Saudiya Arabistoni chempionatining 7-turida "An-Nasr" o‘z maydonida "Al-Feyha"ni mag‘lub etdi - 2:1.
Mezbonlar tarkibida ikkala golga ham Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi, u 37-daqiqada o‘yindan gol urib, qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltidan unumli foydalandi. Bu gollar 40 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun professional faoliyatidagi 951 va 952-gollari bo‘ldi.
"An-Nasr" 21 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Ronaldu Saudiya Arabistoni klubida 2023 yilning yanvaridan buyon to‘p tepib kelmoqda.
Saudiya chempionati. 7-tur
1 noyabr, shanba, 22:00
An-Nasr - Al-Fayha - 2:1
Gollar: Yason Remeseyro, 13 (0:1). Krishtianu Ronaldu, 37 (1:1). Krishtianu Ronaldu, 90+14 - penaltidan (2:1)
An-Nasr: Al-Akidi, Al-Amri, Inigo Martines, Al-Bushal (Al-Xaibari, 46), Al-Gannam, Brozovich (Kamara, 90, Al-SHarari, 90+16), Anjelu Gabriel (Al-Nadjei, 76), Koman, Mane (Uesli Teysheyra, 90), Krishtianu Ronaldu, Joau Feliks
Al-Fayha: Moskera, Smolling, Semedu, Vilyanueva, Al-Xatxi (Al-Bishi, 74), Benzia, Bamsaud, Al-Bakavi (Al-Anzi, 90+4), Yason Remeseyro (Al-Saxafi, 90+4), Enad (Ganvula, 79), Sakala
Ogohlantirishlar: Brozovich, 43. Joau Feliks, 63 - Al-Bakavi, 22. Al-Xatxi, 28