Bugun 12 avgust, 2026 yil, chorshanba.

  • Superliga
      • 13.08.2026 19:00
      • Surxon
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 13.08.2026 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Neftchi
      • 13.08.2026 20:30
      • Buxoro
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar.

16-тур So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-тур Paxtakor 2-2 Buxoro
16-тур Surxon 0-1 Navbahor
16-тур Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-тур Xorazm 2-0 Mash’al
16-тур Neftchi 5-0 Qizilqum
16-тур Bunyodkor 2-3 OKMK
16-тур Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

13/08/26 Surxon - So‘g‘diyona
13/08/26 Andijon - Neftchi
13/08/26 Buxoro - OKMK
14/08/26 Navbahor - Bunyodkor
14/08/26 Dinamo - Xorazm
14/08/26 Qizilqum - Mash’al
15/08/26 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08/26 Nasaf - Paxtakor

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11972 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.08.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.08.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.08.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.08.2026

      07:00 Снукер. Chinese Open. Первый раунд.
      09:00 Велоспорт. Тур де Франс. Этап 19. Мужчины.
      10:30 Снукер. Chinese Open. Первый раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Chinese Open. Второй раунд. Прямая трансляция.
      14:30 LIVE Легкая атлетика. Чемпионат Европы. Бирмингем. День 3. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Снукер. Chinese Open. Второй раунд. Прямая трансляция.
      20:00 Легкая атлетика. Чемпионат Европы. Бирмингем. День 2.
      21:00 Трейлраннинг.
      21:30  Трейлраннинг. Премьера.
      22:00 Легкая атлетика. Чемпионат Европы. Бирмингем. День 2.
      23:00 LIVE Легкая атлетика. Чемпионат Европы. Бирмингем. День 3. Прямая трансляция.
      02:00 Американский футбол. Hard Knocks.
      03:00 Покер.
      04:00 Снукер. Chinese Open. Второй раунд.
      04:30 Велоспорт. Тур де Франс. Этап 20. Мужчины.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FA prezidenti: “Futbolni raqamlashtirish va korrupsiyani yo‘q qilish orqali yutuqlarga erishamiz”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Rasmiy tadbirlar / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov kongressida Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov O‘FA prezidenti lavozimiga, shuningdek birinchi vise-prezident Ravshan Ermatov va vise-prezident Odil Ahmedov o‘z lavozimlariga qayta saylandi.

Kongressda O‘FA prezidenti so‘zga chiqib, futbolni korrupsiyadan butunlay holi qilish va raqamlashtirishning ahamiyati haqida gapirdi.

“Agar futbolda korrupsiya bo‘lmasa, ertaga davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘taradigan, xalqaro maydonda o‘zbek g‘ururi va millatini namoyish qiladigan sportchilarni yetishtiramiz”, dedi Bahodir Qurbonov.

O‘FA prezidentining aytishicha, davlat rahbarining 2025 yilda futbol sohasini raqamlashtirishga qaratilgan qarori qabul qilingan bo‘lib, unda futbolchilarning mashg‘ulot jarayoni, jismoniy va funksional ko‘rsatkichlarini onlayn monitoring qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

“Natijada ilk bor futbol sohasida shaffoflikni ta’minlash va inson omilini keskin qisqartirish maqsadida futbolimiz to‘liq raqamlashtirildi. Men buni bejiz ta’kidlayotganim yo‘q. Prezident e’tibori, raqamlashtirish va korrupsiyani yo‘q qilish qanday yutuqlarga olib kelishini futbol orqali ko‘rsatishimiz kerak”, dedi u.

Bahodir Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillarda futbol sohasi raqamlashtirilmagani sababli futbolchilar haqida yagona milliy ma’lumotlar bazasi mavjud bo‘lmagan, bu esa klublarning transfer mexanizmlari orqali mashg‘ulotlar uchun kompensasiya olishini cheklab kelgan. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida inson omilini minimallashtiruvchi va shaffof seleksiyani ta’minlovchi milliy elektron futbol platformasi ishga tushirilgan.

“Endilikda futbol maktabiga kelgan har bir bola va murabbiy elektron ro‘yxatga olinadi. Futbolchilarning professional o‘sish ko‘rsatkichlari tizimga kiritilib, doimiy monitoring qilinadi. Platformada ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi uchun klubga FIFA transfer to‘lovlari orqali daromad olish imkoniyati yaratiladi”, dedi O‘FA prezidenti.

Iqtidorli futbolchilarni aniqlash uchun malakali tahlilchilar jalb etilgan holda Situation markaz tashkil etilgan. Ushbu markaz orqali mamlakatdagi barcha futbol seksiyalaridagi mashg‘ulotlar onlayn nazorat va tahlil qilinadi.

Shu bilan birga, O‘FA rahbari futbolni rivojlantirish faqatgina assosiasiya zimmasidagi vazifa emasligini ta’kidladi.

“Bu yo‘lda har bir mutaxassis, ilmli inson va hatto muxlislarning ham yordami zarur”, dedi u.

Platforma orqali futbol muxlislari uchun ham ochiqlik ta’minlanadi. Endilikda ular hakamlarning qarorlari, sariq va qizil kartochkalar, penaltilar hamda hakamlarning yugurish masofalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan ochiq tanishish imkoni yaratiladi.

Hakamlik tizimini rivojlantirish borasida esa yangi avlod hakamlarini tayyorlash rejalashtirilgan. Ular FIFA va OFK elit hakamlar akademiyalarida tahsil oladi, hakamlik faoliyatiga zamonaviy talablar joriy etiladi.

Ayollar futboli ham alohida e’tiborda bo‘ladi. O‘FA prezidenti Ayollar futbol akademiyasini tashkil etish bo‘yicha Prezidentga taklif kiritilishini va bu yo‘nalishda tizimli ishlar olib borilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik kuchaytiriladi. Futbol metodikasi bo‘yicha OAV vakillari uchun qo‘shimcha darslar va seminarlar tashkil etiladi, ochiq muloqot yo‘lga qo‘yiladi.

Futbol akademiyalariga qabul qilinmagan bolalar uchun qayta tayyorlov tizimi yaratiladi. Endilikda futbolchilarni saralashda ilmiy yondashuv asosiy mezonlardan biri bo‘ladi.

Bundan tashqari, 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu borada izchil ishlar olib boriladi. O‘FA Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga barcha zarur sharoitlarni yaratib berishini ma’lum qildi.

Futbolni raqamlashtirish tizimi yanada takomillashtirilib, milliy platforma FIFA Connect tizimi bilan integrasiya qilinadi. Yosh futbolchilarning tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilishda sun’iy intellekt asosidagi sinov loyihasi amalga oshiriladi. Shuningdek, legioner futbolchilarning o‘yinlari har bir uchrashuvdan so‘ng platformaga kiritib boriladi.

O‘FA prezidenti nutqining eng muhim qismida seleksiya jarayonidagi adolatsizlikka keskin e’tibor qaratdi:

“Futbol maktabini tamomlab, 14 yoshdan futbol maktabiga kelgan futbolchini imtihon orqali qabul qilayotganda, biz kimni olyapmiz, baho adolatlimi yoki qarindosh-urug‘chilikka yo‘l qo‘yyapmizmi — mana shu savollarga javob berishimiz kerak. Agar bu bilan kurashmasak, ertaga jahon futbolida yulduz bo‘lishi mumkin bo‘lgan iqtidorlarni yo‘qotamiz”, dedi u.

Yakunda u O‘zbekiston futboli yuksalishi uchun O‘FA, klublar, akademiyalar, OAV va muxlislar birlashgan holda harakat qilishi zarurligini yana bir bor ta’kidlandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:01, 31.01.2026. O'qildi: 1026 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 12
2 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 9
4 Нефтчи Stipe Perisa 8
5 Пахтакор Chinedu Stefan 8
6 Насаф Bobur Abduxoliqov 7
7 Пахтакор Doston Hamdamov 7
8 Навбаҳор Husayn Norchayev 6
9 Нефтчи Jamshid Iskanderov 6
10 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик