"Inter" himoyachisi Benjamen Pavar Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqish masalasiga izoh berdi. Chorak finalda uning jamoasi "Bavariya"dan ustun keldi. Germaniyadagi dastlabki uchrashuv "neradzurrilar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa, Milanda raqiblar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Yarim finalda "Inter" "Barselona" bilan kuch sinashadi.
"Biz tishlarimizni g‘ichirlatib, sabr qildik. Himoyada yaxshi o‘ynash muvaffaqiyatga erishish kaliti bo‘lishini bilardik. Vazifamizni juda a’lo darajada bajardik. Shuncha uzoq yo‘lni bosib o‘tganimizdan keyin, endi o‘zimizga hech qanday cheklov qo‘ymaymiz. Davom etishni istaymiz. Bizda ajoyib jamoa bor, ikki yildan buyon biz bilan samarali ishlab kelayotgan zo‘r murabbiylarimiz bor," - deb keltiradi Pavarning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti.