«Barselona» Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘z maydonida «Elche»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Hisob 9-daqiqada mezbonlar hujumchisi Lamin Yamal tomonidan ochildi. Ortidan 11-daqiqada Ferran Torres oradagi farqni oshirib, «ko‘k-anorranglilar» ustunligini mustahkamladi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida «Elche» safida Rafael Mir bir gol urib hisobni qisqartirdi, ammo 61-daqiqada Markus Reshford kataloniyaliklarning uchinchi golini urdi.
Yarim himoyachi Fermin Lopes bu bahsda ikki bor golli uzatma berib, jamoa g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
11-turdan so‘ng «Barselona» 25 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Elche» esa 14 ochko bilan to‘qqizinchi pog‘onada joylashgan.
La Liga. 11-tur
2 noyabr, yakshanba, 22:30
Barselona - Elche - 3:1
Gollar: Yamal, 9 (1:0). Torres, 11 (2:0). Mir, 42 (2:1). Reshford, 61 (3:1)
Barselona: Shesni, Balde (Martin, 74), Garsiya, Arauxo, Kunde, Fermin Lopes (Olmo, 66), Kasado, de Yong, Reshford (Levandovski, 74), Torres (Fernandes, 88), Yamal (Bardji, 88)
Elche: Penya, Nunyes, Bigas (Fort, 70), Affengryuber, Pedrosa (Donald, 82), Aguado, Mir, Febas, Neto (Mendosa, 46), Valera (Santyago, 70), Andre Silva (Rodriges, 74)
Ogohlantirishlar: Neto, 35