Joze Mourinyo nima uchun o‘zini tarixdagi eng yaxshi murabbiylardan biri deb bilishini tushuntirdi.
- "Portu" bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish "Barselona" bilan Chempionlar ligasini yutish bilan bir xil emas. "Inter" bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish "Real" bilan Chempionlar ligasini yutish bilan bir xil emas.
Siz shunday deyishingiz mumkin: "Yaxshi, lekin siz "Real Madrid"da bo‘lgansiz va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonmagansiz." Men Chempionlar ligasida g‘olib chiqmadim, lekin chempionlik va kubokni qo‘lga kiritdim, dunyoning eng yaxshi jamoasi bo‘lmish "Barselona"ni mag‘lub etdim va "Real Madrid"da "Barselona" ustunligining katta siklini buzdim.
Men "Roma" bilan g‘alaba qozongan so‘nggi Yevropa kubogi (Konferensiyalar ligasi - tahririyat) "Roma"ning birinchi va yagona yevrokubogi edi. Demak, mening yutuqlarim nafaqat unvonlarim soni, balki ularni qo‘lga kiritish yo‘llarim ham... Men eng zo‘rlardanman, agar kimdir yo‘q desa, ularga qo‘shilmayman.
- O‘zingizni barcha davrlarning eng yaxshi murabbiylaridan biri deb hisoblaysizmi?
- Albatta.
- Nega?
- G‘alabalar tufayli", - dedi "Fenerbaxche" bosh murabbiyi SportyNet nashriga bergan intervyusida.