Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Prezident Olimpiadasiga start berildi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 noyabr kuni Olimpiya shaharchasidagi stadionda Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Katta sport bayramiga chorlov musiqasi yangradi. Stadionga hududiy saralash musobaqalaridan muvaffaqiyatli o‘tgan sportchilar va jamoalar, jahon, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari chempionlari chiqib keldi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

– Bugun Yangi O‘zbekiston timsoli bo‘lgan mana shu muazzam Olimpiya shaharchasida sizlar bilan birga Prezident Olimpiadasi o‘yinlariga start bermoqdamiz. Mamlakatimizda birinchi marta o‘tkazilayotgan, butun yurtimiz yoshlarini olimpiya harakatining ezgu g‘oyalari asosida birlashtirayotgan ushbu sport bayrami barchamizga muborak bo‘lsin! – dedi davlatimiz rahbari.

Islohotlarning ilk kunlaridanoq barcha sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

So‘nggi sakkiz yilda byudjetdan sportga berilayotgan yillik mablag‘ 250 milliard so‘mdan 3 trillion so‘mga oshdi, sport murabbiylarining o‘rtacha maoshi 7 barobar ko‘paydi, 250 dan ziyod yirik sport ob’ektlari yangidan qurildi, 100 ga yaqini rekonstruksiya qilindi.

Mahallalarda, ayniqsa, chekka-chekka qishloqlarda 2 mingga yaqin sport maydonchalari barpo etildi, 14 ta Olimpiya va Paralimpiya markazlari to‘liq zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlandi.

Bu ishlar yurtimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishishi va sporti yuksak rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishiga mustahkam zamin yaratmoqda.

Jumladan, Parij Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida mard va bahodir sportchilarimiz chinakam jasorat ko‘rsatib, 13-o‘rinni egalladi. Ana shunday zafarli yurishning davomi sifatida joriy yilda yoshlarimiz jahon universiadasida 13-o‘rinni, Bahraynda o‘tkazilgan Yoshlar o‘yinlari va Saudiya Arabistonidagi Islom birdamligi musobaqalarida faxrli 2-o‘rinni egalladilar.

Ayniqsa, o‘g‘il-qizlarimiz jahon, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida 50 dan ortiq rekord natijalarga erishgani yurtimizning xalqaro Olimpiya harakatidagi o‘rni va nufuzini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani xalqimiz 34 yil kutgan tarixiy voqea bo‘ldi.

– Hech shubhasiz, Yangi O‘zbekistonning sport tarixini yuzlab irodasi mustahkam, jasur va matonatli, yuksak intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlarimiz yaratmoqda. Ana shunday qahramon sportchilarimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Ularning boshi uzra Vatanimiz bayrog‘i hamisha mag‘rur hilpirab tursin! – dedi Prezidentimiz.

Bugungi kunda dunyoda barcha sohalar qatori sport olamida ham keskin kurash va raqobat kechayotgani ta’kidlandi. Bu esa nufuzli xalqaro sport musobaqalari, jumladan, Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik tizimini yanada takomillashtirishni talab etmoqda.

Bu ishlarni eng quyi bo‘g‘in bo‘lgan mahalladan boshlash uchun joriy yil besh bosqichli ommaviy sport musobaqalari bilan 15 million aholi qamrab olindi. Adaptiv sportga berilayotgan e’tibor tufayli so‘nggi uch yilda parasportchilar soni qariyb yetti karra oshib, 70 mingdan ortiq nogironligi bor shaxslar ommaviy sportga jalb etildi.

Sohani raqamlashtirish va shaffofligini oshirish hisobiga barcha 10 ming maktab va 9 ming mahalladagi o‘g‘il-qizlar o‘z salohiyatini namoyon qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Endi eng iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish va ularni katta sportga yo‘naltirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim – Prezident Olimpiadasi o‘yinlari boshlanmoqda.

Musobaqaning tuman va viloyat bosqichlarida umumta’lim maktablaridagi sport to‘garaklari, xususiy sport klublari va 310 ta sport maktabidan 100 mingdan ortiq yoshlarimiz ishtirok etdi.

Eng yuqori natijaga erishgan 3 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar Prezident Olimpiadasiga keldi. Ular sportning 10 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro bellashuvlarni boshladi.

G‘oliblar maxsus sovrinlar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Eng asosiysi, ular terma jamoalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltiriladi.

A’lo darajadagi tayyorgarlikni davom ettirish uchun ular Olimpiya va Paralimpiya markazlariga qabul qilinadi va har biriga stipendiya beriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, bundan buyon har yili o‘tkaziladigan Prezident Olimpiadasi yangi iqtidorlarni kashf qilib, samarali seleksiya tizimiga aylanadi.

Kelgusi yildan boshlab, suv sporti, velosport, triatlon, qilichbozlik va jamoaviy o‘yinlar bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazilib, Prezident Olimpiadasidagi sport turlari 20 taga yetkaziladi.

2026 yilda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi, 2027 yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati hamda 2029 yilda Yoshlar Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

– Bunday yirik musobaqalar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun katta bayram, katta mahorat maktabi bo‘ladi, mamlakatimizning do‘stlik va hamkorlik diyori sifatida xalqaro obro‘-e’tiborini yanada oshiradi. Prezident Olimpiadasi tizimi esa hech shubhasiz, bunday musobaqalarga javohir sportchilarni tanlab olishga, xususan, 2028 yilda Los-Anjelesda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun har bir hududdan lisenziyalar sonini ko‘paytirishga xizmat qiladi, – dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari xushxabarni e’lon qilish uchun nutqida tanaffus qildi. Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi finalida grossmeysterimiz Javohir Sindarov g‘alaba qozongani haqidagi yangilik gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.

So‘zini davom ettirar ekan, Prezidentimiz sportning tarbiyaviy ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Turli zararli g‘oya va ta’sirlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab davrda yosh avlodimizni har tomonlama sog‘lom etib tarbiyalash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

– Men bu borada sportni tarbiyadan, tarbiyani esa sportdan ayri holda tasavvur etolmaydigan sizdek hurmatli sportchilar, faxriylarimiz va ustoz-murabbiylarga tayanaman, – dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida Olimpiada ishtirokchilariga omad va zafarlar tiladi.

Stadionga O‘zbekiston bayrog‘i olib chiqildi va ko‘tarildi, mamlakatimiz madhiyasi ijro etildi.

Olimpiya mash’alasi yoqilib, katta sport bayrami boshlandi. Tadbir teatrlashtirilgan madaniy dastur bilan davom etdi.

Marosimdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari grossmeysterimizni Hindistonda o‘tgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida erishgan g‘alabasi bilan o‘z nomidan va barcha yurtdoshlarimiz nomidan qizg‘in tabriklab, ushbu tarixiy voqea butun xalqimizni quvontirganini ta’kidladi. Yosh sportchimizga kelgusi yilda Kiprda bo‘lib o‘tadigan Da’vogarlar turnirida muvaffaqiyatlar tiladi.

Manba: president.uz
Kiritildi: 22:41, 26.11.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик