2025 yilning 21-23 iyul kunlari jahon madaniyati markazi – Parij shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun ochiq xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa Yevropa kurash konfederasiyasi, Fransiya kurash federasiyasi va O‘zbekiston kurash federasiyalari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. O‘tgan yili Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan Parij bu safar kurash yulduzlarini o‘z safiga to‘playdi. Turnir nafaqat musobaqalar maydoniga, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamkorlik timsoliga aylanib bormoqda.
Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan ushbu ochiq xalqaro turnirda erkaklar -90 kg, +90 kg; ayollar esa -70 kg, +70 kg vazn toifalarida o‘zaro bellashadilar.
Xalqaro turnir Parij shahrining “Emil Anthoine Stadium” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Mukofot fondi 30 000 yevroni tashkil qiladi va o‘rinlar miqyosida Xalqaro kurash assosiasiyasi reyting tizimida ball beriladi.