Angliya chempionatining 27-turi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Arsenal» safarda «Tottenxem» ustidan 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
Mehmonlar safida Eberechi Eze va Viktor Dyokeresh dubl qayd etishdi. Mezbonlarning yagona javob to‘piga Randal Kolo-Muani mualliflik qildi.
«To‘pchilar» Shimoliy London derbisida ketma-ket beshinchi g‘alabasini tantana qilishdi. «Shporlar» oxirgi marta 2022 yilning may oyida ushbu qarama-qarshilikda g‘alaba qozonishgan edi.
«Arsenal» ochkolari sonini 61 taga yetkazib, APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Tottenxem» esa chempionatda ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 29 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.
APL. 27-tur
22.02.2026 | 21:30
«Tottenxem Xotspur Stedium», London
«TOTTENXEM» — «ARSENAL» — 1:4
Gollar: Eze 32’ (0:1), Kolo Muani 34’ (1:1), Dyekeresh 47’ (1:2), Eze 61’ (1:3), Dyekeresh 90’ (1:4).
«Tottenxem»: Vikario, van de Ven, Dregushin, Palinya (Tel, 82), Spens, Sarr, Bissuma, Gallaxer (Solanke, 62), Grey, Simons, Kolo Muani (Risharlison, 68).
«Arsenal»: Rayya, InkapYE, Gabriel Magalyayns, Saliba, Timber (Moskera, 57), Rays, Subimendi, Eze (Edegor, 77), Trossar (Martinelli, 76), Dyekeresh, Saka (Madueke, 90).
Ogohlantirishlar: Grey (35) — Timber (28).