Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga introsi endi jonli kadrlar uyg‘unligida bo‘ladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

21 fevral kuni Liganing Telegram sahifasida Superliga uchun avvalgi yillarda tayyorlangan introlar eslab o‘tildi. Mavjud holatdan kelib chiqib, o‘tgan mavsumlarda grafik ko‘rinishlar, sun’iy intellekt ta’siri asosiy planda bo‘ldi.

2022 yilgi intro muxlislarga manzur bo‘lganini izohlardan ham bilish qiyin emas. O‘zbek futboli oldinga yura boshlaganiga ishora sifatida taqdim etilgan rolikda Superliga klublarining ramzlariga e’tibor qaratildi. Uning tarixiyligi shundan iboratki, "OKMK", "Navbahor", "Neftchi", "Surxon" kabi klublarning eski logolari keyinchalik yangisiga almashtirib yuborildi.

2023 yilga kelib Liga klublar ramzlaridan ko‘ra ko‘proq, ularning logotiplari va geografik joylashuvlarini ko‘rsatishga qaror qildi. Bunda Game of Thrones filmi introsidan ilhomlanilganligini qayd etish lozim. Rolik nafaqat o‘zbek futboli jamoatchiligi, balki xorij OAV e’tiborini ham o‘ziga qaratdi. Ispaniyaning mashhur Marca nashri Superliga introsi haqida alohida material chop etdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning chet ellik foydalanuvchilari o‘rtasida Superliga introsi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ko‘rib turganingizdek, 2023 yilgi intro "Turon" klubini tarixga muxrlagan. "Qizilqum" va "Nasaf" klublari esa shundan keyin o‘z logotiplarini o‘zgartirishgan.

Oradan bir yil o‘tib Liga sekin-asta dunyoni qamrab olayotgan sun’iy intellektga e’tibor qaratishni lozim deb topdi va endilikda klublarning asosiy nomlarini kadrlarga muxrladi. Endi nafaqat logotip va ramzlar, ular qatoriga futbolchilar ham qo‘shildi.

2024 yilgi introda "Metallurg" va "Olimpik" klublari bor edi. Bekobod jamoasi shu yildan so‘ng tarqatib yuborildi. "Olimpik" esa Proligaga tushib ketdi. Bugunga kelib "Olimpik" Liga uchun tarixga aylanib ulgurdi.

2025 yilgi rolikda Angliya Premyer-ligasining 2013/14 mavsumi jihatlarini ko‘rish mumkin. Bunda tajriba nisbatan ko‘proq bo‘lib, introga temp qo‘shildi. Liga intro musiqasi masalasiga alohida yondoshdi hamda DJ Piligrim va Jasur Badalbayev bilan hamkorlik qildi. Unda milliy ruh va ohangga e’tibor qaratildi, bir vaqtning o‘zida Superliga madhiyasi paydo bo‘ldi. UZSL brendi shakllanishga o‘tdi.

O‘tgan yillar davomida Liga infratuzilmani rivojlantirish, media yo‘nalishida oldinga siljishga harakat qildi. Bugunga kelib bizda bir-biriga uzviy bog‘langan, biroq alohida ixtisoslikda faoliyat olib boradigan Translyasiya, Matbuot xizmati, Media kabi bo‘limlar mavjud. Liga o‘z studiyasi, texnikasi va ko‘chma televizion stansiyasiga ega.

2025 yilgi mavsum davomida Liga mutaxassislari televizion translyasiyalardan tashqari markaziy uchrashuvlarni alohida suratga tushirib borishga harakat qildi. Stadionlar, maydonlar sifati, muxlislik va boshqa qator jihatlar roliklarning rang-barang bo‘lishi, mamlakat ichki chempionatining xarakteri, rangi va sifati shakllanishiga olib keldi. Shundan kelib chiqib, Liga endilikda jonli kadrlarga kattaroq urg‘u berishga qaror qildi. Ishonamizki, futbol jamoatchiligi uchun bu manzur bo‘ladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:50, 23.02.2026. O'qildi: 1628 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик