Bugun “Navbahor” jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” stadionga niderlandiyalik futbol mutaxassisi Aleks Mos va Jahon bankining O‘zbekistondagi loyiha menejeri Ramin Gasanovlar tashrif buyurishdi.
Ta’kidlash joizki, Aleks Mos murabbiy sifatida O‘zbekiston-U-18, U-19 va U-20 terma jamoalari, shuningdek, mamlakatimizning “Chig‘atoy”, “Paxtakor”, Indoneziyaning “Borneo” klublarida faoliyat yuritgan.
Martabali mehmonlarni “Markaziy” stadionda “Navbahor” PFK vise-prezidenti Otabek Samatov, Namangan viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i Akram Dedabayev hamda viloyatimiz futboli mutasaddilari kutib olishdi va ularga hamrohlik qilishdi.
Mehmonlar klubimiz ofisi, “Markaziy” stadioni hamda zaxira maydoni, “Navbahor” jamoasi qarorgohi, jamoamizning kiyim almashtirish xonalarini ko‘zdan kechirgan holda, klub infratuzilmasi bilan tanishishdi va kelajakda Yevropa klublari bilan hamkorlik masalalarida fikr almashishdi.
Bundan tashqari, martabali mehmonlar Namangan viloyati futbol akademiyasi, viloyat futbol maktablariga ham safar uyushtirishdi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.