"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Ruben Diash Premyer-liga doirasidagi Londonning "Arsenal" klubiga (1:1) qarshi o‘yindagi durang haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
"Shaharliklar" o‘yin boshida Erling Xolanning harakatlari bilan oldinga o‘tib olgandi, ammo qo‘shib berilgan daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
"Biz safarda muhim ochkoni qo‘lga kiritdik, ammo oxirida gol o‘tkazib yuborish juda alamli - g‘alaba juda yaqin edi. To‘pga egalik qilish borasida biz uchun noodatiy o‘yin bo‘ldi, lekin baribir o‘zimizni ko‘rsatdik, birdamlikda harakat qildik, g‘alaba uchun o‘ynadik. Chidash kerak bo‘lgan paytlarda biz buni munosib qabul qildik."
"Ha, "Arsenal" to‘pga ko‘p egalik qildi, ammo biz vaziyatni to‘liq nazorat qilayotgandek his qildim. Raqib haqiqiy xavf tug‘dirmayotgandek tuyuldi, ammo yakunda gol o‘tkazib yubordik. Umid qilamanki, bundan xulosa chiqaramiz," - dedi Diash o‘yindan keyingi intervyusida.