Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nottingem Forest - Nyukasl

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Asilbek Aliyev: «Bu men uchun yangi bosqich, yangi imkoniyat»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Andijon
Rukn: Intervyular
A A A

«Andijon»ga yangi taklif qilingan futbolchilar orasida iqtidorli hujumchi Asilbek Aliyev ham bor.

O‘tgan yili U-17 terma jamoamiz safida Osiyo chempioni va to‘purari bo‘lgan futbolchi endilikda bor e’tiborini «Andijon»dagi faoliyatiga qaratgan.

Iqtidorli o‘yinchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Tanishuv va hissiyot

— Asilbek, «Andijon» klubiga xush kelibsiz! Ilk his-tuyg‘ularingiz qanday?
— Katta rahmat! «Andijon» kabi katta klubga qo‘shilganimdan juda xursandman. Bu men uchun yangi bosqich, yangi imkoniyat. Shu yerda o‘zimni ko‘rsatishni va jamoaga yordam berishni xohlayman.

— «Andijon»ga o‘tish qarori qanday qabul qilindi? Bu qaror ortida nima turibdi?
— Bu qarorni oilam va murabbiylarim bilan maslahatlashib qabul qildim. «Andijon» menga ishonch bildirdi. Xudo xohlasa, men bu ishonchni oqlash uchun bor kuchimni sarflayman.

— Jamoa va muhit haqida ilk taassurotlaringiz?
— Rostini aytsam, jamoaga kelganimda hamma meni juda iliq qarshi oldi. Ham o‘yinchilar, ham murabbiylar. Barchasi ochiq va do‘stona. Ilk kunlardanoq o‘zimni yangi muhitda emas, balki tanish joydagidek his qildim. Mashg‘ulotlar yaxshi kayfiyatda o‘tyapti. Barchasi bir maqsad yo‘lida mehnat qilishyapti. Shuning uchun moslashish ham men o‘ylagandek qiyin bo‘lmadi.

Terma jamoa va katta tajriba

— U-17 Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lish va to‘purar bo‘lish — bu siz uchun nimani anglatadi?
— Bu mening hayotimdagi eng yorqin lahzalardan biri. Bu natija faqat mening emas, butun jamoaning mehnati samarasi. Osiyo chempioni bo‘lish — bu ko‘p narsani anglatadi. Asosiysi, to‘xtab qolish yo‘q. Yana kelayotgan Osiyo chempionatida biz yanada kuchliroq bo‘lib borishimizni va chempionlikni yana O‘zbekistonga olib kelishni anglatadi, deb o‘ylayman.

— Jahon chempionatida ishtirok etish yosh futbolchi sifatida sizni qanday o‘zgartirdi?
— Menga katta tajriba berdi. Dunyodagi kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash orqali qaysi jihatlarda o‘zim ustida ishlashim kerakligini angladim.

— Terma jamoada o‘ynagan o‘yinlardan qaysi biri xotirangizda eng ko‘p qolgan?
— Terma jamoada eng esda qoladigan o‘yinim bu Saudiya Arabistoniga qarshi bo‘lgan uchrashuv. Ikki futbolchi kam bo‘lib yutgan o‘yinimiz. Mana shunisi, menimcha, eng esda qolarlisi.

«Andijon»dagi maqsadlar

— «Andijon» klubi oldida qo‘ygan shaxsiy maqsadlaringiz qanday?
— Asosiy maqsadim — jamoaga foyda keltirish va ishonchni oqlash. Albatta, ko‘proq gollar urishni ham xohlayman.

— Bu jamoada o‘zingizni qaysi pozisiyada eng yaxshi ocha olasiz?
— Hujumchi sifatida, agarda zarur bo‘lsa, qanotlarda ham o‘ynay olaman.

— Muxlislar sizdan qanday Asilbek Aliyevni ko‘rishadi?
— Jangovar, maydonda fidoyi va oxirigacha kurashadigan Asilbekni.

Rivojlanish va xarakter

— O‘zingizni qaysi jihatingiz bilan boshqa hujumchilardan farq qilaman, deb o‘ylaysiz?
— Ko‘proq korpusda o‘ynashim, himoyaga qaytib yordam berishim va o‘yin davomida gapirib o‘ynashim bilan farq qilaman.

— Qiyin paytlarda sizni ruhlantiradigan inson yoki so‘z bormi?
— Oila va ota-onamning so‘zlari. Ular doim ishonadi va har narsa mehnatga bog‘liqligini aytishadi.

— Futbolda o‘zingizga namuna deb bilgan hujumchi kim?
— Obameyang. Uning tezligi, golni sezishi va harakatlanishi menga juda yoqadi.

— Muxlislar sizdan maydonda nimani kutishlari mumkin?
— Muxlislar mendan har bir o‘yinda bor kuchim bilan kurashishimni kutishlari mumkin. Har doim jamoa uchun maydonda ham, maydon tashqarisida ham borimni berishga harakat qilaman. Ularga nafaqat gollar, balki, Xudo xohlasa, mehnat va jonkuyarligimni ko‘rsatmoqchiman.

Qisqa blits savollar

— Gol urishmi yoki jamoaga foyda keltirish?
— Jamoaga foyda keltirish.

— Chap oyoqmi yoki o‘ng?
— Ikkalasi ham farqi yo‘q. Lekin ko‘pincha o‘ng oyoq.

— So‘nggi golingiz — qaysi o‘yinda?
— So‘nggi golim «Andijon» darvozasiga bo‘ldi.

— Orzu: Yevropada o‘ynash yoki terma jamoada yetakchi bo‘lish?
— Xudo xohlasa, ikkalasi ham mening orzuyim.

— Eng kuchli jihatingiz?
— Eng kuchli jihatim — kuchli zarbam bo‘lsa kerak.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:30, 18.01.2026. O'qildi: 2440 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик