Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining beshinchi kungi bahslaridan nimchorak bosqich janglari o‘rin olgan. G‘oliblar chorak finalga yo‘l oladi.
Bugungi dasturda 7 nafar yurtdoshimiz ringga ko‘tariladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Anna Lakotar (Vengriya) A ring. 16:30
-70 kg: Shavkatjon Boltayev - Bernad Martinez (Ispaniya) A ring. 17:45
-90 kg: To‘rabek Habibullayev - Vagkan Nanitzanian (Gresiya) B ring. 18:45
-65 kg: Navbahor Hamidova - Oshin Deriyeuv (Belarus) B ring. 22:00
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Jiuseppe Kanoniko (Italiya) A ring. 23:00
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Sultan Osmanli (Turkiya) B ring. 00:00
+90 kg: Jahongir Zokirov - Nikita Putilov (Germaniya) A ring. 01:45
Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan, birinchi dastur 16:00 da va kechki dastur 22:00 da boshlanadi.