Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

AQSH effekti: FIFA futbolda amerikancha sport formatini joriy qiladi — The Athletic

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / JCH-2026
Rukn: Yangiliklar
A A A

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati o‘yinlarining har bir taymi o‘rtasida o‘yinchilarning suv ichib olishi (“cooling break”) uchun beriladigan tanaffuslar vaqtida teleradiokompaniyalarga reklamalarni namoyish etishga ruxsat beradi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashkilot JCH-2026 o‘yinlari davomida translyasiyani reklama bilan to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu o‘zgarish allaqachon translyasiya huquqiga ega teleradiokompaniya rahbarlari bilan muhokama qilingan.

2025 yil dekabr oyida e’lon qilinganidek, ob-havo sharoitidan qat’i nazar, har bir taymning o‘rtasida uch daqiqalik majburiy tanaffus bo‘ladi. Translyasiya vaqtida reklama qo‘yish amaliyoti futbol uchun yangilik bo‘lsa-da, bu tajriba basketbol va Amerika futbolida (NFL) keng qo‘llaniladi. Bu o‘zgarish FIFA va teleradiokompaniyalar uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi kutilmoqda.

Futbol olamining boshqaruv organi teleradiokompaniyalar bilan ushbu o‘zgarishni muhokama qilgan va quyidagi qoidalarni ishlab chiqqan:

Vaqt chegarasi: Reklama bloki hakam tanaffus e’lon qilganidan keyin 20 soniya o‘tgach boshlanishi va o‘yin qayta tiklanishidan kamida 30 soniya oldin yakunlanishi kerak. Demak, teleradiokompaniyalarda sof reklama uchun 2 daqiqa 10 soniya vaqt bo‘ladi.

Tanlov huquqi: Kanallar reklamaga o‘tishga majbur emas. Ular studiyadagi tahlilni ko‘rsatishi, o‘yin maydonidagi tasvirni qoldirishi yoki “ekran ichida ekran” (split-screen) formatida reklama berishi mumkin.

Homiylik masalasi: Agar teleradiokompaniya efirni to‘liq uzmasdan, ekranning bir qismida reklama ko‘rsatsa, u yerda faqat FIFA rasmiy homiylari reklama qilinishi shart.

To‘liq reklama bloki: Agar kanal efirni butunlay reklamaga yo‘naltirsa, u holda reklama vaqtini istalgan kompaniyaga sotishi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:45, 05.03.2026. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик