"Real" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o‘rin olgan bahsda "Olimpiakos"ni safarda mag‘lub etdi - 4:3.
Mehmonlar safida Kilian Mbappe poker qayd etdi. Dastlabki uchta golni fransuz yetti daqiqa ichida - 22-daqiqadan 29-daqiqagacha urdi. Vinisius Junior ikkita assistni amalga oshirdi. Mezbonlar safida Chikinyo, Mehdi Taremi va Ayub El-Kaabi bittadan gol urgan.
"Real" ochkolarini 12taga yetkazib, Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Madridliklar navbatdagi o‘yinda 10 dekabr kuni "Manchester Siti"ni qabul qiladi.
"Olimpiakos" 2 ochko bilan 33-pog‘onada bormoqda. Gresiya klubi keyingi turda "Qayrat" mehmoni bo‘ladi.