Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xabi Alonso: «Tanaffus oldidan ijobiy natijaga erishmoqchimiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

«Madrid» bosh murabbiyi 30 avgust kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadigan La Liganing uchinchi tur uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkazdi.

O‘yin haqida
«Biz mavsumga tayyorgarlikning dastlabki uchta uchrashuvdan iborat deyarli yakuniy bosqichini yuqori nota bilan yakunlamoqchimiz. «Ovyedo»ga qarshi o‘yinda olg‘a qadam tashladik, endi «Malyorka»ga qarshi yana bir qadam tashlab, o‘z maydonimizda yaxshi o‘yin ko‘rsatishni istaymiz. Biz muxlislar jamoadan mamnun bo‘lishini, tanaffus oldidan ijobiy natijaga erishishni xohlaymiz».

Chempionlar Ligasi qur’asi haqida
«Raqiblar bizga motivasiya beradi. Qozog‘istonga safar — bu ma’lum ma’noda chaqiriq. Qanday ishonch bilan bundan chiqishimizni ko‘ramiz. Bu o‘zgacha holat. Biz logistikani iloji boricha qulay qilishimiz kerak bo‘ladi».

Sebalyos haqida
«Men u bilan gaplashdim, hech narsa o‘zgarmagan. U shu yerda, jamoamizning bir qismi. Dani jamoa bilan bo‘lganidan xursandman. Barcha tafsilotlarni o‘zi yaxshiroq aytsa kerak, ammo qaror oxirgidek ko‘rinadi».

Valverde haqida
«Men Fedeni juda yaxshi ko‘ryapman. U jamoaning asosiy o‘yinchisi va yetakchisi. Buni maydonda ko‘rsatmoqda va sheriklariga ilhom beradi. Uning ilk o‘yinlari Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida omadli o‘tdi, hozir ham hech narsa o‘zgarmagan. U har qanday o‘yin uslubiga moslasha oladi. Biz unga yaqinda ish boshladik, lekin undan juda mamnunman».

Vinisius haqida
«Men Vinidan juda mamnunman. Bu haqda yaqinda «Ovyedo»ga qarshi o‘yindan so‘ng ham aytgandim. U zaxiradan maydonga tushib, jamoaga ta’sir ko‘rsata olishini ko‘rsatdi. Undan a’lo mavsum o‘tkazishini istayman. Biz endigina boshladik, har bir o‘yinchi muhim. U «Madrid»da qila olgan ishlarini va biz undan bu mavsumda nima kutmoqdamiz, hisobga olsak, u asosiy o‘yinchiga aylanadi».

«Bizda asosiy tarkibdan 25 nafar futbolchi va «Kastilya»dan bir nechta o‘yinchi bor. Asosiysi — jamoaviy ruh, har bir o‘yinchi bu yerda o‘z hissasini qo‘shishga kelganiga va unda imkoniyat borligiga ishonishi. Bu birdamlik va ishonch asosiy poydevor hisoblanadi. Har bir o‘yinchi muhim. Vini muhim, Valverde muhim, Kurtua muhim. Har biri juda muhim».

Kamavinga haqida
«Men uning qaytib kelishini ortiqcha sabrsizlik bilan kutyapman. Unda men ko‘rmoqchi bo‘lgan barqarorlik yo‘q edi. Ammo u jamoaga o‘z hissasini qo‘shadi, chunki zamonaviy futbolchida bo‘lishi kerak bo‘lgan ko‘p fazilatlarga ega. U dinamik va o‘ziga mos o‘rin topadi. Bundan tashqari, jamoadoshlari uni juda yaxshi ko‘rishadi».

Xyoysen haqida
«Har kim hammasini qila bilishi kerak. Din bizga juda ko‘p yordam bermoqda. Uning himoyadagi tanaffuslari, oraliq va uzoq paslarni topib berish mahoratlari bor. Din klub uchun strategik jihatdan muhim transfer. Qancha yaxshiroq chiziqlarni bog‘lasak, o‘yinimiz shuncha muvozanatli va barqaror bo‘ladi».

Rodrigoning pozisiyasi haqida
«U turli pozisiyalarda o‘ynagan. Esimda, uni «9»-raqam va «10»-raqamda ko‘rgandim. O‘tgan yili u o‘ng qanotda to‘p surdi. Lekin menimcha, u chap vinger sifatida a’lo o‘ynaydi. Bir necha o‘yinlarda kam maydonga tushganidan so‘ng, jamoaning dinamikasini his qilishi unga muhim edi».

«Madrid» futbolchilari terma jamoada
«Qaysi futbolchilarni chaqirishni Luis de la Fuente hal qiladi va men uning qarorini hurmat qilaman. Kelajakda biz terma jamoaga ko‘proq o‘yinchi berolamiz, deb umid qilaman, bu biz uchun ham foyda keltiradi. Karvaxalning terma jamoaga qaytganidan xursandman».

Manba: fondoruso.ru
Kiritildi: 15:02, 30.08.2025. O'qildi: 1110 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик