«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardioladan jamoaning o‘yin uslubi o‘zgargan-o‘zgarmagani haqida so‘rashdi.
«Ha, 18 ta sovrinni qo‘lga kiritgandan keyin uslubimni albatta o‘zgartiraman. Premyer-ligada to‘rt yil ketma-ket g‘olib chiqqanimdan keyin jamoalarim qanday o‘ynashi kerakligi haqidagi falsafamni o‘zgartirib yuborishim kerak, to‘g‘rimi?.. Yo‘q, hech qachon o‘zgarmayman!
Agar biz raqib maydonida to‘pni yuqoridan qaytarib olsak, tezkor hujum qilishni xohlayman. Agar raqib yuqori pressing qilsa, birga-bir o‘ynasa va biz birinchi bosim to‘lqinidan chiqib olsak – shunda ham tezkor hujum qilishni xohlayman. Lekin keyin... men to‘pni minglab zerikarli uzatmalar bilan aylantirishni juda yaxshi ko‘raman. Men bundan zavq olaman.
Men jamoamning to‘pni nazorat qilishini, o‘ynashini, pas berishini yaxshi ko‘raman. Lekin ba’zi vaziyatlarda tezkor hujum qilish ham kerak. Biz buni birinchi kundanoq qilamiz: Leroy Sane va Rahim Sterling mashinadek yugurardi, biz juda tezkor hujum qilardik...» – dedi Gvardiola.