallarni oldik. Buni qurultoyning o‘zida sodir bo‘lgan keyingi voqealar ham tasdiqladi. Shu munosabat bilan men va Ukraina uchun ovoz bergan milliy birlashmalarga chin dildan minnatdorman.
Biz o‘z pozisiyamizni o‘zgartirmaymiz va futbolimizdagi islohotlarni davom ettiramiz", - deya Shevchenkoning so‘zlarini keltiradi UAF.